54
4) tadqiqotning mantiqiy halqalaridan birortasi ham tushib
qolmasligi lozim.
Demak bilishning birdan bir manbai va bilishimizning haqiqatlilik
o‘lchovi ham tafakkurdir.
Dekart falsafasi dualistik falsafa. Olamning asosida bir-biridan
mustaqil ikki substansiya yotadi. Birinchisi – «fikrlovchi substansiya»
(xudo), ikkinchisi – moddiy substansiyadir.
«Men fikrlayman – demak: mavjudman» degan mazkur tezisni ilgari
surdi.
Uning ta’limotini Tomas Gobbs takomillashtirgan va rivojlantirgan.
U moddiylikni asosiy substansiya deb hisoblagan, materiyaning
abadiyligi, harakatning esa mexanik tarzda amalga oshishining tarafdori
bo‘lgan olimdir. U matematik sifatida borliqning namoyon bo‘lishini
geometriya fani nuqtai nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida
Gobbs ko‘proq empirik jihatlarga o‘z e’tiborini qaratgan, sezgilarning
bilimlar hosil qilish jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilgan.
Ingliz falsafasida Jon Lokk qarashlari alohida o‘rin tutadi. U
tajribani bilishning asosiy manbai, deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi
tajriba ajratib ko‘rsatiladi. Uning fikricha, bilish tabiat va inson
o‘rtasidagi munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu
jarayonda hosil qilgan tushunchalari, g‘oyalari va xulosalarining olamga
mos kelishidan iboratdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: