Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda o’rta osiyo allomalari ilmiy merosining o’rni



Yüklə 10,46 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü10,46 Kb.
#176062
amirova nilufar4


YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O’RTA OSIYO ALLOMALARI ILMIY MEROSINING O’RNI
AMIROVA NILUFAR O’KTAM QIZI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOKIKA INSTITUTI
ANNOTOTSIYA
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga boy o’lka bo’lishi bilan birga avvaldan ilm-fan ,madaniyat va ma’rifatning markazlaridan biri bo’lib kelgan . O’rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining ajralmas tarkibiy qismidir .
Kalit so’zlar: yoshlar ,tarbiya, O’rta Osiyo, alloma , ilmiy meros.
O'rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg'oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog'liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag'doddagi "Bayt-ul-hikma"ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda alFarg 'oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari "Astranomiya va astralyabiyaga kirish", "Falakdan bo'ladigan sabablar", "Astralyabiya fani usullari", "Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi" va boshqalardir. Farg'oniyning "Astranomiya asoslari" kitobi o'sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo'lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko'p asrlar davomida Evropada astronomiya bo'yicha qo'llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada alFraganus nomi bilan mashhur bo'lgan.
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.
Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g'alabaga erishuvi, yaxshilikni qo'lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko'tarilishi inson va jamoaning o'z qo'lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo'ladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-ma'rifat birinchi o'rinda bo'lmog'i lozim deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. Fozil shahar boshlig'i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg'on va yolg'onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko'ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo 'lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, go 'zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to 'sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo 'Imaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi.
Jahon madaniyati va ma'rifatiga katta hissa qo'shgan, Sharq va Evropada "Shayx-ur-rais - olimlar boshlig'i" unvoniga ega bo'lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o'z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning "Tib qonunlari" nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo'yicha asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Ibn Sino yoshligida zo'r mehnat, izlanish, g'ayrat bilan ilmlarni o'rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: "Uyquga ketgan vaqtimda ham o'ngimdagi masalalarni ko'rardim. Shu holatda ko'p masalalar tushumda menga ayon bo'lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim.
Yusuf Xos Hojib ilm va ma'rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab-yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashgan da'vat etadi. U kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash'alga o'xshatadi. Shoir kishilarni so'zlaganda o'ylab gapirishga chaqiradi. So'zingga ehtiyot bo'l, boshing ketmasin, tilingga ehtiyoj bo'l, tishing sinmasin. Ma'nodor so'z donolik alomati, bema'ni so'z mahmadanagarchilik axmoqlik alomatidir. Shu bois odam ko'proq quloq solib, kam gapirishi kerak deb aytadi.Yusuf Xos Xojib shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma'naviy dunyosiga mos bo'lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg'onchi, munofiq kishilar jamiyat uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo'lish kerak deydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 25-dekabr kuni yoshlar forumida ishtirok etdi. Prezidentimiz o'z nutqida yoshlarimizni ulug' allomalarimizdan namuna olgan holda bilim olishga undadi: "Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning bir hikmati bor: "So'z - gul, ish - meva". O'ylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo'lsa, ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Sizlar ko'p kitob o'qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o'tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg'oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda.
XULOSA
Yuqoridagi keltirilganlardan xulosa qiladigan bo'lsak buyuk allomalarimizning bizlarga qoldirgan ilmiy me'rosi ham buyukdir. Ushbu ilmiy me'rosdan hozirgi zamon bilan uyg'unlashtirilgan holda foydalanish har bir bilim oluvchi uchun muhimdir. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo'lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o'rinni egallaydi. Oilada ota -onalar, ayniqsa, o'qimishli ota - onalar o'z farzandlarining haqiqiy inson bo'lib kamol topishiga alohida e'tibor berishlari lozim.
23.10.2023-yil

Yüklə 10,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin