162
Shu ko‘rsatilganlar kishilarning ijtimoiy borlig‘ini, moddiy
sharoitlarini aks ettiradi. Ijtimoiy borliq o‘zgarishi bilan ijtimoiy ong
ham o‘zgarib boraveradi.
Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqni aks ettirar ekan u borliqni sust in’ikos
etadi degan fikr kelib chiqmasligi zarur. Ijtimoiy ong nisbiy
mustaqillikka ham egadir. Shu nuqtai nazardan aytamizki, siyosat,
huquq, din, adabiyot va boshqalarni rivojlanishi iqtisodiy rivojlanishga
bog‘liqdir. Lekin ularning hammasi bir –
biriga va iqtisodiy bazisga
ta’sir qiladi. Bundan ko‘rinyaptiki, faqat iqtisod faol emas, balki ijtimoiy
ong ham faol xarakterga egadir. Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi
uning ijtimoiy borliqqa ta’sirida yaqqol ko‘rinadi. Jamiyat rivojlanishi
bilan bu ta’sir kuchayib boradi.
Ijtimoiy ong o‘z ifodasini individual ongda, alohida kishining ongida
topadi. Individual ong ijtimoiy ongga xos elementlarni aks ettiradi.
Ijtimoiy ongning tashuvchisi – bu alohida kishilar,
individlar, sotsial
guruhlar – sinflardir.
Alohida kishining ongi – bu individual ongdir. Kishilar o‘zlarining
ma’naviy dunyosi bilan bir-birlaridan farq qilishadi, shu bilan birga
ularning hammasi ijtimoiy zaruriy hodisalarni in’ikos ettirishadi.
Individual ongda ijtimoiy borliq individning ruhiyatiga, xarakteriga,
imkoniyatlariga, qobiliyatiga, qiziqishlariga, tarbiyasiga, millatiga
bog‘liq holda aks ettiriladi. Ikkita bir xil individ bo‘lmagani singari,
ikkita bir xil individual ong yo‘q.
Ijtimoiy va individual ong o‘zaro dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi.
Ijtimoiy ong alohida kishilar miyasida bo‘lgani uchun u
faqat individual
ong yordamida namoyon bo‘ladi. Har bir alohida kishi jamiyatda
yashagani uchun ularning individual ongi ijtimoiy ong bilan bog‘liqdir.
Ijtimoiy ong murakkab tuzilishga ega. Ijtimoiy ongni vertikaliga –
darajalarga, gorizontaliga – shakllarga bo‘lish qabul qilingan.
Ijtimoiy ongning – oddiy (kundalik) va nazariy darajalari mavjud.
Buni ba’zan ijtimoiy ruhiyat va mafkuraviy darajalari ham deyishadi.
Oddiy ong kundalik hayot natijasida stixiyali tarzda shakllanadi. Oddiy
ong kundalik hayot to‘g‘risidagi tushunchalar, g‘oyalar va hokazo.
tizimlashmagan bilimlardir.
Oddiy ong quyidagilarni qamrab oladi:
– kundalik hayot natijasida vujudga kelayotgan
tajribaviy bilimlarni;
– qarashlar, odatlar, his-tuyg‘ular, kishilarning qiziqishlari sifatidagi
ijtimoiy ruhiyat (psixologiya)ni.
Oddiy ong kishilarning kundalik hayotda tabiat, atrof muhit bilan
bevosita munosabatidan vujudga keladi. Shuning uchun oddiy ongni
163
individual ong bilan almashtirish mumkin. Oddiy ongni individual
ongdan farqi ularning vujudga kelish manbaidadir. Individual ongni
vujudga kelish manbai inson, oddiy ongni vujudga kelish manbai inson
va sotsial guruhlar (sinflar)dir.
Ma’lum faoliyat tufayli birikkan kishilar ishlab chiqarish jarayonida
o‘zlarini o‘zgacha tutishi mumkin, alohida-alohida hollarda esa
boshqacha tutishi mumkin. Bu esa ijtimoiy ongning xususiy ko‘rinishi,
mehnat tufayli bir-biriga bog‘langan kishilarning ma’naviy faoliyatining
xususiyati – ijtimoiy ruhiyatdir (psixologiya). Ijtimoiy ruhiyatning
mazmunini ijtimoiy kayfiyatlar, his-tuyg‘ular, urf-odatlar, ijtimoiy fikrlar
tashkil qiladi. Ijtimoiy ruhiyatning asosiy shakli – guruh ruhiyatidir.
Bundan tashqari millatlar ruhiyati, professional guruhlar ruhiyati mavjud.
Nazariy ong ijtimoiy ongning oliy darajasidir.
Nazariy ong – bu g‘oya va qarashlarning to‘la tizimidir.
Nazariy ong
faol fikrlash jarayoni bilan bog‘langan. Oddiy ong narsa va hodisalarni
tashqi tomonini aks ettirsa, nazariy ong ularni ichki mohiyatini aks
ettirishga qaratiladi. Lekin bu nazariy ong hayotni to‘g‘ri in’ikos ettiradi
degan gap emas. Nazariy ong har xil sinflarning mafkurasi
(ideologiyasi)da ifoda etiladi.
Mafkura nazariy jihatdan shakllangan va ma’lum bir sinflarning
qiziqishlarini ifodalagan falsafiy, diniy, axloqiy, estetik va boshqacha
qarashlarning majmuasidir. Sinflar o‘z manfaatlarini
amalga oshirishda
mafkuradan foydalanishadi. Ustqurmaning hamma elementlari qarashlar,
xulq normalari, sinflarning mafkurasiga bog‘liqdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: