Yuridik psixologiya


Akademik B.M. Kedrovning fikricha



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə26/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Akademik B.M. Kedrovning fikricha psixologiya o’zlashtirilayotgan gumanitar, aniq va maxsus fanlarning markazini tashkil etadi (B.M.Kedrov, 1998).
Hozirgi kunda psixologik bilimlarga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda.
Psixologiya o’zi nima?
Psixologiya grekcha “psyuxe” (ruh) va “logos” (ta’limot, ilm) so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda "ruh haqidagi fan" ma’nosini anglatadi.
Demak, psixologiya ruhiyat haqidagi fan ekan u inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar, tashqi olam sirlari va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan holatlar, xususiyatlar va xislatlarni o’rganadi.
Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib psixika deb berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi va ichki olamni ongli ravishda aks ettirishimiz va anglashimizni ta’minlaydi.
Odam maktabgacha davrda o’yin, maktab davrida o’qish, mustaqil hayot davrida mehnat kabi harxil faoliyat turlarida o’zini namoyon qiladi.
Mana shu turli davrlarda insonning ruhiyati (psixikasi) o’ziga xos betakrorligi, xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Ular shu qadar murakkabki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan obyektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishini nazarda tutadi.
Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita xis qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini o’zimizda bilvosita bilamiz.
Shunday qilib, psixologiya fanida o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilmaxil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Osonligi shundan iboratki, ular bevosita o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish shar emas, boshqa tomondan, ular umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin