Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Hozirgi zamon falsafasi, uning asosiy oqimlari


səhifə24/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. Hozirgi zamon falsafasi, uning asosiy oqimlari 
Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o‘z davrining dolzarb 
muammolarini qal etish yo‘llarini topishga harakat qilgan. XX asrga 
kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni 
qo‘lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, 
ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og‘ir yo‘qotishlar davri ham bo‘ldi. 
Bu esa falsafiy fikr taraqqiyotida o‘z aksini topdi, uning turli yo‘nalish 
va oqimlari shug‘ullangan muammolarning salmog‘i, maqsad-
muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr 
falsafasida nihoyatda xilma-xil oqim va yo‘nalishlar mavjud. o‘z 


 57
navbatida, bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi 
yarmi va hozirgacha bo‘lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini 
belgilaydi.
An’anaviy falsafada, turli g‘oyaviy tizimlarga bo‘linishiga qaramay, 
muhim muammolarni qal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. 
Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko‘p xilligi 
va o‘ziga xosligi, turli – tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning 
mustaqil yo‘nalish sifatida shakllanganligini yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bugungi kunga kelib ko‘pgina falsafiy oqimlar o‘zlarining an’anaviy 
falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini 
ta’kidlash maqsadida nomlariga «neo» yangi, zamonaviylashgan degan 
ma’noni anglatuvchi qo‘shimchani qo‘shganlar. Qo‘yida shu 
yo‘nalishlardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Fanning jamiyat hayotidagi o‘rnini belgilash va unga nisbatan qarab, 
zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo‘nalishga ajratish 
mumkin. a) ssiyentizm (lot. scientia – fan) ya’ni fan mavjud barcha 
ijtimoiy muammolarni qal etishi mumkinligini, ilm-fan taraqqiyotning 
doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy qarash. b) antissiyentizm – fan 
taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishni asoslovchi falsafiy 
qarash.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin