58
Neopozitivizm – oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer,
Rassel, Vitgenshteyn va boshqalar. Tarafdorlari falsafa aniq fanlar
taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi. Falsafa – obyektiv reallikni emas,
balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni
o‘rganib, tahlil qilib, ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solish kerak.
Strukturalizm – asosiy vakillari Levi Stross va Fuko. Bilishda
strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari
narsa va hodisalarning strukturasini bilish uning obyektiv mohiyatini
bilish demakdir, deb hisoblashadi.
Germenevtika – qadimgi yunon afsonalaridagi Xudolarning xohish
va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan
elchisi Germes nomi bilan ataladi. Germenevtika – tushunish,
tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatni qaratadi. Falsafaning
asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi
muloqotdan qidirishdan iborat, deb ta’kidlashadi. Muloqot jarayonida
madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun
falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar
o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iboratdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: