60
natijalar, ya’ni sezgilardir. Ikkinchidan esa, ular tushuncha tomonidan
keltirilib chiqariladigan ma’lum amaliy harakatlardir.
Uilyam Jeyms pragmatizmni haqiqat nazariyasining o‘ziga xos
uslubi sifatida qaraydi. Uslub sifatidagi olingan pragmatizm uslubi,
Jeymsning ta’kidlashicha, har xil nazariyalar o‘rgatuvchi bahsni
murosaga keltirish uchun ulardan keladigan foydani taqqoslab aniqlash
zarur. Jeyms bu o‘rinda materializm bilan idealizm o‘rtasidagi kurashni
idealizm foydasiga hal qildi. Materialistik qarash bo‘yicha dunyoning
boshlang‘ich va oxirgi nuqtasini topish mumkin, ya’ni boshqacha qilib
aytganda materializm insoniyat tarixi cheksiz emasligi, ya’ni zamonlar
kelib hayot umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bu esa
hech qanday ongli o‘ylaydigan kishi uchun ma’lum bo‘lmaydi, bu bilan
kelisha olmaydi. Idealizm, uning tasavvurida deizm institutlariga oxirgi
nuqtada ham kelajakka intilishga ruhiy kuch beradi, demak idealizm
inson kelajagini, manfaatini hal qilar ekan, modomiki shunday ekan
idealizm ta’limoti haqiqatdir.
Falsafa tarixini o‘rganish bugungi kunda o‘zining muhimligi bilan
ajralib turadi. Chunki, bugungi kunda mavjud falsafiy yo‘nalish va
maktablar ta’limotlaridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish va to‘g‘ri yo‘nalish
olish davr talabidir. Shuningdek, III xodimlarining falsafiy bilimlarini va
dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
2-bob.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: