15
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni – dialektik
tafakkur, ana shunday dunyoqarashni – dialektik dunyoqarash,
yondashuvni – dialektik yondashuv, metodni – dialektik metod deb atash
an’anaga aylangan. Shu bilan birga u yoki bu olimning ushbu
tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta’limotlari ham bor.
Masalan, Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki
Gegel dialektikasi
deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi.
«Metafizika» yunoncha so‘z bo‘lib, «fizikadan keyin» degan
mazmunni ifodalaydi. Bu tushuncha falsafa tarixida birinchi marta,
Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Arastuning «Ilk falsafa» deb
atalgan asarlariga nisbatan ishlatilgan.
Metafizika bilish metodi sifatida hali ishlab chiqarish fan yetarli
darajada rivojlanmagan XVI-XVII asrlarda, paydo bo‘ladi. U vaqtlarda
ko‘pchilik tabiatshunoslik fanlari falsafadan endigina ajralib chiqib, ular
predmet va hodisalarni alohida-alohida o‘rganayotgan, ularning
xususiyatlari to‘g‘risida dalillar to‘planayotgan bir paytda metod ijobiy
rol o‘ynagan. Ayni shu vaqtda u tabiatshunoslikdan falsafiy metod
sifatida falsafaga kiritiladi. Lekin u metod faylasuflarni asta-sekin
dunyodagi predmet va hodisalarni bir-biridan ajralgan holda,
ularni
umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida
predmet va hodisalarni harakat holatida emas, balki harakatsiz holatda,
muhim darajada o‘zgaradigan narsalar sifatida emas, balki abadiy
o‘zgarmaydigan narsalar sifatida, tirik emas, balki o‘lik narsalar sifatida
tekshirishga odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Lekin XVIII asrga kelib
tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar to‘plagan materiallar umumlashtirilib,
fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘lanishlar aniqlana boshlanib,
metafizikaning cheklanganligi, bir tomonlama metod ekanligi ma’lum
bo‘la boshlaydi.
Sofistika – (yunon.
sophisma – ataylab xato dalillar asosida, ko‘p
ma’noli so‘zlarga asoslanib fikr yuritish) –
bilib turib, xato asoslardan
yolg‘on xulosa chiqarishdir. Bu yerda so‘fiylik falsafasi emas, balki o‘rta
asrlarda Yevropada keng tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda
tutiladi.
Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo
bo‘lib, o‘rta asrlarda ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi.
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir bilim sohasini mukammal
egallagan kishilar
sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga
kelib, notiq, bilimdonlik, donishmandlik bilan nom chiqargan kishilar
16
ham, turli omonim so‘zlar asosiga qurilgan turli fikrlar bilan kishilarning
boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan
kishilar ham sofistlar deb atala boshlanadi.
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistik muhokama jarayonida bilib
turib, ataylab yolg‘on asoslardan yolg‘on xulosalar
chiqarish asosida fikr
yuritish usulidir.
Eklektika (yunon. – tanlayman) – turli qarama-qarshi nazariyalarni,
qarashlarni aralash-quralash qilib yuboruvchi tafakkur usulidir. Dialektik
tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu
eklektikadir.
Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida
yuzaga keladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va
yangi zamon falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng qo‘llaniladi.
Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim,
asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar
mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va
hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga aniq, muayyan makon va
zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi
asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik
tafakkur usuli paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli
asosida ham formal
mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri foydalanish, narsa va hodisalar
mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi.
Dogmatika (yunon. o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida) – aniq shart-
sharoitlarni hisobga olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir.
Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini
hisobga olmay, aniq makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan,
o‘zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir.
Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil qilib, u dastlab sofistik
tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq vujudga keladi.
Sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkil etish, makon va zamonda
narsa va hodisalarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning
muayyan tizimlardan iborat sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini
e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuasidir. U asosan XX
asrning ikkinchi yarmida shakllangan ta’limot bo‘lib, asoschisi Nobel
mukofoti sovrindori I.Prigojindir, bu ta’limotni dialektika asosida
shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar
ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika
endi kerak emas, uni
sinergetika bilan almashtirish lozim deb hisoblovchilar ham mavjud.
17
Sinergetikaning XX asrdagi shaxdam odimlari o‘rta asrlarda
Yevropada aniq fanlar sohasida induksiya va deduksiya usullarining
muvafaqqiyatli qo‘llangani, katta mavqega ega bo‘lgani va pirovard
natijada, falsafiy metodga aylanganini eslatadi. Sinergetika XX asr tabiiy
fanlarining falsafa sohasiga kiritayotgan eng katta yutuqlaridan biri
sifatida baholash mumkin. Ammo, bu uning dialektikani falsafadan
butunlay surib chiqardi degani emas. Zero, falsafada har bir ta’limot,
uslub va metodning o‘z o‘rni va faoliyat darajasi bor. Dialektikaning
falsafadagi o‘rni, qadr-qimmati nihoyatda katta va u falsafaning asosiy
qismlaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: