168
ikkinchidan, inson moddiy olam va uning rivojlanish qonuniyatlarini
bilishi mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o‘ziga bog‘liq
bo‘lmagan tashqi olam mazmunini in’ikos ettiradi.
Bilish jarayonida obyekt bilan subyekt dialektikasi muhim ahamiyat
kasb etadi. Keng ma’noda, bilishning obyektini inson ongiga bog‘liq
bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan obyektiv olam tashkil qiladi. Tor
ma’noda esa, tabiat va jamiyatdagi alohida narsa va hodisalar tashkil
qiladi. Bilishning subyekti – ana
shu obyektni aks ettiruvchi, bilib
oluvchi insondir. Obyektning mavjudligi subyektga bog‘liq emas.
Subyektning o‘zi ham muayyan sharoitlarda bilish obyekti bo‘lishi
mumkin.
Insonsiz bilish jarayoni bo‘lishi mumkin emas. Subyektning
ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u obyektiv mavjud bo‘lgan
qonuniy bog‘lanishlarni ochib beradi. Obyektga nisbatan ham amaliy,
ham nazariy yondashadi. Subyektning faoliyati
uning ehtiyojiga
hamda ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanishiga bog‘liq.
Obyektiv qonuniyatlarni bilish darajasiga qarab odam o‘z oldiga ongli
ravishda muayyan maqsadlarni qo‘yadi. Jumladan, hozirgi davrda
bozor munosabatlarining vujudga kelishi,
mulkchilikning turli
shakllarining rivojlanishiga katta imkoniyatlar ochmoqda. Bilish
jarayoni subyektga, uning maqsad va ehtiyojiga ham bog‘liq bo‘lib,
ayniqsa uning faolligi bilan aloqador.
Bozor iqtisodiyoti
munosabatlarini shakllantirish har bir kasb egasidan katta ijodiy
faollikni, kamolotga erishishni, qilinayotgan xatti-harakatlarning
oqibatlarini oldindan ko‘ra bilishni taqozo etadi.
Yuqorida qayd qilingan fikrlardan kelib
chiqqan holda birinchi
savolga xulosa shuki, birinchidan, bilish obyektiv real olamni ong orqali
in’ikos ettirishdan iborat bo‘lib, u har doim mukammallashib, rivojlanib
boradi; ikkinchidan, bilish jarayoni ziddiyatli bo‘lib, dialektik
xususiyatga ega. Shuning uchun ham falsafa
tarixida faylasuflar bu
masalaga har xil yondashib kelishgan. Ba’zi faylasuflar bilish jarayonini
hissiy bilishdan iborat deb bilishsa (Lokk, Gobbs, Kondilyak), ba’zilari
bilish jarayonini faqat aqliy bilishdan iborat deb ta’kidlashib (Dekart,
Spinoza, Leybnis) bilish nazariyasini talqin qilishda bir tomonlama
yondashishadi. Bu to‘g‘risida ma’ruza rejamizning
ikkinchi savoli, ya’ni
bilish bosqichlari va ularning asosiy shakllari ustida to‘xtalamiz.