Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


Huquqiy ijodkorlik bilishning shakli sifatida


səhifə61/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Huquqiy ijodkorlik bilishning shakli sifatida. Huquqiy ijodkorlik 
– jamiyatdagi mavjud turli xil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
huquq normalari tizimini yaratishga hamda takomillashtirishga 
qaratilgan faoliyat turidir. O‘zining mohiyatiga ko‘ra huquq ijodkorligi 
davlat xohish-irodasini ifoda etuvchi normativ-huquqiy aktlar sifatida 
aks etadi. Ushbu hujjatlar hamma uchun majburiy bo‘lib, davlat 
organlarining normativ-huquqiy aktlarni yaratish, to‘ldirish, yangilash 
yoki bekor qilish borasidagi faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Huquq ijodkorligi – vakolatli davlat organlari va mansabdor 
shaxslarning (referendum chog‘ida – butun xalqning) huquq normalarini 
o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan 
maxsus faoliyatidir.
1
Huquq ijodkorligi davlat faoliyatida juda katta o‘rin tutadi. Huquq 
ijodkorligida tayyorgarlik ko‘rish jarayoni alohida ajralib turadi. Ushbu 
jarayonning zarurligi qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatini muntazam 
oshirib borilishini taqozo etadi. 
Huquq ijodkorligi jarayonida ham obyekt va subyekt munosabatlari 
alohida ahamiyat kasb etadi. Huquq ijodkorligida uning obyektini 
jamiyatning ma’lum sohalariga taalluqli bo‘lgan qonunlar, huquqiy 
1
Qarang: Ⱦɚɜɥɚɬ ɜɚ ԟɭԕɭԕ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. ɏ.Ɍ.Ɉɞɢɥԕɨɪɢɟɜɧɢɧɝ ɬɚԟɪɢɪɢ
ɨɫɬɢɞɚ. – Ɍ., 2009. – Ȼ.239. 


 183
normalar, huquqiy islohotlar, huquqiy munosabat va huquqiy jarayonlar 
tashkil qiladigan bo‘lsa, uning subyektini har qanday shaxs yoki kishilar 
guruhi tashkil qila olmaydi. Huquq ijodkorligi bilan davlatning alohida 
vakillik organlari shug‘ullanadi. 
Davlatning huquq ijodkorligi faoliyati turli xil shakllarda namoyon 
bo‘ladi. Tegishli davlat organlari ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadilar. 
Ayrim davlatlarda huquq ijodkorligi referendum orqali amalga oshiriladi. 
Har bir davlatda huquq ijodkorligining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. 
Huquq ijodkorligi bilan asosan parlament, ya’ni oliy vakillik organi 
shug‘ullanishi lozim. Hokimiyatning markaziy va mahalliy organlari u 
yoki bu darajada huquq ijodkorligi bilan shug‘ullanadilar. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan, huquq ijodkorligini oliy 
vakillik organi – Oliy Majlis amalga oshiradi. 


 184

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin