Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Ilmiy bilishning darajalari va usullari, ularning ichki ishlar


səhifə60/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. Ilmiy bilishning darajalari va usullari, ularning ichki ishlar 
idoralari xodimlari faoliyatidagi ahamiyati 
Ilmiy bilish jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga 
kelgan bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ilmiy bilish avvalo ma’lum 
bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning asosiy maqsadi – moddiy va 
ma’naviy dunyo haqida chuqurroq, yangi bilimlar tomon borish. 
Fanda, xususan falsafa fanida moddiy va ma’naviy olamni ilmiy 
bilishning ikkita darajasi mavjud bo‘lib, ular empirik va nazariy 
darajalarni tashkil qiladi. 
Empirik bilimlar asosan tajriba natijasida qo‘lga kiritilib, kuzatish va 
eksperimentlarga asoslanadi. U nazariy tadqiqot rivojlanishining muhim 
omilidir. Tajriba ma’lumotlari asosida sxema va diagrammalar tuzilib, 
xulosa va gipotezalar ishlab chiqiladi, yangi olingan ma’lumotlar 
orasidagi bog‘liqlik aniqlanadi. Empirik ma’lumotlar klassifikatsiyasi 
ayniqsa tabiiy fanlar qonuniyatlarini ishlab chiqishga yordam beradi. 
Masalan, Arximed, Abu Ali ibn Sino, Muso al-Xorazmiy, Beruniy, 
Ulug‘bek, Galiley, Paskal, Nyuton, Mendeleyev va boshqa olimlarning 
tajribalari shunday natijalarga olib kelgan. 
Empirik bilish bir tomondan avvalgi nazariy bilimlarga asoslansa, 
ikkinchi tomondan empirik tadqiqotlar avvalgi nazariy bilim doirasiga 
to‘g‘ri kelmaydigan yangi dalillarni keltirib chiqaradi. Masalan, XIX 
asrning boshlarida fizikada ro‘y bergan kashfiyotlar buning yaqqol 
dalillaridir. Obyektiv vujudga keladigan ana shunday muammoli 


 177
vaziyatlar empirik bilimlardan nazariy xulosalarga tomon o‘tishni taqozo 
etadi. Bunday o‘tish o‘z mohiyati bilan dialektik o‘tish bo‘lib, u 
hodisadan mohiyatga tomon qarab borishni ifodalaydi. 
Ilmiy bilishning nazariy darajasi umumlashtirish va 
ideallashtirishning yuqoriroq bosqichi bo‘lib, obyektiv borliqni butun 
ichki bog‘lanish va qonuniyatlari bilan aks ettiradi. Masalan, 
D.I.Mendeleyevning ximiyaviy elementlar davri sistemasi nazariy 
umumlashtirishning yorqin misolidir. Eksperiment va matematik 
hisoblash yo‘li bilan 1860-yillarda ma’lum bo‘lgan elementlar 
o‘zlarining atom og‘irliklari ortib borishi bo‘yicha shunday 
joylashtirildiki, o‘sha davrda noma’lum elementlarni olim oldindan 
bashorat qilib aytib berdilar. Bir necha vaqtdan so‘ng bu elementlar 
topilib galley, skandiy, germaniy deb, atala boshlandi. Ilmiy bashorat 
mantiqiy tafakkurning nisbiy mustaqilligini ko‘rsatadi. Ilmiy bilishning 
empirik va nazariy darajalari bir-biri bilan uzviy dialektik bog‘liqlikda 
bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo etadi. 
Ilmiy bilishning bu darajalarini yuqorida qayd qilingan bilishning 
hissiy va aqliy bosqichlari bilan aynanlashtirish noto‘g‘ridir. Agar hissiy 
bilish va aqliy bilish bosqichlari o‘rtasidagi farq asosan ularning moddiy 
olamni qay darajada in’ikos etishi bilan farqlansa, bilishning empirik va 
nazariy darajalari ilmiy bilishning sohalariga taalluqlidir. Hissiy va aqliy 
bilish alohida insonlar tomonidan amalga oshiriladigan in’ikos etishning 
shakllari bo‘lib, individlar ruhiy faoliyatining sifat jihatdan farqlanuvchi 
tipini tashkil qiladi. Bilishning empirik va nazariy darajalari esa, 
tadqiqotchining bilish faoliyati davomida har xil usullarni o‘zida 
ifodalab, o‘rganilayotgan obyekt xarakteri va qo‘llanilayotgan 
usullarning har xilligi qarab farqlanadi. Hissiy in’ikos etish shakllariga 
sezgi, idrok va tasavvurlar kirsa, ilmiy bilishning empirik darajasi 
tadqiqotchining amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, 
eksperimentning qo‘yilishi va o‘tkazilishi, ilmiy ma’lumot va faktlarni 
yig‘ish va qayd qilish, ularni sistemalashtirish va boshqalar kiradi. 
Empirik bilish jarayonida faqat hissiy bilishning shakllaridan foydalanib 
qolmasdan, balki aqliy bilish va uning asosiy shakllari yordamida qayd 
qilish, ilmiy faktlarni qayta ishlash va boshqa jarayonlar amalga 
oshiriladi. Olingan natijalarning oddiy tilda ifodalanishining o‘zi ham 
aqliy bilish natijasidir. 
Ilmiy bilishning aqliy bosqichi bilan nazariy darajasi ham aynan bir 
narsa bo‘lmasdan, ular o‘rtasida birqancha farqlar bor. Jumladan, ilmiy 


 178
bilishning nazariy darajasiga har qanday tafakkur qilish kirib qolmasdan, 
balki faqat tadqiq qilinayotgan obyektning mohiyatini ochib berishga 
qaratilgan ilmiy bilimlar kiradi. 
Hozirgi zamon fanida eksperimental tadqiqotlarning rivojlanib 
borishi bilan nazariy umumlashmalarning roli ortib bormoqda. Empirik 
tadqiqot usullariga kuzatish, o‘lchash, taqqoslash va eksperiment olib 
borish usullari kiradi. Nazariy tadqiqot metodlariga esa analiz, sintez, 
induksiya, deduksiya, modellashtirish, formallashtirish, umumlashtirish, 
aksiomatik, gipotetik, sistemali yondashish, abstraktlikdan konkretlikka, 
tarixiylikdan mantiqiylikka borish va boshqa usullar kiradi. 
Ilmiy metod (usul) nima? Usul yunoncha so‘z bo‘lib, tadqiqot, bilish 
yo‘li ma’nolarini anglatadi. Ilmiy usul bilish jarayonida qo‘llaniladigan 
mavhum bilish yo‘llari hamda vositalarini ifodalaydi. Ilmiy bilish usuli 
inson amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi. U tabiat, jamiyat va inson 
ongining murakkab hodisalarini to‘g‘ri, obyektiv talqin etishga, fanning 
tabiiy aloqalarini o‘sishiga imkon beradi. Ilmiy bilish usuli tadqiqot 
turlarining mazmun va izchilligin o‘z ichiga olgani holda amalda 
bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Usul ilmiy 
bilishning tarkibiy qismi bo‘lib, uning obyekti, tahlil mavzui, tadqiqot 
vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ifodalaydi. 
Har bir fan obyektini o‘rganuvchi predmetning aniq izlanish usuli 
bo‘lib, bu usul xususiy, umumiy va eng umumiy usul bo‘lishi mumkin. 
Ilmiy bilish jarayonida har bir fan o‘zining maxsus xususiy 
usullarini ishlab chiqishi zarur. Bular xususiy usullarni tashkil qilib, 
bunga har bir fan sohalarida qo‘llaniladigan maxsus usullar kiradi. 
Masalan, sotsiologik usul, statistik usul, kibernetik usul, qiyoslash usuli, 
o‘lchash, taqqoslash va boshqalar usullar kiradi. Ba’zi fanlar bir-biriga 
yaqin bo‘lgani uchun ularning tushuncha va qonunlari ham bir-biriga 
yaqindir. Shuning uchun ularning tadqiqot usullari ham bir-biriga 
yaqindir va tatbiq qilish chegarasiga ko‘ra bir-biriga samarali foyda 
keltiradi. Demak, bilishda xususiylik va umumiylik vazifasini bajaruvchi 
usullar ham mavjuddir. Yuqorida qayd qilingan xususiy usullar 
umumiylik vazifasini ham bajaradi. 
Ko‘pchilik fanlarda qo‘llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. 
Umumiy usul qo‘llanishi doirasiga ko‘ra umumiy, lekin o‘z maxsus 
vazifasiga ega. Ilmiy bilishning hamma fan uchun tegishli bo‘lgan 
umumiy usullariga analiz va sintez, induksiya va deduksiya, analogiya, 
mantiqiylik va tarixiylik, mavhumlikdan aniqlikka borish va boshqalar 
kiradi. 


 179
Dialektik usul moddiy olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli 
bo‘lib, barcha fanlar uchun metodologiyadir. Dialektik usul xususiy 
fanlar erishgan yutuqlardan foydalanib, ularning usullari bilan birgalikda 
rivojlanadi, ular bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. Xususiy, umumiy va 
eng umumiy usullar tadqiqotning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Hozirgi 
zamon ilmiy bilish jarayonida quyidagi usullar keng foydalaniladi. 
Bilishning empirik darajasida quyidagi usullar keng qo‘llaniladi: 
kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, eksperiment. 
Kuzatish – voqelikdagi narsa va hodisalarni muayyan maqsadga 
muvofiq qaratilgan hissiy bilish usulidir. Kuzatishning qay darajada 
bo‘lishi qo‘yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va 
hodisalar haqida oldindan bilimga ega bo‘lishga bog‘liqdir. Kuzatishda 
tadqiqotchi har xil asboblardan foydalanishi mumkin. Asbob kuzatish 
doirasini kengaytiradi, kuzatilayotgan obyektni idrok qilish qobiliyatini 
kuchaytiradi. Kuzatish bevosita (asbobsiz) yoki vositali (asbob bilan) 
olib boriladi. Kuzatish jarayonida subyekt obyektning miqdor va sifat 
jihatlarini in’ikos ettiradi va aniqlab oladi. 
O‘lchash bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini aniqlash 
usulidir. O‘lchov odatda o‘rganilayotgan predmetni aniq qayd etilgan 
xossa va belgilariga ega bo‘lgan boshqa biron-bir predmet bilan 
nisbatlash yo‘li orqali amalga oshiriladi. O‘lchash usuli orqali 
predmetlarning xossalarini, masalan, mustahkamligini, murakkabligini 
va boshqa tomonlarini aniqlash mumkin. 
Taqqoslash bilish faoliyatida tatbiq qilinadigan usul bo‘lib, 
bilimlarning shakllanishi, rivojlanishida alohida bir bosqichni tashkil 
qiladi. Taqqoslash narsa va hodisalarning boshqa bir narsa yoki 
hodisadan farqli va o‘xshash tomonlarini hamda ularning munosa-
batlarini o‘rganish usuli hisoblanadi. 
Eksperiment – tajribada sinab ko‘rish orqali fanda hodisalarni bilish 
faoliyatida tadqiq qilish, o‘rganish usuli hisoblanadi. Eksperiment 
kuzatishga nisbatan yuqoriroq darajadagi bilish usuli bo‘lib, obyektni 
tegishli tajriba moslamalarini tatbiq qilish orqali obyektga ta’sir 
ko‘rsatish, o‘zlashtirish, bilimlarni boyitishga yordam beruvchi usuldir. 
Tadqiqotchi eksperiment usuli orqali o‘zini qiziqtirgan obyektning 
tomonlarini o‘rganishi uchun unga faol ta’sir ko‘rsatadi, buning uchun 
sun’iy sharoitlar yaratadi, shu sharoitda tekshirish olib boradi, 
ma’lumotlar to‘playdi. Eksperiment usuli hodisalarning muhim belgilari 
va xususiyatlarini, ularning boshqa narsa va hodisalar bilan munosabati, 


 180
aloqa va bog‘lanishlarini chuqurroq o‘rganishga imkoniyat yaratadi. 
Voqelikdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida tajribada olingan bilimlar 
mavhum tafakkurda qayta ishlanish natijasida yanada chuqurlashib
obyektiv haqiqatga yaqinlashib boradi. Ilmiy bilishning nazariy 
darajasida quyidagi usullar keng qo‘llaniladi: abstraksiya, analiz, sintez, 
induksiya, deduksiya, analogiya, ideallashtirish, modellashtirish, 
tarixiylik va mantiqiylik hamda boshqa usullar qo‘llaniladi. 
Abstraksiya – predmetlarning muayyan munosabatdagi muhim 
xossalarini, munosabatlarini, taraqqiyot bosqichlarini fikran bilish usuli. 
Abstraksiyalash usuli analiz va sintez vositalarini o‘z ichiga oladi. Analiz 
va sintez dunyoni bilish jarayonida ishlatiladigan o‘zaro bir-biri bilan 
bog‘langan usullardir. 
Analizda o‘rganilayotgan narsa va hodisa mayda bo‘laklarga, ya’ni 
qismlarga bo‘linib, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar o‘zaro munosabat va 
ta’sir o‘rganiladi. Tarkibiy qismlarni sintez qilish uchun analiz qilinadi. 
Analiz usuli orqali narsa va hodisalarni to‘la bilish mumkin 
emas,shuning uchun u sintez yo‘li bilan to‘ldiriladi. 
Sintez analizning natijalariga suyanib, narsa va hodisalarning bir 
butun sifatini o‘rganadi. Sintez – analiz natijasida fikran bo‘lingan 
elementlarni qaytadan tiklash, ularni birlashtirish, ilgari yaxlitlikni fikran 
vujudga keltirish usulidir. 
Analiz tadqiqot jarayonida bilishning tayyorgarlik ko‘rish bosqichi 
hisoblansa, sintez uni yakunlaydi. Analiz va sintez natijasida umumiy 
tushuncha, muhokamalar tarkib topadi, ular yordamida o‘rganilayotgan 
obyektning sifati va muayyan qonuniyatlari aniqlanadi va shakllanadi. 
Induksiya – ayrim fikriy bilishdan umumiy xulosalar chiqarishda 
qo‘llaniladigan bilish usulidir. Bu usul yordamida xususiylik o‘rganilib, 
umumiylik bilib olinadi. Induksiya usuli narsa va hodisalarning sababiy 
bog‘lanishlarini tekshirish usuli bo‘lib ham xizmat qiladi. 
Deduksiya – umumiylikdan xususiylikka olib boruvchi mantiqiy 
usul. Fandagi nazariyalar deduktiv usul natijasida yuzaga keladi. Bu usul 
asosan daliliy ma’lumotlar to‘plash natijasida ularni chuqur o‘rganish, 
sistemaga solishda qo‘llaniladi. 
Anologiya (moslik, aynanlik, o‘xshashlik) – narsa va hodisalar biror 
xususiyatlarining o‘xshashligini o‘rganish usuli. Bu usul yordamida ikki 
predmetning o‘xshash xususiyatlari o‘rganiladi. 
Ideallashtirish – bilish jarayonida obyektni qulaylashtirish usuli. Bu 
usulda real obyekt ideal obyekt bilan almashtiriladi. Bu usul tabiiyot 


 181
fanlarining tadqiqot usuli hisoblanadi. Masalan, fizikada shunday usul 
orqali fizik obyektlar: ideal gaz, mutlaq qattiq qism, mutlaq qora jism va 
boshqalarni ideallashtirilgan obyektlar deb qarash mumkin. 
Modellashtirish borliqni bilvosita o‘rganishga asoslangan ilmiy 
usuldir. Bu usul asosida tadqiq qilinayotgan obyekt bilan uning modeli 
o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Modellashtirish usuli ilmiy 
tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab obyektlarni 
o‘rganishning yagona vositasi hisoblanadi. Modellar ikki xil: moddiy va 
g‘oyaviy bo‘ladi. Moddiy narsalardan yasalgan modellar moddiy 
modellar deyiladi. Bu modellar obyektlarning taraqqiyot jo‘shqinligini, 
ularning mohiyatini ifodalovchi zaruriy qonuniy aloqalarni, 
munosabatlarni qayta hosil qiladi. G‘oyaviy modellar esa g‘oya shaklida 
mavjud bo‘ladi. 
Aksiomatik usul tadqiqotning aksiomalarga asoslanib nazariy 
xulosalar chiqarish usulidir. Asos qilib olingan aksiomalar esa muayyan 
nazariy sistemada isbotlanmay haqiqiy deb qabul qilinadi. Nazariy 
bilimlar to‘la ravishda aksiomalardan deduktiv yo‘l bilan chiqariladi 
Tarixiylik va mantiqiylik obyektiv dunyo taraqqiyot jarayonining 
muhim xususiyatlarini bilish usulidir. Tarixiylik usuli narsa va 
hodisalarning ro‘y berish vaqti, davri, aniq vujudga kelishi, rivojlanishini 
bilish usulidir. Har bir hodisani faqat aniq tarixiy nuqtai nazardan, faqat 
tarixning aniq tajribasi bilan bog‘lab o‘rganmoq zarur. Har bir narsaning 
tarixini ochib berish uning taraqqiyotidagi asosiy tarixiy bosqichlar, 
ularning aloqalarini ajratib ko‘rsatishni talab qiladi. Buning uchun esa 
uning mohiyati haqida nazariy bilim bo‘lishi kerak. Mantiqiy usul 
predmetning mazmunini nazariy shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. 
Bu usul tadqiqot obyektining eng muhim aloqalarini bilib olishga imkon 
beradi.
Yuqorida qayd qilingan bilishning empirik va nazariy darajalari 
umuman ilmiy bilish sohasining darajalarini tashkil qiladi. Barcha tabiiy, 
ijtimoiy va texnikaviy fanlar bilishning empirik va nazariy darajalariga 
ega. Jumladan, huquqiy fanlar sohasi ham mana shu amaliy va nazariy 
bilish sohalariga bo‘linadi. Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari 
usullarining barchasi huquqshunoslik fanlarida ham keng qo‘llaniladi. III 
xodimlarining amaliy faoliyatida empirik (amaliy) bilish usullari 
kuzatish, o‘lchash, taqqoslash va eksperimentlar keng qo‘llanilib, 
jinoyatlarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni bartaraf etishda keng 
qo‘llaniladi. Masalan, kuzatish usuli orqali jinoyat qilishga moyil 


 182
bo‘lgan kishilarni xatti-harakatlarini kuzatish orqali ularning oldini olish 
mumkin. O‘lchash, taqqoslash usullari orqali sodir etilgan jinoyatlar 
joylari, sodir etilgan jinoyatlarning shunga o‘xshash jinoyatlar bilan 
taqqoslash asosida ba’zi bir to‘g‘ri xulosalarga kelinadi. 
Nazariy bilish usullari analiz, sintez, induksiya, deduksiya 
anologiya, tarixiylik va mantiqiylik hamda boshqa usullari orqali 
huquqiy soha va undagi munosabatlar mustahkamlanib bormoqda. 
O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo 
etishda keng foydalanilmoqda. Masalan, milliy davlatchiligimizni barpo 
etishda tarixiylik va mantiqiylik usulining o‘rni beqiyosdir. Biz bugungi 
kunda kelajagimizni o‘zida aks ettirgan jamiyatni barpo etishda, 
o‘tmishda yashab ijod etgan ota-bobolarimizning davlatni idora etish va 
boshqarish usullariga tayanmog‘imiz va ulardan to‘g‘ri xulosalar 
chiqargan holda amaliyotga tatbiq etmog‘imiz zarur. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, empirik va nazariy bilish 
darajalarining usullari huquqshunoslik fanlarining takomillashuvi va 
ularning amaliy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin