167
fikricha, inson o‘z sezgilari chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi, u
faqat o‘z sezgilarinigina bila oladi. Real voqelikni inson aslo bila olmaydi.
Kant esa Yumga qarama-qarshi o‘laroq, inson ongi va sezgilaridan
tashqarida obyektiv olam bor deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu obyektiv
olamda aslo bilib bo‘lmaydigan «narsa o‘zida» bor. Inson aqli o‘z mohiyati
jihatidan cheklangan bo‘lib «narsa o‘zida»ni bila olmaydi. Kant inson bilishi
mumkin, bo‘lgan hodisalar olamni «biz uchun bo‘lgan narsalar» deb, uni
inson aqli bilan, fan vositasi bilan bilishi mumkin deb ta’kidlaydi. «Narsa
o‘zida»ni insonlar bilishga qodir emas deydilar.
XIX asr subyektiv idealizmning vakillari bo‘lgan maxchilar ham
dunyoni bilish mumkinligini inkor etishadilar.
Insoniyat ijtimoiy amaliyoti va ilmiy bilish taraqqiyotining ilgarilab
borishi bilimni chegaralab qo‘yuvchi agnostitsizmni puchga chiqar-
moqda. Inson o‘z aqli bilan olam sirlarini bilish mumkin ekanligini
ayniqsa hozirgi zamon fani yutuqlari isbotlamoqda. Masalan, hozirgi
zamon tabiat fanlari, ayniqsa fizika fani atom tabiatini, tuzilishini va
xususiyatlarini o‘rganish sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Atomni
parchalash, atom ichki energiyasidan foydalanish, atom yadro zarracha-
larining bir-biriga bog‘liqligi, umuman mikroolamni bilish, astronomiya,
biologiyadagi kashfiyotlar bilish nazariyasining to‘g‘riligini tasdiqladi.
Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir aniq tarixiy
davrdagi bilish imkoniyatlari cheklangan, xolos. Inson har bir tarixiy
davrda o‘zi xohlagan barcha narsa va hodisalarni emas, balki bilish
imkoni borlarinigina bilib boradi. Inson bugun bilmagan narsasini ertaga,
ertaga bilmaganini keyinroq biladi. Lekin shuni aytish kerakki, inson
bilimining cheki yo‘q, chunki makro va mikro olamning cheksizligi
inson bilimining ham cheksizligini ko‘rsatadi.
Bilish nima? Bilish – moddiy olamning inson ongida in’ikos etish
jarayoni. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining
inson ongida in’ikos etishini e’tirof etish falsafaning bilish
nazariyasining asosini tashkil qiladi. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda
inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradigan obyektiv
jarayonlarning in’ikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish
nazariyasi asosan quyidagilarga asoslanadi:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: