Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


DUNYOQARASH VA UNING TARIXIY SHAKLLARI


səhifə8/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

DUNYOQARASH VA UNING TARIXIY SHAKLLARI. 
MUSTAQILLIK VA FALSAFIY DUNYOQARASHNING
YANGILANISH ZARURATI
1-§. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati
va tuzilishi 
Har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, 
hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu 
tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa 
odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. 
Shu ma’noda, dunyoqarash insonning tevarak atrofini qurshab turgan 
voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni 
haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash – olamni 
eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilish. 
Dunyoqarash – insonning olamni bir-butun yoki turli tuman holda 
ko‘rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishi hamda unda o‘z o‘rni va 
mavqeini, munosabatini belgilovchi qarashlar, baholar, tamoyillar 
majmuasidan iborat murakkab tizimdir.
Demak, dunyoqarash insonning nafaqat dunyo va o‘z-o‘zini anglash 
haqidagi bilimlar yig‘indisigina emas, balki dunyoni ma’lum darajada 
tushunish bilan birga uni baholash usuli hamdir. «Dunyoqarash» 
ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida keng qamrovli tushuncha bo‘lib, o‘zida 
turli xil elementlarni birlashtiradi. Bu o‘rinda «dunyoqarash»ni «ijtimoiy 
ong» tushunchasi bilan solishtirsa tinglovchilarga tushunarli bo‘ladi, 
chunki ularning tuzilishida bir-biriga yaqinlik bor. Jumladan, 
dunyoqarash tarkibida ijtimoiy ongdagi singari darajalar, turlar va 
elementlar mavjuddir. Quyida qiladigan tahlillarimizda dunyoqarashning 
tuzilishi haqida tushuncha berishga harakat qilamiz. 


 19
Dunyoqarash tarkibiga borliqning hissiy va aqliy in’ikosi sifatida 
hosil bo‘lgan sezgi, idrok va tasavvurdan tortib, tafakkurda mantiqiy 
jihatdan nazariy asosda qayta ishlangan falsafiy, siyosiy, huquqiy, 
axloqiy, estetik, diniy, badiiy va ilmiy bilimlar, nuqtai nazarlar, ishonch 
va e’tiqodlar kiradi.
Dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o‘rin tutadi. hissiyot 
dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo‘lib, dunyoni tushunish esa, 
dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik, 
zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, 
hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik, ruhiy 
tushkunlik, g‘am-g‘ussa, nadomat, o‘z yaqinlari va vatani taqdirini 
o‘ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Ana shular 
barchasining uyg‘unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his 
qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning 
shakllanishiga asos bo‘ladi.
Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy 
dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga xos 
hissiyot va fikr, bilim va e’tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va 
qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun 
holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi 
bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat 
individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi. 
Dunyoqarash tarkibiga, shu bilan birga, kundalik turmushdagi 
hayotiy-amaliy malaka va ko‘nikmalar hamda muayyan maqsadga 
yo‘naltirilgan, tartib va tizimga ega bo‘lgan ilmiy-nazariy bilimlar ham 
kiradi. Dunyoqarash kundalik va nazariy darajalariga egadir. 
Dunyoqarashning kundalik darajasi – bu kundalik hayotiy tajribalar 
asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) 
mohiyatga ega bo‘lgan qarashlar, tushunchalar, g‘oyalar yig‘indisidir. Bu 
– dunyoqarashning o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli 
hisoblanadi. Uni ko‘pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar.
Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo‘lib, ongning sodda 
namoyon bo‘lish shakllarini ham, oqilona va sog‘lom fikrlarni ham o‘z 
ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o‘ziga 
xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar 
ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o‘z 
falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash 
o‘zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va yetarli darajada 
asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko‘p hollarda 


 20
kundalik tafakkur muhim masalalarni to‘g‘ri tushuntirish va baholashga 
ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. Bu 
o‘rinda dunyoqarashning yuqori darajasi bo‘lmish nazariy dunyoqarash 
tahlilimiz obyektiga aylanadi.
Nazariy dunyoqarash – bu dunyoqarashning insoniyat tajribasida 
erishilgan bilimlarning muayyan tartibiylik va tizimiylik asosida 
shakllangan yuqori darajasidir. Demak, dunyoqarash kundalik va nazariy 
darajalaridan iborat bo‘lar ekan. 
Dunyoqarash tarkibining keyingi tahlilida, uning individual va 
ijtimoiy deb ataluvchi turlariga murojaat qilamiz. 
Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli 
individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun 
jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb 
yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig‘indisidan 
dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning 
umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. 
Shuningdek, dunyoqarash o‘z tarkibiga bilimlar, baholar, qarashlar, 
tamoyillar, e’tiqod, ishonch va qadriyatlar singari bir qator elementlarni 
ham qamrab oladi.
Dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko‘ra, ma’naviy faoliyat bo‘lgani 
bois, u borliqqa bo‘lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan 
yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi 
axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy 
munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy 
munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash 
shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo‘lsak, 
quyidagicha ko‘rinish kasb etadi. Axloqiy, diniy, huquqiy, siyosiy, 
ekologik va estetik. 
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari 
o‘zaro bog‘liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi. Dunyoqarash 
tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni 
ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning 
rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo‘ladi. 
Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari 
muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy 
qiyofasini belgilab beradi. 
«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy 
g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘u va tushunchalar 
bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana 


 21
shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy 
qadriyatlarning tarixiy bir bo‘lagiga aylanadi.
Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo‘lgani bois, uning dunyoqarashi 
muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday 
dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi 
g‘oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod 
mujassami hamda ularning namoyon bo‘lishidir. 
Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har 
qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo‘lib, kishilarning 
umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida 
vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o‘z 
dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega 
ekanini ko‘rsatadi.
Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik 
jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy 
ko‘rinishlari muttasil yangilanib turadi. 
Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib 
borgan. Taraqqiyotning har bir yangi bosqichida oldingi davrlarga 
nisbatan fan, madaniyat, ishlab chiqarish sohalarida qilingan yangi-yangi 
kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar 
doirasi borgan sari kengayib borishidan dalolat beradi. Bunda vorislik 
an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, 
g‘oyasi o‘tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, 
ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga 
ega bo‘lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug‘ 
mashinasidan kosmik raketalargacha bo‘lgan fan-texnika taraqqiyoti 
bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati 
ham rivojlanib boradi. Bu o‘z navbatida dunyoqarashning ham rivojlanib 
borishini taqozo qiladi. Insonning dunyoni amaliy o‘zlashtirishining 
o‘zgarib borishi bilan uning ongidagi in’ikos bo‘lgan dunyoqarash ham 
o‘zgarib borishi bilan uning ongidagi in’ikos bo‘lgan dunyoqarash ham 
o‘zgarib, rivojlanib, yangi-yangi tarixiy shakllari paydo bo‘lib boradi. 
Tarixiy jihatdan dunyoqarash oddiy kundalik ong – dunyoni yuzaki, 
cheklangan tushunishdan boshlab mifologiya, diniy va falsafiy 
dunyoqarashlar tomon rivojlanib boradi. Mifologiya, diniy va falsafiy 
dunyoqarashlar dunyoqarashning tarixiy shakllarini tashkil qiladi. 
Keyingi savolda dunyoqarashning aynan shunday tarixiy shakllari va 
ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.


 22

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin