Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


III BO‘LIM  DUNYONI FALSAFIY TUSHUNISH


səhifə32/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

III BO‘LIM 
DUNYONI FALSAFIY TUSHUNISH 
1-bob.
FALSAFADA BORLIQ MUAMMOSI
1-§. Borliq va uning asosiy shakllari 
Ma’lumki, falsafa bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, 
shulardan biri ontologiya hisoblanadi. Ontologiya so‘zi yunoncha 
«ontos» (mavjudlik, borliq) va «logos» (ta’limot) so‘zining birikmasidan 
tashkil topgan bo‘lib, borliq haqidagi ta’limot deganini anglatadi. Bu 
atamani birinchi bor 1513-yilda R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, 
so‘ngra X.Volf (1679-1754)ning falsafaga oid darsliklarida qo‘llanilgan. 
Ontologiyaning borliq haqidagi ta’limot sifatida fanga kirib kelishi 
uzoq tarixga ega bo‘lib, «borliq», «voqelik», «materiya», «substansiya», 
«substrat» kabi bir qator tushunchalarning tahlil qilinishi bilan 
kuzatilgan. Jumladan, birinchi bor «borliq» tushunchasini falsafaga 
qadimgi yunon mutafakkiri Parmenid olib kirgan. Uning fikricha, real 
voqelik mavjud ekan, demakki borliq ham mavjud, olam faqat borliqdan 
iborat undan boshqa hech narsa yo‘q. Borliq na o‘z ibtidosiga na 
nihoyasiga ega va shuning uchun ham u abadiy va yagonadir. 
Yana bir faylasuf Aflotun borliq va butun tabiatni g‘oyalar mahsuli 
deb talqin qiladi. Moddiy dunyo o‘tkinchi, g‘oyalar dunyosi esa 
o‘zgarmas va abadiydir. Aflotunning shogirdi Aristotel o‘z ustozining 
«Mutlaq g‘oyasini» qattiq tanqid ostiga oladi. Shu o‘rinda Aristotelga 
tegishli quyidagi mashhur tarixiy iborani yod olsak o‘rinli bo‘ladi: 
«Aflotun do‘stim bo‘lsa ham haqiqat menga qadrliroqdir». Aristotel 
«g‘oyalar»ning foydasizligini, uning sababiy bog‘lanishini inkor etadi. 
Aristotelning borliq haqidagi ta’limotida moddiy narsalarning obyektiv 
mavjudligi tan olinadi. Narsalarning mohiyati g‘oyalarda emas, ularning 
o‘zidadir. Fransuz faylasufi Rene Dekartda borliq sifatida boshlang‘ich 
ruh, fikrlovchi «men»da o‘z ifodasini topmoqda. Bu o‘rinda uning «Men 
fikrlayapman demak men mavjudman» degan mashhur tarixiy iborasini 
eslasak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dekartda borliq moddiy hamda 
ma’naviy (ruhiy) substansiya shaklida namoyon bo‘ladi. 
Moddiy substansiya borliqning ko‘lami bilan, ma’naviy substansiya 
esa tafakkur bilan belgilanadi. Yana bir boshqa faylasuf Jorj Berkli 


 88
«hamma narsalar bu bizning sezgilarimiz kompleksidan iboratdir», – 
degan shiorni o‘rtaga tashlaydi. Uning fikricha, real narsalar o‘z holicha 
obyektiv reallikda mavjud bo‘lmaydi, faqat inson fikridagina o‘z 
realligini topishi mumkin. Nemis faylasufi Gegel borliqni mavhumlik, 
«mutlaq ruh»ning namoyon bo‘lishi deb ta’riflaydi. 
Markaziy Osiyo falsafasida ham borliq muammosiga e’tibor kuchli 
bo‘lgan. Zardushtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovning hosilasidir, 
alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil qiladi, u 
borliqqa jon baxsh etadi deb hisoblangan. Islom ta’limotida borliq – 
ilohiy voqelikdir. Bu borada vahdadi – vujud va vahdadi mavjud 
ta’limotlari bo‘lgan. Forobiy fikricha, ilk borliq bu Ollohning o‘zidir, u 
azaliydir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma 
narsaning asosida yotadi va hokazo. Biz borliq haqidagi bunday 
ta’riflarni cheksiz keltirishimiz mumkin, lekin maqsadimiz borliq 
haqidagi tushunchalarni emas, aksincha borliq haqidagi ta’limotning 
mohiyatini anglab olishdan iboratdir. Shuning uchun shu yerda qisqacha 
xotima yasab, quyidagi xulosaga kelsak o‘rinli bo‘ladi. Demak, 
faylasuflar borliqni o‘rganishda unga materialistik va idealistik, dualistik 
hamda plyurealistik nuqtai nazardan baho berishga harakat qilib 
kelishgan ekan. Masalan, yaqin-yaqinlargacha sobiq sovet tuzumi 
hukmron bo‘lgan davrlarda ilmiy adabiyotlarda borliqni obyektiv reallik, 
materiya tushunchalari bilan aynanlashtirib tushuntirishga harakat 
qilingan. Jumladan, 1983-yilda Moskvada nashr qilingan «Falsafiy 
ensiklopedik lug‘at»da ta’riflanishicha, «borliq insonga bog‘liq 
bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan obyektiv olamni ifodalovchi falsafiy 
tushunchadir»
1
.
Ko‘rib turganimizdek, bu yerda «borliq» «obyektiv reallik» 
tushunchasi bilan aynanlashtirib tushuntirilmoqda. Aslida esa borliq 
inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv narsa, hodisa va 
jarayonlarnigina emas, balki inson ongining ijodiy mahsuli bo‘lmish 
uning fantaziyalarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Shu hodisani quyida 
kengroq tushuntirib berishga harakat qilamiz. Atrofdagi barcha narsalar 
va hodisalar o‘zgaruvchan va o‘zaro aloqadorlikdadir. Hattoki Misrdagi 
piramidalar ham oldingi holatiday emas, balki o‘zgargandir. Shuni ham 
ta’kidlash lozimki ko‘pgina narsalar va hodisalar bizgacha mavjud 
bo‘lgan, hozir ham bor, bizdan keyin. ham ming yillar mavjud bo‘lishi 
mumkin. Ba’zi narsa va hodisalar yaqinda vujudga kelgan bo‘lishi 
1
Ɏɢɥɨɫɨɮɫɤɢɣ ɷɧɰɢɤɥɨɩɟɞɢɱɟɫɤɢɣ ɫɥɨɜɚɪɶ. – Ɇ., 1983. – ɋ.69. 


 89
mumkin va biroz vaqt mavjud bo‘lishi mumkin. Ba’zi bir narsa va 
hodisalar uzoq mavjud bo‘lib turmasdan qisqa davr mavjud bo‘lishi 
mumkin. 
Ba’zi bir narsa va hodisalar esa ma’lum bir soatlar, daqiqalar, 
soniyalar mavjud bo‘lib turishi mumkin. Ushbu olamdagi narsa va 
hodisalarning murakkabliklarini tushunish uchun fanda biz yuqorida 
murojaat qilgan «voqelik» (reallik) tushunchasi kiritilgan. 
Voqelik – narsa va hodisalarning o‘tmishda, hozirgi va kelgusidagi 
holatlarining majmuasi. Voqelik juda murakkab, chunki narsa va 
hodisalarning holati doimo o‘zgarishdadir. Tabiatdagi narsalar, hodisalar 
va jarayonlar, inson xatti-harakatlari, davlat tizimi vujudga keladi, yo‘q 
bo‘ladi, ba’zan ular uzoq vaqt saqlanib qolishi ham mumkin. Shuning 
uchun doimo voqelikda vujudga kelish, shakllanish, mavjud bo‘lish, 
yo‘q bo‘lishga o‘rin bor. 
Voqelik obyektiv va subyektiv bo‘ladi. 
Narsalar, aytaylik tog‘ jinsidagi olmos kristali inson paydo 
bo‘lguncha million yillar ilgari vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Biz u 
haqda hech narsa bilmasligimiz mumkin. U bizning ongimizga bog‘liq 
bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘ladi.
Bunday inson ongidan tashqaridagi barcha narsalarni qamrab olgan 
reallik obyektiv voqelik hisoblanadi. 
Ximik olim olmos kristallari qanday atom va ionlardan tuzil-
ganligini, ular o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjudligini, sun’iy olmos 
tayyorlashda bo‘ladigan fizikaviy, ximik, texnologik jarayonlarni bilishi 
mumkin. Ammo u sun’iy olmos hali tabiatda yo‘q u faqat olimning 
miyasida fikrlar shaklida mavjud.
Demak, bu bizni ongimizda, tafakkurimizda bo‘lganligi uchun 
subyektiv voqelik hisoblanadi. U fikr, tasavvur, tushuncha, timsol 
(obraz), ilmiy va noilmiy bilimlar shaklida bo‘ladi.
Borliq obyektiv va subyektiv voqelik birligidan iboratdir. Borliq 
moddiylikni, ma’naviylikni, o‘tmishni, kelajakni, o‘limni, hayotni, ruhni 
va jismni qamrab oluvchi tushunchadir. Atrofimizdagi odam, olam, 
tabiat, jamiyat, tafakkur, g‘oyalar, o‘y xayollarimizning biri, ularning 
barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon 
bo‘lib, ularning hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, «borliq» 
tushunchasiga kiradi. Xulosa sifatida quyidagi ta’rifni keltirishimiz 
mumkin: 
Borliq – yuqori darajadagi umumiy abstraksiya bo‘lib, shu bois, 
mavjudlik belgisiga ega bo‘lgan barcha narsalarni, ya’ni moddiy jismlar, 


 90
jarayonlar, hodisalar, ular o‘rtasidagi munosabat, xususiyat, 
aloqadorliklar va hatto inson fantaziyasini ham o‘z ichiga qamrab 
oluvchi o‘ta keng tushunchadir. 
Adabiyotlarda «borliq» tushunchasiga ta’rif berilayotganda uni 
mavjudlik va reallik tushunchalar bilan taqqoslagan holda tahlil qilishib, 
mavjudlikni borliqning hozirgi paytda namoyon bo‘lib turgan qismi, 
reallikni esa mavjudlikning hammaga ayon bo‘lgan ular tomonidan tan 
olingan qismi deyishadi va o‘z navbatida har ikkalasini ham borliqda 
jamlanuvchi tushuncha sifatida baholashadi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, borliq voqelikning eng umumiy, ichki 
va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettirsa, 
yana bir kategoriya mavjudlik esa voqelikning tashqi, ko‘zga tashlana-
digan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini 
ifodalaydi. Mavjudlik lot. exsisto (ekzistensiya) so‘zidan olingan bo‘lib, 
mavjudman degan ma’noni anglatgan. Falsafada mavjudlik falsafasini 
yoqlovchi ekzistensializm deb nomlanuvchi butun bir ta’limot bor. 
Borliqning muayyan obyektda va ayni vaqtda mavjud holda mujas-
samlangan qismini ifodalashda reallik deb ataluvchi yana bir tushuncha 
ishlatiladi.
Borliqning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: moddiy pred-
metlar, jarayonlar borlig‘i, inson borlig‘i, ma’naviy borliq, ijtimoiy 
borliq. 
Moddiy predmetlar borlig‘iga tabiatdagi barcha narsalar, eng mayda 
zarrachalardan tortib to Yer, quyosh, koinotgacha kiradi. Ikkinchi tabiat 
ham moddiy borliqqa kiradi. 
Inson borlig‘iga muayyan bir ijtimoiy guruh, tabaqa, sinfga 
mansublik, o‘ziga xos manfaatga ega bo‘lgan, o‘zligini anglay biladigan 
shaxslar kiradi. 
Ma’naviy borliqqa inson tomondan yaratilgan qadriyatlar majmuasi, 
ya’ni madaniyat, til, ilm-fan, axloq-odob qoidalari kabilar kiradi. 
Ijtimoiy borliq jamiyat hodisalarining barcha turlarini o‘z ichiga 
qamrab oladi.
Borliqni o‘rganishda yuqorida biz sanab o‘tgan shakllari asosida 
adabiyotlarda yana g‘oyaviy borliq, aktual va potensial borliq, real va 
vertual borliq hamda tabiiy borliq kabi shakllari ajratib ko‘rsatiladi1. 
Bundan tashqari, falsafa tarixida borliq kategoriyasini tahlil 
qilishganda «substansiya» va «substrat» tushunchalariga murojaat 
qilishadi. Substansiya (lot. substansia – mohiyat, asosda yotuvchi narsa) 


