Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


BBK 87ya73  O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012  3 KIRISH


səhifə2/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

BBK 87ya73 
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012 


3
KIRISH
Falsafa – insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti 
davomida yaratilgan ilm va madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. 
Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, 
voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va taraqqiy 
etadi, umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib-
ketaverishida qanday ma’no bor kabi masalalar barchani o‘ylantiradi. 
Falsafa ana shunday masalalar bilan shug‘ullanadi. U nihoyatda qadimiy 
fan. Olam va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning 
mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik 
hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning asosiy 
mavzulari hisoblanadi. 
Biz yashayotgan dunyo so‘nggi yillarda nihoyatda o‘zgarib ketdi. 
Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul 
voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘ziga xos 
taraqqiyot yo‘lini tanladi, rivojlanishning o‘zbek modelini amalga 
oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy-demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi harakatlari dunyoqarashni tubdan 
o‘zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini 
shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish lozimligini taqozo 
etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Prezidentimiz Islom Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganlari kabi: «Ko‘p asrlik 
tariximiz shuni ko‘rsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida 
ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o‘rni beqiyos. Bu 
jamiyatshunoslik bo‘ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo‘ladimi, 
psixologiya yoki iqtisod bo‘ladimi – ularning barchasi odamning 
intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega»
1
.
Falsafa esa – barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan 
oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini belgilab 
beradigan umuminsoniy va universal fan. U qadim zamonlardayoq 
«barcha ilmlarning otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq 
tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘lik mos ekani, jamiyat 
manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bog‘liq. 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ ɦɚɮɤɭɪɚɫɢ – ɯɚɥԕ ɷɴɬɢԕɨɞɢ ɜɚ ɛɭɸɤ
ɤɟɥɚɠɚɤɤɚ ɢɲɨɧɱɞɢɪ. – Ɍ., 2000. – Ȼ.33. 


4
Dunyoda o‘z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar bor. Chunonchi, 
hind va xitoy falsafasi, nemis falsafasi, ingliz falsafasi kabilar shular 
jumlasidandir. Milliy adabiyot, milliy madaniyat, san’at va hokazolar 
bo‘lgani kabi, milliy falsafaning ham bo‘lishi tabiiy. Ammo bu falsafa 
milliy qobiqqa o‘ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan sifatida, 
bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, ikkinchi 
tomondan, shu masalalar bilan shug‘ullanayotgan aniq shaxs – faylasuf 
mansub millatning muayyan manfaatlarini ham ifodalaydi. Millat ozod 
bo‘lsa, o‘z turmush tarziga mos fikrlasa, olamni, uning muammolarini 
dunyoqarashiga xos holda idrok eta olsa, uning o‘z falsafasi shakllanadi. 
Bunday falsafa xalq manfaatlarini aql-idrok, mafkura yo‘li bilan himoya 
qilishga, uning ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga 
xizmat qiladi. Shu bois, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng 
falsafani rivojlantirish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz 
millatning haqiqiy farzandi bo‘lgan, uning kamolini o‘ylaydigan 
chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bo‘lmaydi. Shu 
sababli biz o‘rganadigan falsafa umumbashariy muammolar bilan birga, 
Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy-demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyati barpo etish jarayonidagi ma’naviyatning tarkibiy 
qismi bo‘lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog‘i lozim. 
Sobiq Ittifoq davrida so‘z va vijdon erkinligi turli yo‘llar bilan 
bo‘g‘ib kelingani, bir yoqlama dunyoqarash zo‘rlik bilan singdirilgani 
tufayli falsafa quruq safsata va zerikarli aqidaga aylanib qolgani – 
achchiq haqiqat. Chunki u kommunistik g‘oyalardan tashqariga 
chiqolmas, hayotga taraqqiyot nuqtai nazaridan baho berolmas edi. 
Shuning uchun u yoshlar va talabalar uchun kamolot vositasi, intilish 
omili emas, teskari tarbiya quroli, zararli dunyoqarash manbai bo‘lib 
qolgan edi. Shu bois, u o‘z davri mafkurasi bilan birga o‘tmishga 
aylandi. Bu borada oddiy tilda yozilgan qo‘llanmalar, xalqchil kitoblar, 
afsuski, hali ham yetarli emas. Odatda, mutaxassis bo‘lmagan ba’zi 
kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar. 
Buning sababi nimada? Buning boisi shuki, falsafa ko‘p yillar 
mobaynida oddiy va ravon tilda tushuntirilmas, aksincha, turli qonun va 
qoidalar, xilma-xil ta’limot va g‘oyalar majmuidan iborat murakkab bir 
fan sifatida talqin etilar edi. U yoki bu falsafiy qoida nega kerak, ularni 
o‘rganishning qanday ahamiyati bor, muayyan faylasuf aynan biror bir 
g‘oya yoki ta’limotga ko‘proq ahamiyat berganining sababi nimada, 
nima uchun uning qarashlarida aynan ana shu muammo ustuvor bo‘ldi, 
degan masalalar ko‘p hollarda nazardan chetda qolar edi.


5
Falsafaning asosiy vazifasi inson ongida sog‘lom aqlga mos 
dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunday dunyoqarash biron-bir 
g‘oyani zo‘rlab singdirish yoki quruq yod oldirish orqali emas, balki 
ishontirish, xilma-xil fikrlarni o‘rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur 
tushuncha, tamoyillarni aniqlash jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. 
Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur darslikda quyidagilarga 
alohida e’tibor qaratildi: 
– falsafani jahon madaniyati va sivilizatsiyaning muhim tarkibiy 
qismi sifatida o‘rganish; 
– falsafiy g‘oyalar, muammolar, oqim va yo‘nalishlarni tavsiflashda 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi tamoyiliga amal 
qilish; 
– xilma-xil falsafiy ta’limot va turli qarashlarni bir butun 
jarayonning ifodasi bo‘lgan ilmiy bilimlar tizimi sifatida talqin etish; 
– mavzularni aniq sharoit va jarayonlar bilan bog‘lab tavsiflash, 
ularni izohlashda umumbashariy va milliy miqyosdagi dalil va 
misollarga tayanish; 
– har bir mavzuni istiqlol va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
tub o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq holda tushuntirish. 
Biz bu jarayonda biror bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy 
ta’limotni mutlaqlashtirib, boshqalarining ahamiyatini kamsitish fikridan 
yiroqmiz. Aksincha, bizning maqsadimiz ularning barchasini xolis talqin 
etish, talabalarda falsafa fani, xilma-xil falsafiy oqimlar, ularga mansub 
faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va xolisona tasavvurni 
shakllantirishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi falsafa va politologiya 
kafedrasi dotsentlari D.A.Yusubov I bo‘lim 1-mavzu, III bo‘lim 8-
mavzu, V bo‘lim 9, 12-mavzular, VI bo‘lim 13, 14, 15-mavzular, 
X.B.Saitxodjayev II bo‘lim 3, 4-mavzular, V bo‘lim 10-mavzu, 
A.A.Mavlyanov I bo‘lim 2-mavzu, III bo‘lim 5-mavzu, IV bo‘lim 7, 8-
mavzular, VI bo‘lim 11-mavzularni nashrga tayyorlanganlar. Ushbu 
darslikda falsafani yangi tamoyillar asosida tavsiflash borasidagi ilk 
tajribalardan biridir. Shu sababli unda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l 
qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Matnlar, asosan, ijtimoiy fan sohalari uchun 
mutaxassis tayyorlamaydigan oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljal-
langan.
Mualliflar 


6

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin