INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 299
www.birunijournal.uz
Roman yozishda Pirimqul Qodirov Bobur shaxsini to‘laqonli ochib berishga
harakat qiladi. Asarda badiiy to‘qimalar ham uchrab turadi. Masalan, Tohir
keyinchalik Tohir oftobachi obrazi. ”Boburnoma” asarida Tohir shaxsi haqida hech
qanday ma’lumot uchramaydi, yozuvchi Tohirni o‘zi yaratadi. Uni shunday ustalik
bilan Bobur hayotiga olib kiradi. Dastlab Tohir va Robiya suhbati bilan boshlangan
asarda endi Tohir o‘ziga munosib rol o‘ynay boshlaydi. Bu orqali adib Boburning
shunday do‘sti bo‘lishini xohlaydi. Tohir obrazi badiiy to‘qimaning yuksak mahsuli
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yozuvchi uni Robiya ikkisining sevgisi orqali asarga
sezdirmasdan aralashtirib yuboradi. Tohir obrazini ham shunday mukammmallik
bilan yaratadiki, undan chinakan insonga xos tanti fazilatlar ko‘rsatib beriladi.Quva
ko‘prigini buzilishida ishtirok etgan Tohir keyinchalik Bobur xizmatiga o‘tadi va
unga xos navkarlari qatorida bo‘ladi. Uning bu darajaga erishishi ham sevgisi sababli
Robiyani izlab shu yerga keladi. Eng qiyin damlarda ham Boburning yonidan
ajralmaydi, unga sidqidildan xizmat qiladi va sevgisiga yetishadi, Robiyani topadi.
Bobur o‘z qo‘li bilan yozgan asar “Boburnoma” ni yurtimizga olib kelish vazifasi
unga yuklatiladi.
Bobur yillar davomida qancha qiyinchiliklarni boshidan o‘tkizmasin doim
adolat tarafida bo‘lgan, to‘g‘ri so‘z inson edi. Yozuvchi buni isbot qilish uchun
podshohlik da’vosidan kechib yurgan paytlaridagi cho‘pon bilan bo‘lgan suhbatni
keltiradi:
. — Podshohimni muncha ko‘p so‘roqlading, biron arzing bormi? — dedi Bobur
kulimsirab. Cho‘pon qovoqlarini uyib:
— Men uni mana shu tog‘da yakkama-yakka uchratmoqchimen, — dedi.
— Agar uchratsang... Ne gaping bor? Cho‘pon yigitning ko‘zlari g‘azab bilan
qisildi: — Otam bilan akamning boshini ne qilgan, shuni so‘rab bilmoqchimen
. — Boshini? Bobur-a?! Sen... sen kimsan o‘zing?
— Chagraklardanmen!
Bobur Andijon tog‘larida yashaydigan chorvador turkiy qabila — chagraklarni
eslab hayrat bilan so‘radi: — Bu yerda ham chagraklar bormi?
— Biz bu yerga O‘sh tomonlardan qochib kelganmiz. Men o‘shanda o‘n to‘rt
yashar bola edim. Bobur kelib otam bilan akamning qo‘ylarini, yilqilarini tortib
olmoqchi bo‘lgan. Cho‘ponlar: «Bermaymiz!» deb g‘alayon qilgan. Keyin Bobur
hammasini o‘ldirib, boshlarini kesib ketgan. Onam bilan borsak, o‘n besh-yigirmata
o‘lik yotibdi. Boshlari yo‘q. Tanasidan tanib olish qiyin bo‘larkan. Onam dam u
tanani quchoqlab yig‘laydi, dam bu tanani...
Bobur O‘shning janubida, bundan olti yil avval Ahmad Tanbalning qonli
xurjunidan lolaqizg‘aldoqlar ustiga yumalab tushgan kallalarni yana ko‘z oldiga