Yulduzli tunlar



Yüklə 343,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix22.05.2023
ölçüsü343,51 Kb.
#119265
1   2   3   4   5   6   7   8
yulduzli-tunlar-romanida-tarixiy-haqiqat-va-badiiy-to-qima

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
297 
www.birunijournal.uz 
to‘la erk berish , “tarixchi olim ishi tugagan joyda yozuvchi ishi boshlanadi”, degan 
qarash tarafdoriman” [1.57-58].
1
Shuhrat, X.Begmatov kabi ijodkorlarning asarlarida 
bu so‘zlarning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini ko‘ramiz.
O‘tmish haqida yaratilgan asarlarda ko‘tarilgan ijtimoiy-siyosiy muammo
voqea va asarda ishtirok etuvchi personajlarning tarix haqiqati bilan mutanosib tarzda 
yoritilishi yetakchi masalalardandir. Lekin bunda tarixiy asarda faqat tarixiy faktlarga 
suyanish kerak degan xató fikrga bormaslik kerak. Zero, tarixiy asarda ham yozuvchi 
o‘sha davr muhiti, ijtimoiy-siyosiy muammolarini yoritishi mumkin. 
Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romani shoh va shoir 
Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlanadi. Asar Boburning taxtga 
o‘tirishidan to hayotining so‘ngiga qadar bo’lgan davrni o‘z ichiga oladi. Adib asar 
ustida qariyb 10 yil(1969-1978yillar) davomida ish olib boradi. Bu haqida
yozuvchining o‘zi asarninh kirish so‘zida shunday deydi: “Uni 1972-yilda ilk bor 
yozib nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi. 
Lekin mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar 
davomida o‘sha zalvarli yukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim. 
Qo‘lyozmani ko‘pgina mas’ul mutasaddilar, katta akademiklar o‘qib fikr aytishdi. 
Chop etish masalasi Qizil imperiya markazining ruxsati bilangina hal etilishi 
mumkin ekan. Qo‘lyozmaning satrma-satr tarjimasini Moskvada ham o‘qishib, 
yozma taqrizlar berishdi. Xilma-xil fikr va mulohazalar changalzoridan tikanlarga 
tirnalib o‘tdim, yo‘limdan adashib ketmaslik uchun doim tarix haqiqatiga, xususan — 
“Boburnoma”day asl manbaalarga tayandim. Olti yil davomida romanga kiritgan 
yangi tahrirlarim ko‘proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini 
chuqurroq ochishga qaratildi”.
2
Asarda Bobur nafaqat shoh va shoir balki nazariyotchi adabiyotshunos, 
tarixchi,san’atshunos sifatidagi qilgan ishlariga ham alohida e’tibor berib o’tiladi. 
Roman ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Boburning taxtga o‘tirish voqealaridan 
to taxt qo‘ldan ketib sargardonlik yillari boshlanguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga 
oladi. Ikkinchi qismda esa uning Boburiylar sulolasiga asos solishidan vafotigacha 
bo‘lgan davr yoritiladi. 
MUHOKAMA 
Asarda Quva tasviri shunday so‘zlar bilan boshlanadi: 
Quva. Qil ustida turgan taqdirlar. 
1
Odil Yoqubov. So‘z. Birinchi kitob. – T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 
2
Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” kirish so’zi 1999-yil 



Yüklə 343,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin