25
Diniy e’tiqod – bu g‘ayritabiiy kuchlar va ilohiy mavjudotlarga
noilmiy, hech bir dalil va isbotsiz ishonishdir. Diniy e’tiqod dindor
kishining his-tuyg‘ularini, ichki kechinmalari va xulq atvorini belgilab
beradi. Diniy e’tiqod o‘z ichiga intellektual, hissiy va iroda elementlarini
qamrab olgan murakkab hodisadir. Diniy e’tiqodning intellektual
elementlari – bu dindorlar ongida mavjud bo‘lgan, yuzaki qaraganda,
to‘g‘riga o‘xshagan, aslida voqelikning xato in’ikosi bo‘lgan diniy
tasavvurlar va tushunchalardir. Ular hech qanday ilmiy dalil va asosga
ega bo‘lmaydilar, lekin ayni vaqtda ular dinga ishonuvchi kishilar
tomonidan hayotiy zarur narsalar sifatida baholanadilar. Diniy
e’tiqodning dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama
yuritmasdan ishonish lozim bo‘lgan talablari mavjud bo‘lib, ular
vazifasini diniy aqidalar bajaradi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: