Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Falsafaning asosiy funksiyalari


səhifə5/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. Falsafaning asosiy funksiyalari
Falsafa doimo jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. 
Falsafa ijtimoiy voqelik bilan uzviy bog‘liq holda jamiyatga, uning 
ijtimoiy borlig‘iga faol ta’sir qilib, yangi g‘oyalarni nazariy jihatdan 
shakllantirib boradi. Falsafa ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida 
jamiyat hayotini o‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy borliq esa rang-barang va 
turli-tumandir. Ijtimoiy borliqning rang-barang va turli-tumanligidan 
uning ko‘p funksiyaliligi kelib chiqadi. Demak, falsafa jamiyatda ko‘p 
funksiyalarni bajaradi.
Falsafani jamiyat hayotida katta va betakror rol o‘ynashi uning 
bajaradigan asosiy funksiyalarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. 
Uning asosiy funksiyalari quyidagilardir: 1) dunyoqarashlik funksiyasi; 


 12
2) ontologik funksiyasi; 3) metodologik funksiyasi; 4) gnoseologik 
funksiyasi; 5) ijtimoiy funksiyasi; 6) aksiologik funksiyasi; 7) evristik 
funksiyasi.
Falsafa dunyoni bir butun holda aks ettirib, unda insonning dunyoga 
munosabati haqidagi barcha bilimlarimizni nazariy jihatdan 
umumlashtirib, uni o‘zlashtirish asosida bizni borliq, materiya, tabiat, 
jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonning dunyoni bilishi 
to‘g‘risidagi eng umumiy qarashlar bilan qurollantiradi. Bu falsafaning 
dunyoqarash funksiyasidir. Dunyoqarash funksiyasi falsafaning, falsafiy 
bilimlarning asosiy xususiyatidir.
Hozirgi zamon falsafasining nazariy manbasini insoniyat tomonidan 
yaratilgan barcha jamiyat rivojiga xizmat qiladigan falsafiy ta’limotlar 
tashkil qiladi. Uning ildizlari shu paytgacha tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-
gumanitar fanlar qo‘lga kiritgan yutuqlarga borib taqaladi. Insonlar shu 
ta’limotlar va qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishib o‘zlarida borliq 
haqida yaxlit dunyoqarash shakllantirishadi. Kishilarda olam haqida 
yaxlit dunyoqarash vujudga keladi. 
Falsafaning dunyoqarash funksiyasi uning boshqa funksiyalari bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
Falsafaning ontologik funksiyasi. Ontologiya (yunoncha ontos – 
borliq, logos – so‘z, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) – borliq 
to‘g‘risidagi ta’limot, falsafaning borliqni o‘rganuvchi qismi. Ontologiya 
borliqni asoslari, tamoyillari va qonunlarini o‘rganuvchi ta’limot. 
Ontologiya tushunchasi falsafaga nemis faylasufi R.Goklenius 
tomonidan 1613-yil kiritilgan.
Falsafaning ontologik funksiyasi borliqni, uni tuzilishini, rang-
barangligini, shakllarini o‘rganishda namoyon bo‘ladi.
Falsafaning metodologik funksiyasi. Borliqning turli tomonlarini 
xususiy fanlar o‘z metodlari bilan tahlil qilishadi. Shu bilan birga 
borliqni o‘rganishda xususiy fanlar umumiy xulosalar chiqarish uchun 
falsafiy metodlardan ham foydalanishadi. Chunki falsafiy metodlar 
borliq, tabiat, jamiyat, bilish, ong va boshqa kategoriyalarning, narsa va 
hodisalarning mohiyatini, eng umumiy tomonlarini, bog‘lanish va 
aloqadorligini bilish imkoniyatini beradi. Aniq fanlar rivojlangan sari 
falsafiy metodlarning ahamiyati ham ortib boradi. Falsafiy metodlar aniq 
fanlar yutuqlarini umumlashtirib olam haqida yaxlit tasavvur hosil 
qilishda yordam beradi. Aynan shu vazifani falsafiy metodologik 
umumlashmalar, falsafiy metodlar amalga oshiradi. 


 13
Umuman falsafa alohida fanlar uchun, ularning tabiat va jamiyatning 
borliq va ongning konkret tomonlarini o‘rganishda, tadqiq qilishda eng 
umumiy metod rolini o‘ynaydi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi. Falsafa dunyoni bilish 
muammosini o‘rganar ekan, uning umumiy metodlarini ishlab chiqadi va 
inson bilish jarayonining umumiy nazariyasini yaratadi. Shu asosda 
inson bilish, uning rivojlanish tendensiyalari va eng umumiy qonunlarini 
ochib beradi. Falsafa inson amaliy tajribasida hosil bo‘lgan bilimlarning 
haqiqatligini tekshiruvchi mezonlarni ham tadqiq etadi. 
Falsafa inson oldiga, avvalo, o‘zini anglash va so‘ngra borliqni 
o‘rganish masalasini ham qo‘yadi. Dunyoni bilish asosida inson o‘zi 
o‘zgarib, dunyoni oqilona anglab, so‘ngra amaliy faoliyatida falsafiy 
umumlashmalarga tayanadi. 
Bunday hollarning barchasida falsafaning gnoseologik vazifasi 
namoyon bo‘ladi. 
Jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribasi o‘rganilib va tahlil qilinib, 
xulosalar chiqarilib boriladi. Uning hozirgi kundagi imkoniyatlari, 
ehtiyojlarini bilishdan kelib chiqqan holda jamiyatning kelgusidagi 
istiqboli aniqlanadi. Bu – falsafaning ijtimoiy funksiyasi hisoblanadi.
Jamiyat hayotining hozirgi zamon sharoitida falsafaning aksiologik 
funksiyasi ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Bu funksiyaning mohiyati 
shundaki, falsafa inson hayotining mohiyatini, uni yashashining asosiy 
mazmunini, insonning turmushdagi qadr-qimmati, jamiyatda tutgan 
o‘rni, uni axloqiy, gumanistik prinsiplar va g‘oyalarni baholash asosida 
tushuntiradi. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi kunda insoniyat boshiga 
xavf solayotgan jahon termoyadro urushi, qurollanish poygasining 
yanada avj olishi, ekologiyaning buzilishi, energiya zaxiralarini tugab 
borishi, jamiyatda yuz berayotgan moliyaviy, iqtisodiy, siyosiy va 
ma’naviy tangliklar sharoitida turli maqsadlar va faoliyatlar 
natijalarining gumanistik g‘oyalar bilan qo‘shilib borishi, insoniyatning 
Yer yuzida yashab qolishi muammolari umuminsoniy qadriyatlarni 
birinchi planga chiqarmoqda. Inson o‘z qadr-qimmatidan kelib chiqqan 
holda o‘zini ehtiyotlashga, tabiatni qo‘riqlashga intilib boraveradi. 
Insoniyat o‘z tarixiy rivojlanishi davrida manfaatlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan juda ko‘p qadriyatlarni yaratgan. Falsafa esa uni ogohlikka 
chaqirmoqda. 
Falsafaning evristik funksiyasi. Evristika(yunoncha heurisko so‘zi 
izlayman, ochaman degan ma’noni anglatadi) – qanday qilib metodik 


 14
jihatdan yangilik ochishga oid qo‘llanma, yangilik kashf etish san’atidir. 
Falsafaning evristik funksiyasi yangilik ochishga qaratilgan, yangilik 
ochishga xizmat qiladi. Masalan yangi g‘oyalar, yangi faktlar ochishga 
xizmat qiladi. Evristik funksiya ilmiy bayonda tizimli bayonlashga 
qarama-qarshi bo‘lgan holda yangi ilmiy natijalarga erishish yo‘lini 
tasvirlab beradi 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin