Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə18/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Qadimgi Xitoy falsafasi. Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlarda 
dunyo abadiy va u besh unsur – olov, suv, tuproq, havo, daraxt yoki 
metalldan tashkil topgan deb uqtiradi.
Miloddan oldingi VII-VI asrlarda Xitoyda «Dao» qonuniga binoan 
harakat qiluvchi «Si» elementining mavjudligi haqida fikr yuritiladi. 
Xitoy mutafakkirlari fikricha, tabiat hodisalari «Si» degen moddiy 
zarralardan tarkib topib, «Dao» degan obyektiv tabiiy qonuniyatga 
bo‘ysunadi.
«Daosizm» so‘zining o‘zi «dao» – qonun, «si» – materiya degan 
ma’noni anglatadi. Dunyoning asosini qonun bilan materiya tashkil 
qiladi. Daosizmning asoschisi Lao-szi bo‘lib, u dunyo abadiy harakat va 
o‘zgarishda bo‘ladi, – deb hisoblaydi. Masalan, Lao-szi bu haqda 
shunday degan: «Ulug‘ dao hamma yoqqa qarab oqadi. U o‘nga ham, 
sulga ham yoyilgan. U tufayli jami mavjudot tug‘iladi, bu mavjudot 
hamisha o‘zgarishda bo‘lib, bir joyda to‘xtab qolmaydi.
Daosizm dunyoda qarama-qarshiliklarning bir-biriga bog‘liqligi 
amal qiladi, tabiat hodisalari o‘z-o‘ziga zid holatlarda aylanib 
rivojlanadi, – degan fikr yuritadi. Ta’kidlanishicha, go‘zallik va 
xunuklik, balandlik va pastlik, yaxshilik va yomonlik, borliq va yo‘qlik, 
uzun va qisqalik, bir-birini tug‘diradi, birin-ketin keladi, bir-biriga 
bog‘liq bo‘ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha hodisalar qarama-
qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. 
Daosizm vakillari bilishda hissiyot va amaliyotni ahamiyatini 
kamsitib, aqliy bilishni bo‘rttirib yuborishadi. 
Miloddan oldingi V-III asrlarda vujudga kelgan Konfutsiychilik 
Qadimgi Xitoyda keng tarqalgan falsafiy ta’limotlardan bo‘lib 
hisoblanadi. Uning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy mil. avv. 551-
479-yillarda yashagan. U ta’limotida odamlarning hammasi tug‘ma 
xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga yaqindir. Tug‘ilgandan keyin hosil qilgan 
xususiyatlariga ko‘ra ular bir-birlaridan farq qiladi.


 45
Konfutsiyning falsafiy-axloqiy ta’limoti muayyan jamiyatdagi 
mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilishga qaratilgan, ya’ni jamiyatda 
osmondan yuborilgan «Jen» (insonparvarlik) qonuni amal qilinadi. Bu 
qonunni o‘rganib olish uchun inson «Li» ijtimoiy axloq normalariga 
amal qilishi, o‘zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi lozim. Ana 
shu g‘oyalar eramiz boshida Xitoyda konfutsiychilik dini shakllanishiga 
sabab bo‘ldi. Konfutsiychilik kohinlik, mistikadan xoli bo‘lib, unda dini 
marosimlar asosini ajdodlar ruhiga sig‘inish tashkil etib, ibodatlari ham 
ancha qulay bo‘lib, u oilaviy doirada o‘tkaziladi, natijada, tarbiyada 
oilaning maqomi oshadi. I asridan boshlab, Xitoyga buddachilik kirib 
kela boshladi va Xitoyda ijtimoiy-falsafiy qarashlar buddizm ta’limoti 
bilan sug‘orilgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin