2-§. Voqelikning tuzilishi va umumiy aloqadorligini
aks ettiruvchi kategoriyalar
Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb
ataladigan umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalov-
139
chi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan
yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib
turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa
kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va
munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini
ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. Alohidalik,
xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish
jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon
qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon
bo‘layotgan narsa-hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa
hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir.
Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va
munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu
kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi
konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik»,
«umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini
ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina
namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki
birligining namoyon bo‘lish shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda, bilishning
umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali
umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan.
Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday
alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan
iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-
tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos bo‘lgan
modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash
asosida, maxsus usul va vositalarini qo‘llash bozor strategiyasi va
taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni
muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning
makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha aytganda,
har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi
deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan
turg‘unlikka ega bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu).
Xegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi
tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida qaraydi. Falsafada
140
milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan
farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi
mumkin (bu haqda «Osiyotsentrizm» va «Yevropatsentrizm» to‘g‘risida
eslash kifoya). Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy
rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida
har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning
uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni
mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib,
buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX
asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy
sabablardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning
individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har
qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi tarzida vujudga
keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z tarkibidagi nisbatan yangi,
alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la olmaydi.
Shunday qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini
vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish
bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi.
Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar
sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish
bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan
jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan
yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy,
diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy
madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat»,
«siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil
yo‘nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan
mustaqil bo‘lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va
rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan
kelib chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura»,
«sistema», «element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va
muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik»
narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik
munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa,
141
«butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa,
ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon
tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni
yoki elementni – alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi.
Shuningdek, muayyan o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani
umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli
darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman,
narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan «butun», «qism», element»larga
ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning samaradorligini
ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har
ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli
sifatida olib qaralishi kerak.
Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan
hisoblanadi. Sistema grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik,
yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni
anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan element-
larning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan,
bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning
tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga
keltirish bilan izohlanadi.
Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga
ko‘ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki
insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning
mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyatlarini o‘rganish
asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni,
insonning obyektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan,
tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va
maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan
xarakterlanadi.
Sistema – narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va
munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa,
narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining
makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik
holatidir. Umuman, struktura (lot. tuzilish, tartib) sistemani tashkil qilgan
elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosa-
batidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning
aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan ele-
142
mentlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda
rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi.
Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga
qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNKlarning
o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizm-
lar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy
olamning obyektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning
konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan
elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab,
ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura»ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish,
aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil
tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret
ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema
deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy
qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi.
Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa
munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida,
sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir
elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda
hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashishiga
qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash
mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi
muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus
ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki
elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra,
sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, kategoriyalar
sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy
kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish,
strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga
ko‘ra: muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan ele-
mentlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday
konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga
ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida
ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli
143
xarakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida
yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, konkret makon va zamonda
sistemani tashkil qilishdaki, elementlarning ahamiyati strukturaviy
funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni,
sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma’lum
vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha
bo‘lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari
narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik
asos bo‘ladi.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |