Yulduzli tunlar



Yüklə 343,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.05.2023
ölçüsü343,51 Kb.
#119265
1   2   3   4   5   6   7   8
yulduzli-tunlar-romanida-tarixiy-haqiqat-va-badiiy-to-qima

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
298 
www.birunijournal.uz 
Nega aynan qil ustida turgan taqdir? Bunday boshlanishga ham asos bor, albatta. 
Faqat Robiya va Tohir hayoti qil ustidami? Yo‘q, balki asarda Robiyaga o‘xshagan 
minglab qizlar, balki butun xalq ahvoli qil ustida turgan, dushman Quvaga bostirib 
kelayotgan payt. Shu tarzda asar Quvadagi ikki yoshning suhbati bilan boshlanadi. 
Tohir va Robiya yonma-yon qo‘shni bo’lib, bir-biriga unashtirilgan edilar. Yomg‘ir 
ostida, majnuntollar panasida ular yurtga bostirib kelayotgan bosqinchilar haqida 
suhbatlashadi. Asarning bunday boshlanishining asosi ham podshohlarning yurt 
talashlari oqibatida yosh qiz-ayollarning 
og‘ir taqdiri edi. Voqealar aynan ramazon 
oyida ro‘y beradi. Shunday muqaddas oy bo‘lishiga qaramasdan bosqinchilar hech 
narsadan qaytishmaydi, uylar talon-taroj qilingan, yosh qizlar cho‘rilikka olingan.
Pirimqul Qodirov o‘z asari orqali nafaqat Bobur balki butun xalqning o‘sha 
davrdagi taqdiri, insonlarning chin qiyofasini ochib berishga harakat qiladi. Asarda 
chinakam sodda xalqimiz qiyofasi Tohir,(keyinchalik Tohir oftobachi), Fazliddin 
me’mor kabi obrazlar orqali ochib beriladi. Asar davomida Bobur obrazi bosqichma-
bosqich yuksalib boradi. Dastlab 12yoshida taxtga o‘tirgan yosh Bobur asar 
o‘rtalariga kelganda chinakam bir navqiron yigitga aylanadi. Romanda Bobur 
shaxsiga xos sifatlar aniq va chiroyli tarzda ochib beriladi. Masalan: mirob Ergash 
govning qo‘lga tushish voqeasini yozuvchi quyidagicha aks ettiradi: 
-Men begunohmen! Besh bolamning uvoli uradi sen beklarni. Mening begunoh 
qonim tutadi hammangni. 
Bu qarg‘ish Boburning qalbiga o‘tkir tig‘day qadaldi.Uning oyoq-qo‘llari 
titrab,o‘tirgan joyida ko‘zi tina boshladi. 
Qarg‘ishdan g‘azablangan beklar yana ham qattiq turib talab qila boshladilar: 
-Yasoq! 
-Yasoq! 
Boburning ko‘z oldidan boyagi odamning soqoliga oqib tushgan ko‘z yoshlari 
ketmas, qulog‘i tagida uning alamli qichqirig‘i yangrab turardi.
3
Bobur uning o‘ldirilishiga qarshilik qila olmaydi. Mirobning so‘zlarga ishonsada 
soxta, xiyonatkor beklar bunga qarshilik qiladi. Ularni talabidan qaytara olmaydi.
Bobur shoh , sarkarda bo’lishi bilan birga g‘oyat o‘tkir zehnli kitobsevar inson 
edi. Yoshligidanoq kitobga mehr qo‘ygandi. Xatto, umrining so‘ngi kunlarini ham 
kitob mutolaasi bilan o‘tkizishni xohlashi ham so‘zlarimizning dalili bo‘ladi. Asarda 
Bobur Samarqandga borgan chog’ida kitob do‘koniga kiradi, undagi noyob kitoblarni 
ko‘rib, shunchalik berilib ketadiki, Qosimbek gapirganda ham e’tibor bermaydi. 
Lekin, shu paytda xazinasi bo‘sh bo‘lishiga qaramasdan barcha kitob haqini to‘lab 
sotib oladi.
3
Pirimqul Qodirov. “Yulduzli tunlar”. – T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2016. 



Yüklə 343,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin