207
Birinchidan, «inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib
chiqadigan huquqiy qoidalar va normalarga asoslangan keng huquqiy
makon vujudga keltirildi»
1
.
Ikkinchidan, turli xil mulk shakllarini, kichik va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishga asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyot vujudga keltirildi. Bu
esa, o‘z navbatida, har bir kishiga o‘z intilishlari, qiziqishlari va qobiliyatiga
qarab faoliyat turini erkin tanlash imkonini berdi. Bundan tashqari, «dunyo
tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyatda tom ma’nodagi mulkdorlar
sinfining ko‘pchilikni tashkil etishi ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va
farovonlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi»
2
.
Uchinchidan, insonning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi ma’muriy-xo‘jalik
tuzilmalari bilan turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlar,
bozor infrastrukturasi asta-sekin shakllanmoqda.
To‘rtinchidan, mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini keng jalb
etish orqali ishlab chiqarishni texnika bilan ta’minlash va yangi
texnologiyalarni joriy etishda ma’lum yutuqlarga erishildi.
Iqtisodiy erkinlikni ta’minlovchi bunday omillarni sanashni yana
davom ettirish mumkin. Lekin biz uchun eng muhim xulosa shuki,
islohotlar davomida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bozor munosabatla-
rining afzalliklarini real hayotda ko‘rsatib berdi. Ya’ni inson jamiyatdagi
o‘z o‘rni va qadrining qanday ekanligini hozirgi kunda sodir bo‘layotgan
ijobiy islohotlar natijasida ko‘rmoqda. Kishilarda o‘zini katta mexanizm-
ning kichik murvati deb his qilish, hamma muammolarni uning o‘rniga
davlat hal qilishi lozim degan tasavvurlar yo‘q bo‘lib, o‘z kuchiga,
qobiliyatiga ishonch ruhi shakllanmoqda.
Shu bilan birga, islohotlar shakllanayotgan bozor munosabatlarining
boqimandalik kayfiyatini yengishga, insonda ijodiy va mehnat
imkoniyatlarini keng ochishga, yo‘qolib ketgan xo‘jayinlik hissini qayta
tiklashga qodir ekanligini ham yaqqol ko‘rsatib berdi. Taraqqiyoti-
mizning bugungi bosqichida inson omili jamiyatimizni harakatga
keltiruvchi qudratli kuchga aylanadi.
Insonning o‘z ijtimoiy mohiyatidan begonalashuvining yana bir
ko‘rinishi inson ma’naviy qadriyatlarining toptalishidir. Istiqlol bu
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: