Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə64/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

ɑɨɪɢɟɜ Ⱥ. Ɍɚɫɚɜɜɭɮ ɮɚɥɫɚɮɚɫɢɞɚ ɢɧɫɨɧ ԕɢɺɮɚɫɢ. – Ԕɚɪɲɢ, 1997.
– Ȼ.7-8. 


 189
Ahmad Yassaviy (vafoti 1166-yil) asos solgan yassaviylik tariqatida 
ham inson eng oliy mavjudot sifatida ulug‘lanadi, Olloh vasliga yetishi 
uning kamolotga erishishi bilan belgilanadi. Yassaviy fikricha, insonning 
xudoga yetishishidagi eng yuqori bosqich «fano» holatidir. Fano 
deganda, yo‘q bo‘lish; o‘zligidan voz kechib, o‘zini har tomonlama 
qiynab, o‘limni yaqinlashtirish; tirik murdaga aylanish, o‘lim bilan hayot 
orasidagi faoliyat tushuniladi
1
. Boshqacha qilib aytganda, bu holatda 
inson o‘zining bor-yo‘qligini mutlaqo unutadi, xudoning visoliga 
yetishishni maqsad qilib qo‘yadi. Yassaviyning ta’kidlashicha, bu 
bosqichda inson g‘ofillik va g‘aflat deb atalmish bedavo qusurlardan 
ozod bo‘ladi, manmanlikdan poklanadi, tubanlikdan chiqadi.
Tasavvuf falsafasining Bahouddin Naqshband (1318–1389) asos 
solgan yana bir yirik tariqati bo‘lmish naqshbandiyada ham asosiy 
masala sifatida insonning ruhan poklanish, axloqan yetuk bo‘lish orqali 
Ollohga yaqinlashish g‘oyasi ilgari suriladi.
Naqshbandlik tariqati kubraviylik va yassaviylikdan, eng avvalo, 
odamlarni tarkidunyochilikdan voz kechishga va halol mehnat qilishga 
chorlagani bilan tubdan farq qiladi. Halol mehnat – ma’naviy-axloqiy 
yetuklikning tayanch nuqtasi. Naqshband ta’limotida inson kamoloti 
dabdabali hayot va mol-mulk to‘plashdan voz kechish, kamtarona 
faqirlikni qabul qilish bilan bog‘lanadi. Shu yo‘l bilan insonlar 
Muhammad payg‘ambardek yashashga chorlanadi.
Naqshbandlikda ta’kidlanishicha, inson o‘z dilida Olloh ishqini 
mustahkam joylashtirib, shuhratparastlik, o‘ziga bino qo‘yish, 
yolg‘onchilik, makkorlik, johillik kabi yaramas illatlarga qarshi tinimsiz 
kurash olib borgandagina ruhiy va ma’naviy yetuklikka erishadi. 
Insonning ruhiy-ma’naviy yetukligi, eng avvalo, o‘tkir aqlga, yuksak 
idrokka, keng dunyoqarashga ega bo‘lishni taqozo etadi. Naqshbandiya 
tariqati insonlarni e’tiqodli, iymonli bo‘lishga chorlaydi, chunki bu 
xislatlar asosida abadiy mavjud Olloh yotadi.
Xulosa qilib aytganda, eng muhimi, naqshbandiya boshqa 
tariqatlardan farqli ravishda tarkidunyochilik g‘oyalariga qarshi borib, 
tasavvuf falsafasiga dunyoviy tus berdi, uning g‘oyalarini hayotga 
yaqinlashtirdi va ularning keng tarqalishiga yo‘l ochib berdi.
Buyuk shoir Alisher Navoiy falsafasida insonning paydo bo‘lishi 
masalasi optimistik panteizm nuqtai nazaridan hal etiladi, inson 
xudoning voqelikka aylangan imkoniyati deb izohlanadi. Boshqacha 
1
əɫɫɚɜɢɣ Ⱥɯɦɚɞ. Ԟɢɤɦɚɬɥɚɪ. – Ɍ., 1991. – Ȼ.86. 


 190
qilib aytganda, odam xudo tomonidan yaratilgan ojiz banda sifatida 
emas, balki aql doirasi bilan olamni bila oladigan, tafakkurga va nutqqa 
ega bo‘lgan, o‘z maqsadlariga muvofiq harakat qiladigan, yaxshilik va 
yomonlikni farqlay oladigan ijtimoiy mavjudot sifatida baholanadi.
Navoiy panteizmiga binoan, xudo odam shaklida zuhur etilgan va 
shuning uchun xudo hamma narsaga qodir bo‘lganidek, odam ham 
xudoning namoyon bo‘lish shakli sifatida cheksiz iroda erkinligiga ega, u 
o‘z taqdirini o‘zi yaratadi hamda orzu qilgan hamma narsaga erishishi 
mumkin. Shu sababli ham Navoiy yaratgan hech bir ijobiy qahramon 
taqdirga tan bermaydi, o‘z maqsadlari yo‘lida tinmay kurashadi
1
.
Azaldan O‘rta Osiyo falsafasida olg‘a surib kelingan komil inson 
g‘oyasining muayyan ta’siri Alisher Navoiyning falsafiy va axloqiy 
qarashlarida ham o‘z aksini topgan. Bu g‘oya uning asarlaridagi Suqrot, 
Aflotun, Iskandar Zulqarnayn, Farhod, Shirin singari ijobiy qahramonlar 
timsolida badiiy ifodalangan.
Yana bir buyuk alloma Boborahim Mashrab (1653–1711) o‘z 
g‘azallarida insonlarni komillikka intilishga chaqirdi. Mashrab qalan-
darlikni, tarkidunyochilikni yoqlab chiqdi va undan axloqiy komillikka, 
poklikka erishish, hayotdagi salbiy illatlarga qarshi kurashishda 
foydalandi. Uning fikricha, inson o‘z hayotida murod-maqsadiga yetish, 
fisqu fasod, yomonlik va sitamlarlardan qochish uchun qalandar bo‘lish 
kerak. Mashrab adolatsizlikka, jabr-zulmga, zo‘ravonlik va o‘zboshim-
chalikka, firibgarlik va munofiqlikka qarshi faqat shunday tarkidunyo-
chilik yo‘li bilan kurashish mumkin, deb tasavvur qildi.
Mashrab she’riyatida yaxshi xislatlar, insoniy fazilatlar Ollohdan 
qidiriladi va odamlarni Olloh singari barkamol bo‘lishga undaladi. Shu 
bilan birga, shoir insonlarni faqat Ollohga intilishga emas, balki mavjud 
dunyoga, insonga, ona zaminga ishq-muhabbatli, vafodor, xalqparvar 
bo‘lishga chaqiradi. Umuman, Mashrab she’riyatida inson ulug‘lanadi va 
baxtli, farovon yashashga haqli zot deb ta’riflanadi. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida ma’rifatparvarlar 
harakatining taniqli namoyandalaridan biri bo‘lmish Ahmad Donish 
falsafasida ham doimo inson muammosi alohida o‘rin egallab kelgan. 
Uning fikricha, inson bu olamning buyuk mo‘jizasi bo‘lib, u hamma 
narsaga qodir. Ahmad Donish inson tabiatini quyidagicha tasvirlaydi: 
«Agar tafakkur daryosiga cho‘msang, yetti osmonni xayoling qutichasiga 
1
Qarang: ɒɟɪɦɭɯɚɦɟɞɨɜ ə. ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ɦɭɬɚɮɚɤɤɢɪɥɚɪɢɧɢɧɝ ɹɯɲɢɥɢɤ ɜɚ
ɺɦɨɧɥɢɤ ԟɚԕɢɞɚɝɢ ԕɚɪɚɲɥɚɪɢ. – Ɍ., 1970. – Ȼ.54-60. 


 191
joylaysan; agar xayol quvvatini ishlatsang, yetti qavat yerni fikrning 
tokchasiga sig‘dirasan; agar qahri-g‘azabing kelsa, yo‘lbarsni 
mushukday ham ko‘rmaysan; agar mehribonliging tutar ekan, bechora 
chumolini kipriging ustida saqlaysan; agar saxiyliging jilva qilsa, kiygan 
to‘ningni muhtojga berib, o‘zing yalang‘och qolasan; agar baxilliging 
tutsa, qumursqa og‘zidagi donni talashasan»
1
.
Ahmad Donish inson hayotining maqsadini yaratuvchilikda, o‘zidan 
keyin moddiy, ma’naviy boylik qoldirishda deb biladi, yeb-ichishni, 
nafsni qondirishni o‘z hayotining ma’nosi deb biladiganlarni kaltafahm-
likda, johillikda ayblab, ulardan nafratlanadi. O‘z zamonasining ichki 
ziddiyatlarini bilgan va keyinchalik hech zamonda podsho kelib, 
insonlarga farovon hayotni yaratib bermasligini tushungan Ahmad 
Donish kishilarni ilmga, ma’rifatga chorlaydi. Chunki, uningcha, ilm va 
ma’rifatgina xalqqa farovon hayotni yaratishga asos bo‘la oluvchi omil 
sifatida namoyon bo‘ladi.
Yuqorida qilingan tahlillarimiz yakunida inson muammosi va uni 
yoritishda falsafaning roli, O‘rta Osiyo ijtimoiy-falsafiy fikri tarixida mazkur 
masalaning tutgan o‘rni haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1) hozirgi zamon fani taraqqiyotidagi differensiatsiyalashuv 
jarayonlarining kuchayib borayotganligi inson muammosi o‘z mohiyati 
bilan falsafaning o‘ziga xos tadqiqot obyekti ekanligini yana bir karra 
isbotlamoqda;
2) O‘rta Osiyo falsafiy fikrining shakllanishi jarayonida insonning 
mohiyati va kamoloti masalalari muayyan-tarixiy davr, ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat bilan chambarchas bog‘liq holda yoritib kelindi;
3) O‘rta Osiyo mutafakkirlari insonning paydo bo‘lishi masalasini 
tushuntirishga asosan panteizm nuqtai nazaridan yondashgan bo‘lsalar-
da, inson hayoti, kelajagi, kamoloti masalalarida hozirgi kunda ham 
yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan taraqqiyparvar g‘oyalarni 
ilgari surganlar. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin