Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. «Qonun» tushunchasi, uning mohiyati va falsafiy talqini


səhifə43/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. «Qonun» tushunchasi, uning mohiyati va falsafiy talqini 
Qonun – muayyan shart-sharoitda narsalar voqealar rivojining 
xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani 
taqozo etadigan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, 
zaruriy, umumiy, nisbiy, barqaror munosabatlari. 
Qonunlar quyidagi xususiyatlarga ega: eng muhim belgilarni aks 
etadi, umumiy munosabatlarni ifodalaydi, zaruriylik, majburiylik, 
barqarorlik, takrorlanuvchanlik.
Qonunlar amal qilish doirasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
Eng umumiy qonunlar – tabiat, jamiyat, tafakkurning istisnosiz 
barcha obyektlariga xos bo‘lgan universal, falsafiy qonunlardir. Ular 
tabiat, jamiyat taraqqiyotining umumiy hamma yerda, doim mavjud 
bo‘lgan xossalari, mayllari o‘rtasidagi umumiy, zaruriy, barqaror ichki 
takrorlanib turuvchi, muhim obyektiv bog‘lanishlarni ifodalaydi.
Umumiy qonunlar – moddalarning saqlanish va aylanish qonuni; 
butun olam tortishish qonuni va hokazolar.
Xususiy qonunlar – fizikada Kulon qonuni, Mendeleyevning 
kimyoviy elementlarining davriy sistemasi, huquqshunoslikda fuqarolik 
qonuni, saylovlar haqidagi qonun, jinoyat kodeksi va boshqalar.
Namoyon bo‘lishiga ko‘ra qonunlar ikki guruhga bo‘linadi: 
1) dinamik qonunlar – mutlaq ma’nodagi sababiy, zaruriy 
bog‘lanishlarni ifodalaydi; 
2) statistik qonunlar – mutlaq ma’nodagi zaruriy qonunlar emas, ular 
ehtimollik 
sababiga muvofiq bo‘lgan bog‘lanishlarni ifodalaydi. 
Masalan: nishonga otilgan o‘qning mo‘ljalga tegish ehtimoli va hokazo. 
Qonuniyat – qonunning tasodifiy sharoitlar qamrovida konkret 
hodisa jarayonlarda ifodalanishi. Masalan, organizm tuzilishi va biron-
bir badiiy asarning yaratilishi, har biri uchun umumiy bo‘lgan biologik 
yoki estetik qonunlar asosida namoyon bo‘ladi. Lekin shu bilan birga har 
bir hodisa bu umumiy qonunlardan tashqari xususiy qonunlarga ham 
egadir. Shu tasodifiy qonunlarning takrorlanish ehtimoli qonuniyatda 
ifodalanadi.


 128
Har qanday fanning asosini uning qonunlari tashkil etadi. Jumladan, 
falsafa fanining qonunlari, eng umumiy qonunlar sifatida tabiat, jamiyat 
va inson tafakkurining umumiy bog‘lanishlarini o‘zida ifodalaydi. 
Falsafaning uch qonuni bor:
1) miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘zaro o‘tish qonuni;
2) qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni;
3) inkorni inkor qonuni. Bu qonunlar haqida fikrlarimizni quyida 
batafsilroq davom ettiramiz.
Hozir esa falsafiy qonunlar bilan sohaviy qonunlarni tushunishdagi 
farqni ko‘rsatish maqsadida huquqiy qonunlar misolida ko‘rsatib 
berishga harakat qilamiz. Shu o‘rinda huquqshunoslik fani va 
amaliyotida «qonun» tushunchasiga qanday yondashilishi haqida bir 
og‘iz to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Huquqshunoslikda 
amal qiladigan qonunlar jamiyatda mavjud huquqiy munosabatlarni 
shakllantirish va kishilarning bu jarayonda xatti-harakatlarini tartibga 
solishga qaratilgan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, huquqshunoslik 
qonunlari fuqarolarning ma’lum bir jamiyatdagi xatti-harakatlarini 
boshqarib turish hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilab 
berish uchun mavjud hokimiyat qarori bilan ta’sis etiladi. 
Huquq nuqtai nazaridan qonun – bu oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, 
davlatning qonun chiqaruvchi organ tomonidan yoki aholi tomonidan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazishning talablariga muvofiq qabul 
qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar 
doirasida huquqiy munosabatlar subyektlari faoliyatining umumiy 
namunasini mujassamlashtirgan normativ-huquqiy hujjatdir1. 
Huquqshunoslikda qonunlar bir necha mezon va usullarga ko‘ra 
tasniflanadi. Davlat tuzilishiga ko‘ra, mavjud normalar xususiyati va 
qabul qilinish tartibiga ko‘ra, tarmoqlarga ko‘ra, qonun shakliga ko‘ra, 
huquqiy tartibga solish mexanizmiga ko‘ra, huquqiy tartibga solish 
predmetiga ko‘ra va hokazo. Jumladan, mohiyati va yuridik kuchiga 
ko‘ra qonunlar – konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar, ular o‘z navbatida 
joriy va kodifikatsiya qilingan qonunlarga bo‘linadi. Yana bitta katta 
guruh qonunlar turkumiga tartibga solish ko‘lami va obyekti bo‘yicha 
tasniflangan umumiy va maxsus qonunlar kiradi. Umumiy qonunlar 
ijtimoiy munosabatlarning keng sohasini tartibga soladi, ularga kodekslar 
kiradi. Maxsus qonunlar esa ijtimoiy munosabatlarning cheklangan 
miqdorini tartibga soladi (Garov to‘g‘risidagi qonun, Banklar va bank 
tizimi haqidagi qonunlar). Bundan tashqari davriy qonunlarga budjet 


 129
qonunlari, favqulodda qonunlarga harbiy qonunlar kiradi. 
Huquqshunoslikda «qonun» tushunchasidan tashqari qonun osti 
hujjatlar degan tushuncha ham yuritiladi. Qonun osti hujjatlar o‘z 
navbatida: 
x O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari; 
x O‘zbekiston hukumatining qarorlari; 
x Boshqa ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari; 
x Mahalliy davlat hokimiyatining normativ hujjatlari kabilarga 
bo‘linadi. 
Biz bu yo‘sindagi tahlilimizni yana ham chuqurroq davom 
ettirishimiz mumkin. Lekin bizning maqsadimiz huquqshunoslik 
qonunlari misolida eng umumiy bo‘lgan falsafiy qonunlar bilan xususiy 
qonunlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalasini ko‘rsatish edi. Aynan 
shu ma’noda tahlilimizdan ayon bo‘lganidek, qonunlar o‘rtasidagi faqat 
amal qilish doirasiga ko‘ra farq bo‘lishi mumkin ekan. Lekin shu o‘rinda 
har qanday qonun uchun eng muhim belgilarni aks etish, umumiy 
munosabatlarni ifodalash, zaruriylik, majburiylik, barqarorlik va 
takrorlanuvchanglik kabi umumiy tamoyillar ham xos bo‘lishi muqarrar 
ekanligiga amin bo‘ldik. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin