Yo’l loyihalanadigan joyning iqlimi
Menga berilgan variantga ko’ra yo’l loyihalanadigan hudud bu Namangan viloyati Pop tumani . Tuman 1926-yil 28-sentabrda tashkil etilgan. 1930-yildan Chust-Pop tumani nomi b ilan atalgan. 1931-yilda, Chust tumani ajralib chiqqanidan keyin, Pop tumani deb atalib kelinmoqda. 1947—1960-yillarda Namangan viloyati tarkibida, 1960—1967-yillarda Fargona viloyatida, 1967-yil dekabrdan yana Namangan viloyati tarkibida.
Pop tumani Namangan viloyati maydonining 43,8%, aholisining 9% ini va yaylovlarining asosiy qismini tashkil etadi. Tuman shimolidan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, janubidan Far-gʻona viloyatining Buvayda va Dangʻara tumanlari, garbdan Tojikiston Respublikasining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Boʻstonliq tumanlari bilan chega-radosh. Chegarasining uz. 344 km. boʻlib, shimolidan jan.ga Chatqol, Qu-rama tizmalaridan Markaziy Fargʻona tekisliklarigacha boʻlgan kengliklarni egallaydi. Maydoni 2,94 ming km². Aholisi 170 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Pop), shaharchasidagi qishloqlari uygʻur margʻizor yangiyer yangiobod vodiy gʻurumsaroy pungon qirchin maydamillat botir boʻtka chigʻanoq kenagaz beshsori navroʻz iskovut sang qaynama hujaobod toʻda halqobod orom drujba chorkesar madaniyat parda tursun koʻrnos (Navba-hor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod), nomli qishloqlari mavjud.
Tabiati. Tuman hududi Fargʻona vodiysining shimolida, Namangan viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida, Qurama togʻ tizmalarining janubiy yon bagʻri va Sirdaryo vohasida, geologik faol zonada joylashgan. Relyefi tekislik, adirlar va togʻlardan iborat boʻlib, janubidan shim.ga koʻtarila boradi. Janubida (Qoraqalpoq choʻlida) va Achchiqkoʻl massivida balandligi 350–400 m, shimolida, Chatqol togʻlarida esa 4000–4500 m ga yetadi. Sirdaryoning har ikki tomonidagi tekislik dehqonchilik qilinadigan asosiy yerlardir.
Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,8°, yanvarniki —2°, —9°. Yillik yogʻin 120–330 mm. Tumanda tez-tez shamol boʻlib turadi (tezligi sekundiga 1–4 m, baʼzan 24–26 m ga yetadi). Tuman hududidan Sirdaryo, Shimoliy Fargʻona va Oxunboboyev nomidagi kanallar, tog oldi adirlaridan Cho-daksoy, Gʻovasoy, Jabborsoy, Olmossoy, Uygʻursoy, Tuzliksoy, Ugrijarsoy, Selgasoy, togʻlar orasidan Keng-koʻlsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy va boshqa soylar oqib oʻtadi. Shuningdek, Qaznoq va Tavot koʻllari bor. Tuman hududida tuproq va oʻsimliklar janubidan shimoliy tomon oʻzgarib boradi. Sirdaryoning chap sohilidagi Karakal poq choʻlida koʻchma qumlar va qum barxanlari orasida shoʻrxoklar uchraydi. Oʻzlashtirilgan yerlarning tuprogʻi och tusli boʻz tuproklardir. Bu yerlarda yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, izen, yantoq, qamish, yulgʻun va boshqa oʻsadi. Sir-daryo va boshqa daryolarning odoq va qayirlarida oʻtloqi-botqoq va toʻq tusli boʻz tuproklar uchraydi. Shoʻrxok va shoʻrtoblar ham bor. Bu yerlarda tol, turangʻil, yulgʻun, shoʻra, yalpiz, qoʻgʻa va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Adir zonasida shagʻal va chagʻir toshlar, jigarrang tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan, efemer va efemeroidlardir. Togʻ zonasida yer yuzasi qoyalar va togʻ oʻtloq tuproqlari bilan qoplangan. Bu yerlarda yantoq, archa, togʻterak, yovvoyi olma, doʻlana kabi turli daraxt va butalar, shirach, betaga, shuvoq, isiriq va boshqa oʻsadi. Togʻ yaylovlaridan keng foydalaniladi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, ukrain, qirgʻiz, uygʻur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 58 kishi. Shahar aholisi 40,7 ming kishi, qishloq aholisi 129,3 ming kishi (2003).
Xoʻjaligi. Sanoat tuman iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Tumanda qurilish materiallari, yengil, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari asosiy tarmoqlardan hisoblanadi. Pop tumanida 11 sanoat korxonasi, shu jumladan, 3 ta qoʻshma korxona, avtokorxona va boshqa faoliyat koʻrsatadi.
Dostları ilə paylaş: |