 91
muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining 
ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyat. 
Substansiyani tahlil qilishda falsafada ontologik va gnoseologik 
yo‘nalishlar farqlaniladi. Ontologik yondashuvga ko‘ra substansiya 
borliqning eng tub asosini tashkil qiluvchi muayyanlik deb ta’riflanadi. 
Masalan, F.Bekonda substansiya borliqning muayyan shakli bilan 
aynanlashtirilgan. R.Dekart borliqning asosida bir biridan mustaqil 
bo‘lgan ikki xil borliqning ko‘lami bilan ifodalanuvchi moddiy va 
tafakkur bilan belgilanuvchi ma’naviy substansiya ajratiladi. 
B.Spinozada esa tafakkur va ko‘lam – ikki xil mustaqil substansiya 
emas, balki yagona substansiyaning ikki xil atributi sifatida ko‘rsatiladi 
va hokazo. 
Gnoseologik yondashuvga ko‘ra, substansiya olamning asosida 
yotuvchi shartli g‘oyalardan iboratdir (J.Lokk). J.Berkli esa ham moddiy 
ham ma’naviy substansiyaning mavjudligini inkor etgan va u substansiya 
deb dunyoni idrok qilishning gipotetik assotsiatsiyasini anglagan. 
Gegelda «mutlaq g‘oya» va «mutlaq ruh» substansiya deb qaralgan. 
Hozirgi zamon falsafasining ekzistensialistlar singari yo‘nalish 
tarafdorlari substansiya kategoriyasiga nisbatan salbiy munosabatda 
bo‘lib, ularning fikricha, bu kategoriya borliqning mohiyati haqidagi 
tasavvurni juda ham primitivlashtirib yuboradi. 
Borliqni tahlil qilishda substrat (lot. substratum – asos, to‘shama, 
taglik) narsa va hodisalarning umumiy moddiy asosi; nisbatan oddiy va 
sifat jihatdan elementar bo‘lgan moddiy yoki g‘oyaviy tuzilmalar 
majmuasi. 
Falsafada substrat sifatida mutlaq elementar va bo‘linmas asoslar 
tushunilgan. Masalan, Pifagorda son – miqdor, Geraklitda – olov, 
Falesda – suv, Anaksimenda – havo, Demokritda – atom va hokazo. 
Falsafada borliq kategoriyasini tahlil qilishganda yana «yo‘qlik» 
tushunchasiga ham murojaat qilishadi. Xo‘sh, yo‘qlik nima? Bu 
tushunchani qanday tahlil qilish mumkin? Darhaqiqat, borliq bu 
muayyan narsalar shaklida va muayyan sifatiy holda mavjud bo‘lgan 
yaxlit obyektiv va subyektiv reallikdir. 
Yo‘qlikni ta’riflash esa bir muncha mushkulroq. Agar borliq mutlaq 
bo‘lsa yo‘qlik esa nisbiy tushuncha bo‘lib, makonga va vaqtga nisbatan 
ifodalanadi. Masalan, yo‘qlik deb, o‘tmishdagi va kelajakdagi hodisa-
larning hozirgi zamonda yo‘qligini aytishadi. Yo‘qlikni gnoseologik 
ma’noda ham tushunish mumkin, ya’ni bilimlarimiz chegarasining 
doimiy ravishda kengayib borishi, bugun ma’lum bo‘lmagan sir-


 92
asrorlarning ertaga ma’lum bo‘lishi (o‘tmishda materiyaning modda va 
maydon ko‘rinishga ega bo‘lishi ma’lum bo‘lmaganligi, yoki bugungi 
kunda fizik vakuum xususiyatlarining bizga ma’lum bo‘lmagan 
tomonlari va boshqalar) bilan izohlashimiz mumkin. Demak, borliq 
mutlaq bo‘lib, yo‘qlik nisbiy tabiatga ega bo‘lgan hodisa ekanligi 
haqidagi to‘g‘ri xulosaga kelishimiz mumkin. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin