187
Beruniyning zamondoshi, Sharq uyg‘onish davri madaniyatining eng
yirik arboblaridan yana biri Abu Ali Ibn Sino (980–1037) falsafiy
qarashlarida inson muammosi o‘ziga xos o‘rin tutgan. Ibn Sino
insonning axloqi, tarbiyasi, huquqi, erki, burchi, vijdoni, iymoni,
elparvarligiga doir masalalarga alohida e’tibor bergan. Tabiat va
insonning paydo bo‘lishi masalasida esa evolyutsion rivojlanish yo‘lini
tan olgan. Uning
fikricha, avval tog‘-toshlar, so‘ngra o‘simlik va
hayvonlar, taraqqiyotning eng yuqori bosqichida esa inson vujudga
kelgan. Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli bilan
ustunlik qiladi. Mavjud hodisalarni chuqur
bilish faqat insonga xos
xislatdir.
Ibn Sinoning ta’kidlashicha, inson ijtimoiy mavjudot bo‘lib, faqat
jamiyatdagina mavjud. U o‘zini birovlardan farqlashi, o‘z o‘rniga ega
bo‘lishi mumkin. Ibn Sino insonlarni jamiyatda tutgan o‘rniga qarab uch
guruhga ajratadi: a) davlat idoralarida xizmat qiluvchi va jamiyatni
boshqarish ishlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar; b) bevosita xomashyo,
zarur mahsulotlar ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lganlar; v) davlatni
qo‘riqlash, uni turli tashqi hujumlardan saqlashni ta’minlovchi
harbiylar
1
. Bu guruhlar orasida o‘zaro kelishuv bo‘lishi uchun jamiyatda,
eng avvalo, adolat qonun-qoidalari o‘rnatilishi va ular asosida idora etish
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Inson – olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot. U Ibn Sino
tasavvurida farishtalardan ham sofroq va pokroqdir. Shu sababli ham
mutafakkir odamlardan inson nomiga loyiq bo‘lishni talab qiladi.
«Birodarlar, – deb yozadi u, – farishta yomonlik bilan mashg‘ul bo‘lsa
yoki hayvonlar xunuk ish qilsa, bunga ajablanish kerak emas, balki
inson
aql bilan munavvar bo‘la
turib shahvatga berilsa-yu, insoniyligini
yo‘qotib vijdonidan kechsa, bunga ajablanish kerak bo‘ladi»
2
.
O‘rta asr musulmon falsafasida inson to‘g‘risidagi qarashlarning
shakllanishi va yanada rivojlanishida so‘fiylik ta’limotining g‘oyaviy-
nazariy asosi bo‘lmish tasavvuf tariqatlarining ta’siri ham
sezilarli
bo‘lgan. Tasavvuf falsafasida insonning o‘z barkamolligiga erishishi
yo‘llari sifatida tarkidunyochilik qilish g‘oyasi ilgari suriladi.
1
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɞɚ ɢɠɬɢɦɨɢɣ-ɮɚɥɫɚɮɢɣ ɮɢɤɪɥɚɪ ɬɚɪɢɯɢɞɚɧ ɥɚɜԟɚɥɚɪ /
Ɍɭɡɭɜɱɢɥɚɪ: Ɇ. ɏɚɣɪɭɥɥɚɟɜ, ɏ. Ⱥɥɢԕɭɥɨɜ. – Ɍ., 1995. – Ȼ.68.
2
ɒɟɪɦɭΣɚɦɟɞɨɜ ə. ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ɦɭɬɚɮɚɤɤɢɪɥɚɪɢɧɢɧɝ ɹɯɲɢɥɢɤ ɜɚ ɺɦɨɧɥɢɤ
ԟɚԕɢɞɚɝɢ ԕɚɪɚɲɥɚɪɢ. – Ɍ., 1970. – Ȼ.33.
188
So‘fiylar fikricha, inson tanasida biri-biriga qarama-qarshi bo‘lgan
rahmoniy va shaytoniy kuchlar mavjud. Inson barkamollik darajasiga
ko‘tarilmog‘i uchun rahmoniy kuchning o‘z
tanasidagi shaytoniy
kuchdan g‘olib chiqishini ta’minlash malakasiga ega bo‘lmog‘i darkor.
Inson tanasidagi barcha shaytoniy qiliqlar, nafs, g‘azab, bilimsizlik bilan
aloqadorlikda sodir bo‘ladi. Nafsni jilovlay olmaslik, mol-dunyo
to‘plashga hirs qo‘yish, ya’ni boylik to‘plashga uzluksiz intilish inson
tanasini o‘tkinchi lazzatu farog‘at bilan ardoqlaydi. Bunday lazzat va
farog‘at qarmog‘iga ilingan inson yirtqich hayvonlardek qutira
boshlaydi, g‘azabi ortib boradi. Nafs va g‘azabning birlashib ketishi
insondagi shaytoniy xislatlarni yanada rivojlantiradi va rahmoniy
fazilatlarni yemiradi. Natijada bunday kishilar ma’naviy jihatdan
qashshoqlasha boshlaydilar. Xuddi shuning uchun ham so‘fiylarning
fikriga muvofiq, inson nafsiga erk bermasligi, uni o‘z
vaqtida jilovlay
bilishi zarur. Nafsiga erk bermaslik, uni jilovlay olish – ma’naviy
yetuklik garovidir
1
.
Tasavvuf talablariga ko‘ra, inson barkamollik darajasiga ko‘taril-
mog‘i uchun to‘rtta murakkab bosqichni – shariat, tariqat, ma’rifat va
haqiqat bosqichlarini bosib o‘tmog‘i zarur. Ushbu bosqichlardagi talablar
bir-biridan murakkab bo‘lib, oxir oqibatda vijdonan pok, axloqan yetuk
komil insonni tarbiyalashga yo‘naltirilgandir.
Tasavvuf falsafasining Najmiddin Kubro (1145–1221) asos solgan
eng yirik yo‘nalishlaridan biri – kubraviylikda (kubraviya) inson
tarkidunyochilikka berilgan va o‘zini butunlay unutib qo‘ygan
mavjudot
emas, balki o‘zini qayta qurish uchun real ijtimoiy imkoniyatlarga ega
bo‘lgan bunyodkor sifatida talqin qilinadi. Boshqa tadqiqotlarda bo‘lgani
singari, kubraviylikda ham insonga xudo vasliga yetish talabi qo‘yilsa-
da, bu asosan axloqiy talab bo‘lib, insonni ruhan pok va ma’naviy
yetuk bo‘lishga undaydi. Kubraviylikning o‘ziga xos jihatlaridan eng
muhimi shundaki, u insonni uni qurshab olgan olamni va o‘zini
anglashga undaydi. Komil inson bo‘lmoq uchun nafaqat axloqan yetuk
bo‘lish, balki, eng avvalo, o‘zligini anglash zarur. Inson o‘zligini
anglagandagina butun
olam sirlarini, demakki, ilohiy haqiqatni ham
bilishga yaqinlashadi. Ilohiy haqiqatga erishgan inson esa, xudo vasliga
yetgan va u bilan uyg‘unlashib ketgan bo‘ladi.
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: