29
tarzida ko‘zga tashlanadi. Bu – falsafiy dunyoqarashning
baholash
vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib
chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh,
oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi.
Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning
ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki
jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‘zi tayanadigan omillarga
(ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga
erishishning usullari,
vositalari, amaliy yo‘nalishlari belgilanadi.
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat,
huquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali
boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning
o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos
boshqarish usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish
uchun axloq uning aql-zakovatiga; din – iymon-e’tiqodiga; huquq –
qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga tayanadi va
o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini
nazorat qilish vazifasi
ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi
nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek xalqining
tarixiy rivojlanishi va
ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti
tarzida faoliyat ko‘rsatgan.
Darhaqiqat, o‘zbek mahallalarida bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat,
hamdardlik kabi noyob fazilatlar kamol topadi. Shuning uchun ham
Islom Karimov uni «O‘zini o‘zi boshqarish maktabi... demokratiya
darsxonasi», – deb ta’riflaydi1.
Falsafiy dunyoqarashning
birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli
dunyoqarash yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy g‘oyalar atrofida
uyg‘unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog‘liq
bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y berishi
tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga
keltirishga xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra,
ijtimoiy-tarixiy
tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega
bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya atrofida birlashtiradi.
Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, muayyan davrlarda
falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lganligini,
millat kelajagini belgilaydigan ozodlik g‘oyasi atrofida kishilarni
30
birlashtirganini ko‘ramiz. Bu hol mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash
davrida yaqqol namoyon bo‘lgan. Ushbu g‘oya (ozodlik falsafasi)
dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini,
e’tiqodi, iqtisodiy ahvoli va siyosiy mavqeidan qat’i nazar, birlashtirgan
va umumiy kurashga safarbar qilgan.
Har qanday dunyoqarash inson
ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning
manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir tomondan, dunyoqarash
o‘z-o‘zidan, ya’ni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u
turli ta’lim-tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati
natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa, falsafiy dunyoqarash,
umuminsoniy tamaddun (sivilizatsiya) ta’siri o‘laroq shakllangan bo‘lsa,
muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli
imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir.
Binobarin, falsafiy dunyoqarashning
tarbiyaviy vazifasini yuqorida
zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu –
kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini
vujudga keltirish asosida
bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo‘l bilan hal
qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: