O‘quv fanining maqsad va vazifalari Fanni o’qitishning maqsadi:Talabalarni huquqshunoslik faoliyatidagi professioial psixologik bilim-ko‘nikmalar bilan qurollantirish, kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga, tatbik etish; huquq mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama shakllantirish; huquq yo`nalishida ta’lim olayotgan bakalavrlarning kasbiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish; kasbiy mahorat, fuqorolar bilan mulokotda bo‘lish va psixologik aloqa o‘rnatish maxoratini egallashlari zarur.
Fanni o’qitishning vazifalari:Mazkur fanda operativ-qidiruv va tergov faoliyatiga mansub asosiy psixologik tushunchalarni shakllantirish, shaxsning noqonuniy xatti- harakatlari, nojamoaviy xulk-atvorning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va bu borada psixologik usullardan foydalanish kabi masalalar aks etgan. Bunda bakalavrlar yuridik fanining predmeti, strukturasi buyicha tasavvurgv ega bo‘lishlari, tergov faoliyatining psixologik jixatlari, shaxsni (jinoyatchi shaxsni), uyushgan jinoyatchilik va jinoiy guruhlarni zamonaviy usullar orqali tahlil qila olish malakalari bilan qurollantirish ko‘zda tutilgan.
Fan bo‘yicha bakalavrning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar Bakalavr:
yuridik psixologiyasi fanining zamonaviy imkoniyatlari;
yuridik psixologiyasi fani oldiga qo‘yiladigan masalalar;.