193
Unda ko‘p miqdordagi aminokislotalar va boshqa organik kislotalar
reaksiyaga kirishib borgan va hanuzgacha mazkur hodisa davom etib
kelmoqda.
Lekin bu unchalik isbotlovchi dalil emas, chunki bu birikmalarning
o‘zaro reaksiya jarayoni notirik tabiatdan tirik tabiatni keltirib chiqara
olmaydi. Bu yerda, albatta, muayyan bir sifatiy sakrash sodir bo‘lgan
bo‘lishi kerak. Bu sakrashda DNKdan bir o‘lchamli ma’lumotning, o‘z-
o‘zini ishlab chiqaruvchi butun tizim bo‘lgan uch o‘lchamli ma’lumotga
– oqsilga aylanishi sodir bo‘ladi.
Hayotning paydo bo‘lish jarayonini tajriba (eksperiment) yo‘li bilan
tiklab bo‘lmaydi. Lekin shu narsa aniqki, hayotning paydo bo‘lishi uchun
asos bo‘lgan aminokislotalar va boshqa polimerlar kimyoviy va fizikaviy
jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan, shundan so‘ng esa qandaydir bir
sifatiy sakrash sodir bo‘lgan.
Demak, organik birikmalarning kimyoviy va boshqa reaksiyalarga
kirishishi, ularning oddiy miqdoriy o‘zgarishining o‘zi hayot paydo
bo‘lishiga kifoya bo‘lgan emas. Boshqa sayyoralardan, xususan, oy
tuprog‘idan topilgan organik birikmalarning mavjudligi buning isboti
bo‘lishi mumkin. Ular bor bo‘lgani bilan, oyda hayot mavjudligi
isbotlanmagan. Faqat yerda organik birikmalarning reaksiyaga
kirishishida sifatiy sakrash sodir bo‘lganligi tufayligina hayot paydo
bo‘lgan. Lekin hozirgi kunda boshqa sayyoralarda, xususan Marsda
mikroorganizmlar darajasidagi hayot borligi aniqlangan.
Jonli hujayra o‘zini o‘zi boshqarish, ta’minlash va yaratish
xususiyatiga ega bo‘lgan ochiq tizim hisoblanadi. Hujayrada mazkur
funksiyaning amalga oshishini DNK va RNKlarda nasldan naslga
o‘tuvchi genetik kod ma’lumotlari hisobiga ta’minlash mumkin.
Molekular biologiya yana shu narsani isbotlamoqdaki, barcha tirik
organizmlar (viruslar, bakteriyalar, hayvonlar va o‘simliklar)ning oqsil-
lari o‘zlarining boshlang‘ich tuzilish doirasida, har xil mutanosiblikda
bo‘lsa-da, lekin doimiy tarkibiy qismi bo‘lgan aminokislotalardan iborat.
Xuddi shu holat adenin, timin, sitozin, guanin va uratsil kabi
elementlarni o‘z tarkibiy asosi qilib olgan nuklein kislotalarga ham
taalluqlidir. Mana 4 milliard yildirki, ular o‘z barqarorligi bilan tirik
organizmlarning doimiy tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo‘lib
kelmoqda
1
.
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: