Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə68/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ʌɚɪɢɱɟɜ ȼ.ȿ. ɋɚɞ ɗɞɟɦɚ. – Ɇ., 1980. – ɋ.360. 
2
O‘sha joyda. – Ȼ.155-157. 


 198
o‘zi uning odamga yaqinroq tur ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, 
tos va uzun oyoq suyaklarining saqlanib qolgan holati ham 
avstralopitekning qaddini tik tutib yura olishi (taxminlarga ko‘ra, bo‘yi 
135-140 sm atrofida bo‘lgan), tez yugura olish qobiliyatlariga ega 
bo‘lganligi haqida faraz qilishga asos bo‘la oladi.
Bundan tashqari, avstralopitek suyak qoldiqlari topilgan manzilgoh-
lardan ko‘p miqdorda pavian (ittumshuq maymun)lar, antilopa (kiyik)lar 
kabi hayvonlarning suyak qoldiqlari va bir-biriga o‘xshash suyak 
to‘qmoqlar ham topilgan. Bu, o‘z navbatida, pavian, antilopa kabi 
hayvonlar avstralopiteklar uchun o‘lja, suyakli to‘qmoqlar esa ov quroli 
bo‘lgan, degan xulosaga olib kelishi mumkin. Lekin barcha manzilgoh-
lardan topilgan avstralopiteklar suyak qoldiqlaridagi umumiylik doimo 
bir xil alomatlarni takrorlamaydi. Birgina Janubiy Afrikaning o‘zida turli 
joylardan topilgan avstralopiteklar suyaklarining qoldiqlari bir-biridan 
farq qiluvchi morfologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan. 
Manbalarda keltirilishicha, avstralopiteklar Janubiy Afrika hududlarida 
juda uzoq vaqt davomida 1,75 – 0,8 mln yillar oldin yashagan
1
.
Ejen Dyubuaning 1893-yilda Indoneziyadagi Yava orolining Trinil 
qishlog‘i atrofida kashf qilgan Pithecanthropus erectus (qaddini tik tutib 
yuruvchi maymunsimon odam) suyak qoldiqlari topilmasini inson 
evolutsiyasida pitekantroplar guruhi bilan bog‘liq yangi bosqichni ochdi. 
Bu guruhga kiruvchi har bir yangi topilmani muayyan morfologik 
xususiyatlar, masalan, bosh miya o‘lchamlaridagi yaqinlik birlashtirgan. 
Pitekantroplar bosh miyasining hajmi shimpanze bosh miyasining 
hajmidan 2,4 marta katta bo‘lib, inson bosh miyasi o‘rtacha hajmining 
uchdan ikki qismini tashkil etadi. Bu haqda Dyubua o‘zining nemis tilida 
chop etilgan «Pithecanthropus erectus, menschencihnliche Uber-
gongsbormaus java» («Qaddini tik tutib yuruvchi maymunsimon odam, 
o‘tish davrida turuvchi yavalik odamsimon mavjudot») kitobining xulosa 
qismida shunday deb yozadi: «qaddini tik tutib yuruvchi pitekantrop, 
evolyutsion ta’limotga binoan, antropoidlar bilan insonlar o‘rtasida 
mavjud bo‘lgan o‘tish shaklidan boshqa narsa emas: u – inson ajdodi»
2
.
Pitekantroplar turkumining ikkinchi bir katta guruhi Xitoyda Chjou-
kou-dyan va Kotsetang g‘orlaridan topilgan qadimgi gominidlarning 
suyak qoldiqlari bilan bog‘liq bo‘lib, 1927-yilda D.Blek tomonidan 
1
Ȼɭɧɚɤ ȼ.ȼ. Ɋɨɞ Homo, ɟɝɨ ɜɨɡɧɢɤɧɨɜɟɧɢɟ ɢ ɩɨɫɥɟɞɭɸɳɚɹ ɷɜɨɥɸɰɢɹ. – 
Ɇ., 1980. – ɋ.12. 
2
Ʌɚɪɢɱɟɜ ȼ.ȿ. ɋɚɞ ɗɞɟɦɚ. – Ɇ., 1980. – ɋ.68. 


 199
pithecanthropus pekinensis yoki «Pekin pitekantropi» nomi bilan taklif 
qilingan. Paleontropologiyaga oid ayrim adabiyotlarda sinantroplar deb 
yuritiluvchi mazkur Xitoy pitekantroplarining yoshlari turlicha bo‘lib, 
topilgan manzilgohlari ham keng hududda yoyilgan. Masalan, 
sinantroplar guruhiga oid Chjou-Kou-Dyan g‘oridan kashf qilingan 
birinchi topilmaning yoshi 400 ming yilga teng bo‘lsa, Shensi 
viloyatining Lantyan manzilgohidan olingan topilmaning yoshi 500-600 
ming yillarni tashkil etadi. Xitoy pitekantroplari Yava pitekantroplaridan 
asosiy morfologik jihatlari bilan ham farq qilar edi. Chunonchi, 
sinantroplar bosh miyasining hajmi Yava pitekantroplari bosh miyasi-
ning hajmidan o‘rtacha 200 sm3 kattaroq (Yava pitekantroplariniki 900-
950 sm3, Xitoy pitekantroplariniki – 1100-1150 sm3) bo‘lgan.
Pitekantroplar guruhiga oid qadimgi gominidlarning suyak qoldiq-
lari yana Germaniya va Vengriya (geydelberg pitekantropi), Shimoliy 
Afrika (atlantrop) va Olduvey (Liki pitekantropi) kabi joylardan topilgan. 
Eng qadimgi pitekantroplarning yoshi 2 mln yillarga teng bo‘lsa, eng 
so‘nggilari 300 ming yillarni tashkil etadi
1
.
Homo, ya’ni odam zotining eng yuqori bosqichi ikki guruh osti 
Homo neandertalensis (neandertal odam), Homo sapiens turlariga 
bo‘linadi. Neandertal turiga oid dastlabki topilma (bosh suyak yuqori 
qismining qoldiqlari) XIX asrning o‘rtalarida Germaniyaning Neandertal 
vodiysida kashf qilingan. Hozirgi Yevropada neandertal turiga oid 40 
dan ortiq topilma manzilgohlari ma’lum. Neandertal odamlar morfologik 
xususiyatlariga ko‘ra, asosan bosh miya hajmining o‘zaro yaqin 
o‘lchamlari bilan (o‘rtacha bosh miya hajmi 1400 sm3) boshqa gominid 
guruhlaridan farq qilar edi. Neandertal turiga oid topilmalar aniqlangan 
manzilgohlarda ashel, mustye, hatto yuqori paleolit davri madaniyatiga 
mansub mehnat qurollari ham bo‘lganligi ularning yoshi 200-300 ming 
yillarga teng ekanligidan dalolat beradi. Neandertal odamlar 
manzilgohlari Yevropadan tashqari, Markaziy Osiyo hududlarida ham 
topilgan. Chunonchi, O‘zbekistonning janubida Boysun atrofidagi 
Teshiktosh g‘oridan 1938-yilda 8-9 yoshli neandertal bolaning suyak 
qoldiqlari, hamda mustye madaniyatiga oid tosh qurollari ham topilgan. 
Hisoblarga ko‘ra, neandertal bola bosh miyasining hajmi 1490 sm3 ni 
tashkil qilgan
2
.
1
O‘sha joyda. 
2
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɯɚɥԕɥɚɪɢ ɬɚɪɢɯɢ. 1-ɠɢɥɞ. – Ɍ., 1992. – Ȼ.9-11. 


 200
1874-yilda Fransiyaning Kro-Manyon vodiysida bosh miyasining 
hajmi, yuz tuzilishi, jag‘ suyaklarining joylashuvi bo‘yicha neandertal 
odamlardan farq qiluvchi Homo zotiga oid yangi topilma aniqlandi va 
joyning nomiga asoslanib, unga «kromanon odam» deb nom berildi. 
Yuqori paleolitning keyingi davrlari bilan bog‘liq bo‘lgan oxirgi 40 ming 
yilda neandertal odamlar o‘rniga aqlli odamlar Homo sapiens kelganligi 
aniqlangan.
Biz yuqorida keltirgan antropologik ma’lumotlarga asoslanib, inson 
evolutsiyasining bosqichlarini quyidagi tartibda tasavvur qilishimiz 
mumkin.
Birinchi bosqich inson paydo bo‘lishining eng dastlabki ildizlari 
primatlarning yuqori bosqichiga kiruvchi prokonsul, driopitek, ra-
mapitek, sivapitek kabi odamsimon maymunlar turkumiga borib taqaladi 
(eng qadimiy topilmalar yoshi 25 mln yilga, eng so‘nggi avlodlari 8-10 
mln yillarga teng). Antropoidlarning bu turlari (ramapitek, driopitek va 
boshqalar) hozirgi maymunlar (shimpanze, gorilla)dan unchalik farq 
qilmaydigan oddiy hayvonlar bo‘lganlar. Ular o‘rmonlarda daraxtlar 
ustida hayot kechirganlar, lekin asosiy vaqtini yerda o‘tkazganlar. 
Ekologik sharoitlar ta’sirida hayot ko‘nikmalari ham o‘zgarib borgan. 
Kaynozoy erasining uchlamchi davri bilan to‘rtlamchi davri 
o‘rtalarida (taxminan 40-20 mln yil avval) tabiiy muhit keskin o‘zgargan. 
Cheklangan miqdordagi o‘simliklar muhiti boy hayvonlar dunyosi bilan 
uyg‘unlashgan bir davrda ov qilish uchun qulay sharoitlar vujudga kela 
boshlagan. Bu holat, bir jihatdan, ov qilish uchun hayvonlarning turlari 
(antilopalar va hokazo) ko‘paygan davrga, ikkinchi jihatdan, yirtqich 
hayvonlar uchun o‘lja bo‘lib qolish xavfi ortgan sharoitga to‘g‘ri kelib 
qolgan. Mazkur omillar inson evolutsiyasi jarayonida iz qoldirmas-
ligining iloji yo‘q edi.
Antropoidlarning yerdagi hayotga o‘tish jarayoni, ular gavdasining 
kattalashuvi, jismoniy kuchining ko‘payishi, tabiiy qurollarining 
takomillashuvi tufayli ulardan foydalanishni tasodifiylikdan sekin-asta 
obyektiv zaruratga aylantira bordi. Boshqacha qilib aytganda, agar 
odamsimon maymunlar dastlab yog‘och, tosh, suyak qoldiqlari kabi 
qurollardan boshqa hayvonlarni o‘ldirish uchun tasodifan, stixiyali 
foydalangan bo‘lsalar, keyinchalik doimiy foydalana boshlaganlar.
Tabiiy qurollardan doimiy foydalanish zarurati old oyoqlar 
funksiyasining o‘zgarishga, gavdaning tiklanishiga olib keldi. Tabiiy 
qurollardan doimiy foydalanish, mazkur qurollar orasidan eng qulay va 


 201
zarurlarini tanlashga, sun’iy ishlov berish yo‘li bilan maqsadga muvofiq 
qurollarni yaratishga olib keldi. Dastlab toshdan yasalgan qurollar va 
ular yordamida yog‘och, suyak, hayvon shoxlari va shunga o‘xshash 
(ishlov berish nisbatan oson bo‘lgan) materiallardan yasalgan qurollar 
paydo bo‘la bordi. Bu jarayonlar, albatta, antropoidlar xulq-atvorida 
o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Natijada inson paydo bo‘lishi 
evolutsiyasida yangi bosqichga o‘tish uchun zamin yaratildi.
Ikkinchi bosqichda gominidlar oilasi ikki turkum – avstralopiteklar 
va pitekantroplarga bo‘linadi. Bu bosqichda odamsimon maymunlarning 
bevosita zoologik turidan insonga yaqin bo‘lgan turiga o‘tish jarayoni 
amalga oshdi. Inson evolutsiyasining bu bosqichida asosiy rol o‘ynagan 
avstralopiteklar bir jihatdan tur sifatida hali hayvonot olami dunyosidan 
batamom ajralib chiqa olmagan mavjudot bo‘lgan; ikkinchi jihatdan esa, 
ov qilish, oziq-ovqatlarni yig‘ib terish, tabiiy qurollarni ishlov berish 
orqali o‘zlashtira olish kabi turmush tarzidagi yangi belgilar shakllanishi 
tufayli, o‘zida ijtimoiylikni qaror toptirayotgan tur sifatida ham namoyon 
bo‘la bordi.
Ijtimoiy borliq va madaniyatning poydevori sifatida mehnatning 
paydo bo‘lishi, sun’iy qurollarni yasash va muloqot vositasi sifatida 
belgili tizimlarning asta-sekin yaratila borishi odamsimon maymun-
larning o‘zaro birlashib, to‘da-to‘da bo‘lib yashashiga olib kelgan. 
Boshqacha qilib aytganda, avstralopitekka inson bo‘lish uchun quroldan 
foydalanishga ehtiyoj va qobiliyat borligining o‘zi yetarli bo‘lmay 
qolgan. Mehnat qilishning zaruriy sharti sifatida avstralopitekka o‘ziga 
o‘xshash boshqa individlar ham kerak bo‘la borgan. Individ o‘zligini 
anglashining obyektiv sharti va subyektiv omili sifatida unga qarama-
qarshi bo‘lgan boshqa bir individning bo‘lishi «ijtimoiy instinkt» 
qondirilishining birlamchi asosi hisoblangan to‘daning shakllanishini 
taqozo qilib qo‘ygan.
Avstralopitekdan keyin inson evolutsiyasida yangi tur – 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin