23
dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan
rivoyat, afsona va bosh.a janrlardagi og‘zaki ijod namunalari millatimiz
tarixda qanday ma’naviy qiyofaga ega bo‘lganini hanuz ko‘rsatib turadi.
Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Masalan, qadimiy
merosimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Axuramazda va
yomonlik timsoli – Axriman o‘rtasidagi kurash tarixi misolida oxir-
oqibatda ezgulik baribir g‘alaba qozonadi, ya’ni yorug‘lik
zulmat ustidan
g‘alaba qiladi, degan g‘oya asosiy o‘rinni egallaydi va hayotbaxsh
g‘oyalar ilgari suriladi.
Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga
munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan afsona va
rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi,
vatanga muhabbati, insoniy kamolotga
intilishi badiiy vositalar,
afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Mifologik dunyoqarash qadimgi dunyo kishilarining o‘zlaricha
o‘sha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish va uni izohlashi sifatida
turli vazifalarni bajargan.
Birinchidan, bu dunyoqarash ma’lum xalqning, ma’lum ijtimoiy
jamoa umumiy qarashlarining shakllanishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan,
bu dunyoqarash o‘zida jamiyatning ma’lum ma’naviy, madaniy
qadriyatlarini (axloqiy, estetik, diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqalar)
mujassamlashtirgan edi. Uchinchidan, bu dunyoqarashda tabiat va
jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi,
ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki ma’naviy dunyosining
manzarasi, garchi hali chuqur bo‘lmasa ham, o‘zining dastlabki ifodasini
topadi. To‘rtinchidan, bu dunyoqarashda o‘tmish bilan hozirning hamda
kelajakning bog‘lanishi, ular o‘rtasidagi
uzviy aloqa qayd qilingan
bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashning yana bir jihati shundaki, unda
intellektual moment konkret emotsional, poetik, holatlari ifodalanishi
tufayli insonni qurshab turgan dunyodagi narsa va hodisalar insoniy
sifatlar, insoniy xususiyatlar jihatdan baholanadi va tushuniladi.
Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraq-
qiyoti, insonning aqliy salohiyati bag‘oyat yuksalib ketgan davrda juda
jo‘n va ibtidoiy bo‘lib ko‘rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o‘zining
kuchli jozibasi, insonparvarlik g‘oyalari
bilan hozirgi kunda ham
kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va samarali
omili bo‘lib qolmoqda.
24
Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga xos
ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan e’tiqodi bilan bog‘liq
bo‘lib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi,
muayyan asoslarga ega.
Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e’tirof etish bilan
bog‘liq bo‘lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qo‘yish
bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bu dunyoqarash shaklini inson
qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi:
– emotsional-ruhiy. odatlar;
– iymon-e’tiqod;
– iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi.
Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham
tashkil qiladi.
Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan
ijtimoiy vazifalarni
bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida
barqaror mavjud bo‘lib kelganining o‘ziyoq u inson tabiatida chuqur
ildiz otganidan, uning o‘ziga xos bo‘lgan bir. ancha vazifalarni ado
etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs
ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din, umuminsoniy axloq
me’yorlarini o‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun
majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan»
1
.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: