Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə54/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ong va axborot. Keyingi yillarda «Informatsion portlash» 
tushunchasi ham tez-tez ishlatilmoqda. XX asrning eng muhim 


 160
yutuqlaridan biri bu kompyuterlarning yaratilganligidir. Ularning 
yaratilishi bir tomondan inson ongi, tafakkuri, kuch-qudratining, ikkinchi 
tomondan, ana shu kuchga tushadigan yukning yengillashishiga xizmat 
qiladigan vositani yaratish yo‘lidagi urinishlarning natijasi bo‘ldi. 
Asrimizning o‘rtasida paydo bo‘lgan bu vosita shiddatli rivojlanish 
yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlab sekundiga minglab operatsiyalar bajara 
oladigan kompyuterlar bo‘lgan bo‘lsa, ularning bugungi avlodi 10 
millionlab murakkab operatsiyalarni qoyilmaqom qilib uddalaydi. 
Xo‘sh, bularning inson ongi va tafakkurining mohiyati bilan nima 
aloqasi bor? Gap shundaki, EHM lar ham inson tafakkuriga xos bo‘lgan 
xususiyatlarga ega. Bunday xususiyatlarga, uning tobora ko‘proq ega 
bo‘lib borishi, EHM fikrlay oladimi, agar inson o‘ziga xos 
xususiyatlarini ularga tobora ko‘proq ko‘chirib boraversa, oxir oqibatda
bir vaqt kelib, u o‘zi yaratgan ana shu qurolning quliga aylanib 
qolmaydimi, degan savollarning kun tartibiga qo‘yilishiga olib keldi. 
Aytaylik, kompyuter albatta oldindan programmalashtirilgan 
operatsiyalarni, millionlab marta tez bajarishi mumkin. Ularning «xotira» 
qudrati nihoyatda yuksak va hokazo. Ammo bular EHMlarning 
fikrlashidan, ularning inson ustidan hukmronlik qilishidan dalolat 
beradimi? Albatta, yo‘q. Kompyuterlar qanchalik murakkab 
operatsiyalarni bajarmasinlar, inson tomonidan programmalashtirilgan 
jarayonlarnigina amalga oshiradilar, undan tashqariga chiqa olmaydilar. 
Insonning fikrlash jarayoni ongsizlik, onglilik, kechinmalar, ijod kabi 
hodisalarni qamrab oladi. Kompyuter esa bunday xususiyatlarga ega 
emas. Shunday ekan, kompyuterlar insonning muayyan yo‘nalishlardagi 
aqliy faoliyatini yengillashtirishga xizmat qiladi va o‘zining yaratuvchisi 
ustidan hukmron bo‘la olmaydi. 
Ayrim tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, hozirgi davrda fan sohasida 
erishilgan natijalar har o‘n yilda, informatsiya olish esa har 3-4 yilda ikki 
barobarga oshmoqda. Ana shunday sharoitda inson ongi, uning xotira 
qudrati bu axborotlarni o‘zlashtira oladimi, degan savol ko‘ndalang 
bo‘lmoqda. Yangi bilimlar, axborot oqimi unchalik kuchli bo‘lmagan 
yaqin o‘tmishda tirishqoq kishi insoniyat bilimi erishgan asosiy 
natijalarni o‘zlashtira olar edi. Bugungi kunda faqat fanning turli 
yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga bir necha million kitob nashr etilmoqda. 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, inson eng yangi adabiyotlarni o‘rganib borishga 
harakat qilganda ham, uning har bir o‘qigan betiga o‘n ming o‘qilmagan 
sahifa to‘g‘ri kelar ekan. 
Kishilarning paydo bo‘lgan yangi kitoblarning aksariyatini jismonan 
o‘qib ulgurmaganligi «informatsion portlash» keltirib chiqarayotgan 


 161
oqibatlarning bir ko‘rinishi, xolos. Masalaning yana bir jihati borki, bu 
inson to‘plagan bilim, axborotning ma’naviy eskirishi, keraksiz bo‘lib 
qolayotganligidir. Bunday eskirish sur’ati tobora tezlashib bormoqda. 
Masalan, oliy – ta’lim sohasida bu jarayon olti – yetti yil, kompyuter 
texnologiyasi sohasida esa bir yil davomida sodir bo‘layotganligi haqida 
fikrlar bildirilmoqda. Bu agar siz oliy o‘quv yurtini bitirganingizga yetti 
yil bo‘lgan bo‘lsa, o‘z vaqtida olgan bilimlaringizning aksariyati bugungi 
kun talabiga javob bermasligini bildiradi. Ana shunday sharoitda 
kishilarning o‘z bilimlarini yuqori darajada ushlab turishlari ulardan 
doimiy diqqat-e’tiborni, o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Aks holda, 
ta’lim dargohini eng yuqori natijalar bilan bitirgan mutaxassis ham tez 
orada chalasavod bo‘lib qolishi mumkin. 
Umumlashtirib aytganimizda, ongning mohiyatini, uning koinot 
evolutsiyasining tabiiy natijasi ekanligini tushunish, u bilan bog‘liq 
bo‘lgan jarayonlarni ilmiy talqin etish olam va odam birligini anglash 
imkonini beradi. Ayni paytda, ongning mohiyatini anglash insonning 
o‘zligini, yashashdan maqsadi, hayotining ma’no-mazmuni kabi 
masalalarni chuqurroq tushunishga yo‘l ochadi. Bu ong va u bilan 
bog‘liq masalalar amaliy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin