Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə67/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ⱥɧɞɪɟɟɜ ɂ.Ʌ. ɉɪɨɢɫɯɨɠɞɟɧɢɟ ɱɟɥɨɜɟɤɚ ɢ ɨɛɳɟɫɬɜɚ. – Ɇ., 1988. – ɋ.24. 


 196
1930-yilning o‘zidayoq Quyosh magnit maydonining davriy o‘zgarishi 
asab tizimining o‘zgarishiga olib kelishini asoslab bergan edi
1
. Fan, 
bundan tashqari, Yer magnit qutblari davriy o‘zgarishining jonli 
mavjudotlar evolutsiyasiga ta’siri borligini yetarlicha isbotlovchi 
materiallarni to‘plab berdi. Ushbu ma’lumotlarga qaraganda, mana 
bunday geomagnitik o‘rin almashinishlar davrida biosferani kosmik 
radiatsiyadan saqlovchi elektromagnit maydon qalqoni uzoq ming yillar 
davomida shu darajada zaiflashib qolganki, yuqorida aytilgan koinot 
zaminida ionlashgan radiatsiyaning quvvati 60 foizga kuchaygan. Bu esa 
gominidlar hujayrasidagi tebranishlar (mutatsiyalar) darajasini ikki marta 
kuchaytirgan va shu tariqa odamsimon mavjudotlardagi o‘zgarishlar 
insonning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan. 
Inson zoti shakllanishining evolutsiyasini o‘rganish borasida 
R.Lidekker, E.Dyubua, CH.Dauson, R. Dart, Luis va Meri Likilar kabi 
arxeolog, antropolog olimlar katta-katta kashfiyotlar qilganlar. Ular 
rahbarlik qilgan ekspeditsiyalarda sivapitek, prokonsul, avstralopitek, 
zinjantrop va boshqa odamsimon mavjudotlarning suyak qoldiqlari 
topilgan. Bu olimlar o‘zlarining har bir yangi topilmasini inson 
evolutsiyaning boshlang‘ich nuqtasi deb bilishga harakat qilganlar. 
Masalan, Hindistonda Himolay tog‘ etaklari Sivalik tepaligida Rixard 
Lidekker kashf qilgan va sivapitek deb nomlangan topilma (yoshi 
taxminan 8-10 million yilga teng bo‘lgan qadimgi shimpanze jag‘ 
suyaklarining qoldiqlari) ko‘p yillar davomida inson evolutsiyasidagi eng 
dastlabki tur deb hisoblanar edi. Topilmaning morfologik jihatlarini 
o‘rganish, suyak qoldig‘i o‘lchamlarini solishtirish ishlari sivapitekni 
odamdan ko‘ra ko‘proq maymunga yaqinroqligi, hech qachon Homo 
(inson) ajdodi bo‘lishi mumkin emasligi, to‘g‘rirog‘i, shu evolyutsion 
shahobchaga yaqinroq bo‘lgan tur ekanligini ko‘rsatdi
2
.
Ingliz antropologi Jon Neyper inson evolutsiyasining boshlang‘ich 
nuqtasini prokonsul va driopitekning ajdodi bo‘lmish yegiptopitek 
tashkil qiladi deb ta’kidlaydi. Boshqa olim Lyuring Breys fikricha, 
yegiptopitekdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ramapitek, avstralopitek, pitekantrop, 
neandertal va kromanyon odam kelib chiqqan. Yan Yelinekning taxmin 
qilishicha, ramapitek (topilmaning yoshi – 14 mln yil, bo‘yi – 110 sm ni 
tashkil qilgan)ning ajdodlari keniapitek, prokonsul va driopiteklar 
hisoblanadi
3
.
1
O‘sha joyda. 
2
Ʌɚɪɢɱɟɜ ȼ.ȿ. ɋɚɞ ɗɞɟɦɚ. – Ɇ., 1980. – ɋ. 357–374. 
3
Ⱥɧɞɪɟɟɜ ɂ.Ʌ. ɉɪɨɢɫɯɨɠɞɟɧɢɟ ɱɟɥɨɜɟɤɚ ɢ ɨɛɳɟɫɬɜɚ. – Ɇ., 1988. – ɋ.252. 


 197
Ko‘pgina arxeologik topilmalar inson evolutsiyasining dastlabki 
bosqichlari Sharqiy Afrikadan boshlanganligini ko‘rsatmoqda. 
Chunonchi, Natron va Esyai ko‘llari yonidagi Olduvey darasi (Sharqiy 
Afrika) arxeolog olimlar er-xotin Luis va Meri Likilarga inson evolutsiya 
bosqichlarini ko‘rsatuvchi noyob topilmalarni taqdim etgan joydir. 
Dastlab 1948-yilda bosh suyagi hamda yuqori va ostki jag‘ suyaklari 
yaxshi saqlangan, taxminan 25 mln yil oldin yashagan odamsimon 
maymun – prokonsul topilgan
1
. Aynan shu tur, ya’ni prokonsul fan 
olamida inson paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan antropoidlar sinfining 
birlamchi shoxobchalaridan hisoblanadi.
Inson evolutsiyasining keyingi bosqichi, o‘zining kelib chiqish 
negizi ramapitek, driopitek va prokonsulga borib taqaladigan zot – 
avstralopitek bilan bog‘liqdir. «Avstralopitek» so‘zi o‘z etimologiyasiga 
ko‘ra, australis – lotincha «janub», pithekos – grekcha «maymun» 
so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, janub maymuni degan ma’noni 
anglatadi. Mazkur turga oid odamsimon mavjudotning suyak qoldiqlarini 
birinchi bor 1925-yilda Raymond Dart Afrikaning janubidagi Kalaxari 
sahrosining Taungas va Transvaal hududlari atrofida topilma sifatida 
kashf qilgan. R.Dart topilmasidan so‘ng avstralopiteklarning yangidan-
yangi turlari Janubiy va Sharqiy Afrika hududlari atrofida kashf qilina 
bordi.
Fanda har bir odamsimon mavjudotga xos topilmani morfologik 
jihatlariga qarab insonlar (ya’ni lot. «homo», ko‘pgina ruscha kitoblarda 
«gominido‘» deb ataluvchi) turkumiga kiritishga harakat qilinadi. 
Avstralopiteklar turkum sifatida insonga yaqin bo‘lgan morfologik 
jihatlarni, ya’ni nisbatan katta hajmga ega bosh miya, qaddini tik tutib 
yurish qobiliyatini o‘zida mujassamlashtirgan. 
R.Dart Taungas topilmasining jag‘ suyak qoldiqlari hamda tishlarini 
o‘rganib, tirikligida yetti yoshlar atrofidagi qiz bola bo‘lganligini 
aniqladi va unga «Bebi» deb nom berdi. Bebi bosh miyasining hajmi 
(520 sm3) bo‘yicha shimpanzeniki (480 sm3)dan katta, gorillanikidan 
(680 sm3) kichik bo‘lib chiqdi. Hisoblarga ko‘ra, agar yetti yoshli Bebi 
bosh miyasining hajmi 520 sm3 ga teng bo‘lsa, unda yoshi katta 
avstralopitek bosh miyasining hajmi 780 sm3 dan kam bo‘lmasligi 
aniqlandi
2
. Demak, avstralopitek bosh miyasining hajmi va uning o‘sish 
sur’ati bo‘yicha ham shimpanze va gorillalardan farq qilar ekan, shuning 
1

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin