10
Dastavval aniq fanlar mustaqil tarmoqlarga ajralib taraqqiy
topmagan vaqtda falsafa barcha bilimlarni o‘z
ichiga qamrab olib
«fanlarning fani» vazifasini bajarib kelgan. Shu davrning buyuk
mutafakkir olimlari Demokrit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy,
Ibn-Sino, Ulug‘bek va boshqalar, ayni
vaqtda tabiat fanlarini ham
asoschilari bo‘lganlar. Falsafani maxsus fanlar bilan birlashtirish
qadimgi davrga xos xususiyat bo‘lgani uchun u tabiat falsafasi, ya’ni
«naturfilosofiya» deb ham hisoblangan.
Yuqorida aytilganlardan ma’lumki, falsafaning bahs mavzusi har
doim o‘zgarib kelgan. Lekin shu narsa ko‘zga tashlanadiki, insonning
mohiyati va borliqqa munosabatini o‘rganish falsafiy tafakkurning
negizini tashkil etadi. Inson muammosi falsafaning
asosiy masalasi
sifatida uning bahs mavzusini ham belgilab beradi. Falsafaning bahs
mavzusi esa quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi;
1) ma’naviyat sohibi bo‘lgan inson borliq taraqqiyotining eng oliy,
noyob, nodir va betakror natijasi ekanligini ko‘rsatish,
insoniylik va
insonparvarlik mezonlarini tadqiq etish va rivojlantirish;
2)
insonning jamiyatdagi o‘rni, borliqqa munosabati, insoniy
munosabatlarning mohiyati va mezonlarini o‘rganish;
3)
amaliyot va fan yutuqlari natijalarini, tarixiy meros va
taraqqiyotning yangi muammolarini yetuk axloqiy qadriyatlarga tayanib
o‘rganish va umumlashtirish;
4) falsafiy muammolar va metodologik xulosalarga tayanib, inson
dunyoqarashini shakllantirish va shu
asosda kishilarning amaliy
faoliyatiga maqsad va yo‘nalish berish.
Borliqni inson o‘rganib borar ekan, uning o‘zi bilmagan yangi va
yangi qirralarini ochib boradi va kashf qiladi. Fandagi yangi tomonlar
insonni yangi falsafiy g‘oyalarni nazariy jihatdan oldinga surishga olib
boradi. Tabiatdagi, jamiyatdagi, inson va uning tafakkuridagi
o‘rganilayotgan va kashf qilinayotgan
yangi tomonlar falsafiy
mushohadada yangi yo‘nalish va oqimlarni vujudga keltiradi. Shu tariqa
inson, jamiyat, tabiat har doim harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda o‘z
yo‘lidan boraveradi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiz
tamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy falsafasini rivojlantirishning
obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mavjud.
Falsafiy fikrlar, g‘oyalar fanning rivoji uchun oldida turgan
masalalarni hal qilishda o‘ziga yarasha katta kuch hisoblanadi. Asrlar
11
davomida shakllanib kelayotgan falsafiy bilimlar insoniyat madaniyati
xazinasiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Prezident I.Karimov asarlarida
o‘zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari
ochib berilayotganini
alohida ta’kidlash lozim. Prezident falsafa oldidagi bugungi
muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo‘llariga alohida e’tibor
bermoqda. Milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi haqida so‘z yuritib I.Karimov
shunday deydi: «Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi yurtimizda
yashayotgan barcha kishilarning ma’naviy boyligiga
dunyoqarashining
negiziga aylanishga erishish biz uchun eng asosiy maqsaddir».
O‘zbek falsafasining rivojlanishida bugungi kunda quyidagi
jihatlarga alohida e’tibor berish lozim: xalqimizning:
–
o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
– mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
– muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
– mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda shuni aytishimiz lozim:
falsafa – bu tabiat, jamiyat va inson tafakkuri
rivojlanishining eng
umumiy qonunlarini o‘rganadigan fan. Mustaqillik qo‘lga kiritilgach
yurtimizda falsafani yanada rivojlantirish zarurati paydo bo‘ldi.
Mustaqillik falsafasi millatimiz vakili bo‘lgan, mustaqil fikrlay oladigan,
barkamol insonni tarbiyalashga yo‘naltirilishi lozim. Shuning uchun
falsafa fani ko‘pgina dolzarb muammolarni, xususan yurtimizda
istiqlolni mustahkamlash, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi
ma’naviyatning ajralmas qismi bo‘lib, uning tamoyillarini aks ettirmog‘i
lozim.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: