51
Agnostitsizm – moddiy olamni bilish mumkinligini inkor etuvchi
yo‘nalish. Uning asoschilari ingliz faylasufi D.Yum va nemis faylasufi
I.Kant hisoblanadi.
Neoplatonizm – III–IV asrlarda Rim imperiyasida bo‘lgan diniy-
mistik falsafiy oqim bo‘lib, Aflotunning g‘oyalar dunyosi haqidagi
ta’limotni rivojlantiradi. Teologiya – ilohiyot va xudo haqidagi
ta’limotdir. Sxolastika – lotincha (maktab ma’nosini anglatadi) xristian
dinini himoya qiluvchi falsafiy yo‘nalish.
Patristika – II-VIII asrlardagi xristian mutafakkirlarining diniy-
falsafiy va siyosiy-sotsiologik doktrinasini ifodalovchi tushunchadir.
Feodalizm sxolastik falsafasida ikki asosiy oqim – ilg‘or diniga
qarshi nominalizm va dinni himoya qiluvchi realizm o‘rtasida keskin
kurash davom etdi. Bu 2 oqim o‘rtasidagi kurashning asosiy masalasi –
umumiy tushunchalar «Universaliyalar»ning mohiyati masalasi edi.
Realizm vakillari Ansel’m Kenterberinskiy (1033-1109), Ioan Erugen
Skot (815-877), Foma Akvinskiy (1225-1274). Ular fikricha, umumiy
tushunchalar – «uniyersaliyalar» real mavjud bo‘lib, ular mustaqil
g‘oyaviy mohiyat
sifatida predmetlarga, kishilarga nisbatan birlamchidir.
Moddiy olamning predmetlari esa ikkilamchi, umumiy tushunchalarning
shakliy ifodasidir deb ta’kidlashadi.
O‘rta asr diniy sxolastik falsafasining eng ko‘zga ko‘ringan
vakillaridan biri F.Akvinskiy edi. U shaklni birlamchi, boshlang‘ich va
faol ijod
kuchi deb, moddiy predmetlarni esa, uning ijodiy mahsuli va
passiv kuch deb ta’kidlaydi. Akvinskiy ta’limoticha,
dunyoda turli
shakllar bor, jon ham shu shakllardan biridir, shakllarning shakli esa –
xudodir. Uningcha, jon birlamchi va o‘lmas bo‘lib, tana esa jondan
ajralish bilan halok bo‘ladi.
F.Akvinskiy umumiy tushuncha masalasida aqlni ikkiga bo‘ladi: 1)
tabiatdan tashqari aql yoki «xudo aqli»; 2) tabiiy aql yoki kishi aqli.
«Xudo aqli»dagi
umumiy tushunchani birlamchi, tabiiy aqlni esa
ikkilamchi deb biladi.
Nominalizm vakillari: Ioan Rosselin (1265-1318), Duns Skott
(1266-1308), Uilyam Okkam (1285-1349). Ularning fikricha, tabiatdagi
yakka-yakka predmet, hodisalar ularning xususiyatlari real va obyektiv
ravishda mavjuddir, umumiy tushunchalar esa ikkilamchi, predmet-
larning nomi tabiat va undagi predmetlar bo‘lmaganida edi, ularning
umumiy, muhim tomonlarining in’ikosi bo‘lgan
tushunchalar ham
bo‘lmagan bo‘lur edi.
52
Realizm vakillarining falsafiy qarashlari idealizmga yaqin bo‘lsa,
nominalizm tarafdorlarining qarashlari esa materializmga yaqindir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: