Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə52/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ongning tuzilishi. Ong o‘zaro aloqada bo‘lgan turli unsur 
(element)lardan tashkil topgan murakkab ma’naviy tuzilishga ega. 
Ong in’ikosning o‘ziga xos shakli ekan, avvalo, unda aks 
ettiriladigan obyekt haqidagi muayyan bilimlar hissiy va ratsional 
shaklda o‘z ifodasini topadi. Demak, bilim ong tuzilishining asosiy 
unsuridir. Shuning uchun ham bilimlarning boyib, chuqurlashib borishi 
ong rivojlanishini xarakterlaydigan muhim belgi sifatida yuzaga chiqadi. 
Ong tuzilishining yana bir unsuri xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon 
bo‘ladigan kechinmalardir. Ularda in’ikos obyektiga munosabat 


 157
gavdalanadi. Bilimlarimizning chuqurligi va ko‘lamliligi, hissiyotlari-
mizning namoyon bo‘lishi yoki bo‘lmasligi intilishimiz – irodamizga 
bog‘liq. Iroda kuchi olamni anglash jarayonida yuzaga keladigan har 
qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga, ko‘zlangan maqsad yo‘lida tinmay 
harakat qilishga yo‘l ochadi. 
Iroda tabiatning in’omi emas ekan, uni tarbiyalash, kamol toptirish 
shaxs hayotida, uning jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishida muhim 
ahamiyatga ega. Zero, irodasizlik eng ulug‘ niyat va maqsadlarni barbod 
qilibgina qolmay, insonning to‘g‘ri yo‘ldan toyib ketishiga va turli salbiy 
oqibatlarning kelib chiqishiga olib kelishi ham mumkin.
Bilimlar, ehtiyojlar, his-tuyg‘ular ong tarkibiga kiradi. Ongning 
tarkibi bir butun tizimni tashkil qiladi, ya’ni alohida elementlardan 
tashkil topgan tizimdir. 
Sezgi, hissiy qabul qilish, tasavvur, tushuncha, tafakkur ongning 
yadrosini tashkil qiladi. 
Ong va til. Til ongning insongagina xosligini isbotlovchi omillardan 
biridir. Xo‘sh, til deganda o‘zi nima tushuniladi? Til, bu eng avvalo, 
muayyan belgilar tizimi demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini shu 
bilangina cheklash to‘g‘ri emas. Negaki, muayyan belgilar tizimi 
hayvonlarga ham xos, ular yordamida jonzodlar o‘rtasida muayyan 
axborot almashinuvi sodir bo‘ladi. 
Aytaylik, kabutarlarining «muhabbat» raqsi, jonzodlarning xavf-
xatar paydo bo‘lganda turli tovush – belgilar yordamida bir-birini 
ogohlantirishi, ayrim hayvonlarning o‘zi yashaydigan hududni turli 
yo‘llar bilan «chegaralab» chiqishi ana shunday belgilar tizimining 
o‘ziga xos ko‘rinishlaridir. Lekin, jiddiy e’tibor beriladigan bo‘lsa, bu 
belgi – signallar tizimi uzoq davom etgan evolutsiya davomida hosil 
qilingan reflekslar ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Xatti-harakat 
yoki boshqa belgilar yordamida uzatilayotgan axborotning mazmuni 
muayyan vaziyatdagi holat bilan belgilangan bo‘ladi. Bundan farqli 
o‘laroq inson nutqi, tili muayyan vaziyat, makon va zamondan xoli 
bo‘lishi, unga bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Boshqacha aytganda, u 
o‘zida o‘tmishni, hozirgi holatni va istiqbolni ham ifodalashi mumkin. 
Bu inson tilining belgilar tizimi sifatida hayvonot dunyosida amal 
qiladigan belgilardan tub farqini ko‘rsatuvchi muhim xususiyatidir. 
Til qayd qilinganidek, belgilar tizimidir. Fan yuksak taraqqiy qilgan 
hayvonlarda axborot uzatishga xizmat qiladigan murakkab belgilar tizimi 
mavjud ekanligi va u hayvonot olami evolutsiyasi bilan bir paytda 
takomillashib borganligini isbotlamoqda. Demak, til yo‘q joydan, 


 158
birdaniga paydo bo‘lib qolmagan. Ong in’ikos shakllarining uzoq davom 
etgan evolutsiyasining tabiiy hosilasi bo‘lganidek, u bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgan inson nutqi ham axborot uzatishga xizmat qiladigan belgilarning 
murakkablashib borishi jarayonining zaruriy natijasidir. 
Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat’i nazar faqat 
insongagina xos va u ong bilan uzviy bog‘liqdir. Negaki, tilda ong 
gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o‘zi va boshqalar uchun 
voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan ma’no-mazmunning 
anglanishi insonning umumiy bilim darajasi, qiziqishi, qobiliyati, 
muayyan sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Til 
fikrlash quroli, muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashuv jarayonini 
boshidan kechirmoqda. Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda 
qo‘llaydigan tabiiy til bilan bir qatorda muloqotning rang-barangligini 
ta’minlaydigan, fikrni ifodalashga xizmat qiladigan o‘ziga xos imo-
ishoralar raqs, musiqa «tiliga» ham ega. Shunday bo‘lsa-da, ular so‘zga 
ko‘chgandagina anglashiladi, undagi mazmun tushunarli bo‘ladi. 
Shu bilan birga milliy tillar bilan bir qatorda ilm-fan yutuqlarining 
tez tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan internatsional til-fan tili, uning 
tushunchalari va formulalari ham borligini unutmaslik kerak. XX asrda 
qo‘llanish doirasi tobora kengayib borayotgan elektron hisoblash 
mashinalarining «beysik», «fortran» kabi tillari yaratildi. Kompyuter-
larning ijtimoiy hayotdagi roli tez o‘sib borayotgan hozirgi davrda bu 
«til»lar axborotlarning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta ahamiyat 
kasb etmoqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini 
ko‘rsatmoqda. 
Ong va til munosabati haqida gap ketar ekan, til o‘ziga xos tarixiy 
xotira rolini o‘tashini ham unutmaslik kerak. Bu milliy tillar misolida 
ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Zero, millat tilida uning o‘zligi, bosib o‘tgan 
tarixiy yo‘li, tafakkur tarzi aks etadi, mustahkamlanadi. «Ona tili, – deb 
yozadi Prezidentimiz, bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har 
qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar». 
Shunday ekan, mustaqillik sharoitida milliy tilimiz rivojiga alohida 
e’tibor berilayotganligi milliy o‘zligimizni anglashimizning o‘tish 
jarayonida milliy istiqbolimizni belgilashning uzviy qismi sifatida 
qaralmog‘i lozim. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin