55
qiladi. Tafakkurimiz ta’sirida esa bu tartibsiz ta’sirlarni muayyan bir
tizimga keltiramiz. Biz tabiat qonunlari deb tasavvur qilgan holatimiz
haqiqatda tabiatni harakatga keltiruvchi qonunlar emas, aksincha
tafakkurimizning mahsuli (biz shunday deb faraz qilamiz va bu
bog‘liqlik)ni keltirib chiqarishga harakat qilamiz. Aslida narsalarning
mohiyati ularning o‘zlaridir. Ularni mutlaq oxirigacha bilib bo‘lmaydi.
Kant inson bilishi chegaralarining alohida axloqiy negizini ham ko‘rgan.
Uning fikricha, agar inson hamma narsani oxirigacha bilganda, unda
vijdon, insof, burch degan alomatlarning ahamiyati ham qolmas edi.
Kant agnostitsizmining mohiyati ham ana shundan iborat. Lekin,
Kantning xizmati shundaki, u metafizika hukmron bo‘lgan sharoitda
qarama-qarshiliklar muammosini ko‘ndalang qo‘yadi.
Kant oqilona
fikrga dialektika xarakterli ekanligini yaxshi tushundi. U formal mantiqni
tanqid qildi.
Nemis mumtoz falsafasining eng yirik vakili
G. Gegel (1770-1831)
edi. Dialektikani idealistik asosda targ‘ib qilishning eng yuqori cho‘qqisi
Gegel falsafasida erishildi. Gegelda dialektika voqelikning barcha
sohalarini mutlaq g‘oyadan tabiatga va undan tarixiy jarayonlarga
o‘tishni o‘z ichiga oladi.
Gegel dialektikasida harakatning umumiy shakllari tasavvur
qilingan. Dialektika uchga bo‘linadi: borliq, mohiyat, tushuncha. Borliq
– fikrning eng dastlabki va mavhumiy shakli bo‘lib, sifat, miqdor va
me’yor tushunchalarida konkretlashadi. Borliqni oxirigacha ko‘rib
chiqib, uning o‘zida o‘ziga-o‘zi qarshi turuvchi va in’ikos holat mohiyat
kategoriyasini yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Go‘yoki
borliqning
borliqqa in’ikosi mohiyatni keltirib chiqaradi. Mohiyat bilan hodisaning
sintezi voqelik kategoriyasini keltirib chiqaradi. Lekin mohiyat borliqdan
ajralgan holda bo‘la olmaydi. o‘zida borliqni ham, mohiyatni ham
birlashtiruvchi dialektikaning keyingi bosqichini Gegel tushuncha deb
bilgan.
Shunday qilib, rivojlanish mavhumlikdan konkretlikka hodisalarning
ichki ziddiyatini hal qilinishi asosida ular sifatining
bir holdan ikkinchi
holatga o‘tishi ekan. Bu holda rivojlanishning o‘zi «mutlaq ruh»ning
borliqdan mohiyatga, mohiyatdan tushunchaga boruvchi bosqichma-
bosqich rivojlanishidir. Gegel obyektiv idealist sifatida aynan
tushunchada borliq va mohiyatning eng yuqori cho‘qqisi deb bilgan.
Tushuncha Gegelda ham subyekt, ham obyekt va mutlaq g‘oya hamdir.
Gegelning fikricha, rivojlanishning har bir bosqichi o‘z prinsipiga
ega, ya’ni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish, refleksiya (in’ikos) va
56
ichki rivojlanish. Rivojlanishning shu yo‘lida ilmiy tafakkur va falsafiy
kategoriyalar tizimining barcha bosqichlarining dialektikasi ifodalanadi,
ya’ni sifat, miqdor, me’yor, mohiyat va hodisa, ayniyat va tafovut, sabab
va oqibat, tasodif va zaruriyat, imkoniyat, voqelik va hokazo. Gegel
dialektikasining modeli sifatida obyektiv reallik emas, uni in’ikos
etuvchi tafakkur namoyon bo‘ladi. Gegel ta’kidiga ko‘ra –
dunyoda sodir
bo‘layotgan barcha hodisalar obyektiv reallikda emas, balki g‘oyalarda
ifodalanadi.
Gegel dialektikasi qanchalik qimmatli bo‘lmasin, u cheklangan edi.
Chunki u olamning va bilishning taraqqiyoti tugallangan deb hisoblardi,
unda taraqqiyot g‘oyasi faqat ruhiy-g‘oyaviy hodisalarga joriy etilgan.
Bir qancha mantiqiy kategoriyalarni rivojlantirishda sxemalashtirilgan,
chunonchi, triada va sun’iylik, yasamaviylik bo‘lgan; dialektik sxemalari
tor, biqiq bo‘lgan; dialektikadan ilmiy, izchil ijtimoiy xulosalar
chiqarilmagan.
Shuni aytish kerakki, Gegel falsafasining xarakterli xususiyati – bu
uning reaksion idealistik falsafiy tizimi bilan ilg‘or dialektik uslub
o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘lgan.
Gegel falsafasi atrofida turli falsafiy maktablar
va oqimlar vujudga
keldi. Shulardan biri marksistik ta’limot. Asoschilari: K.Marks (1818-
1883), F.Engels (1820-1895). Materialistik jihat va ateistik tamoyillar
ustuvor bo‘lgan. Qarama-qarshiliklarning kurashi tamoyili
mutlaqlashtirilgan o‘z ta’limotini ishlab chiqadi. Shuningdek, xilma-xil
falsafiy yo‘nalishlar vujudga keldi va
bugungi kunda faoliyat
ko‘rsatmoqda. Endi falsafiy ta’limotlar tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan
falsafiy oqimlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: