Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


O‘z-o‘zini anglash, uning shakllari


səhifə53/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

O‘z-o‘zini anglash, uning shakllari. Inson obyektiv voqelikni aks 
ettirish bilan bir qatorda o‘zi haqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan 
jarayonlarni tahlil qilish, xatti-harakatlarini nazariy tahlil qilishdek 
qobiliyatga ham ega. O‘zini o‘zgalardan ajrata bilish, o‘ziga munosabat, 


 159
imkoniyatlarini baholash o‘z-o‘zini anglash sifatida namoyon bo‘ladi. 
O‘z-o‘zini anglashda o‘zini bilish, baholash va tartibga solishdek 
unsurlarni ajratish mumkin. 
Bu unsurlar o‘z-o‘zini anglashning sohibiga – subyektiga ko‘ra 
farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatga xosdir. 
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi haqida gap ketar ekan, u o‘zini 
alohida organizm, oila, ijtimoiy guruh, millat, madaniyatga mansubligini 
va yuqoridagi xususiyatlaridan qat’i nazar alohida va betakror «men» 
sifatida anglashdek bosqichlarni bosib o‘tishini ta’kidlash zarur. 
Insonning kamol topish jarayoni, o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi 
o‘ziga xos xarakter kasb etadi. 
Masalan, dastlabki davrda bolada avvalo, boshqalar tomonidan 
berilgan tasavvur va baholar ustunlik qiladi. Bolaning tafakkuri o‘sishi 
bilan, u olamni mustaqil anglay boshlaydi va o‘zining imkoniyatlarini 
o‘zi baholashga o‘rganib boradi. Aynan mana shu davrda to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilgan tarbiya muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki, aynan mana 
shu tarbiya ta’sirida bolada o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ham yoki 
unga ortiqcha baho berib yuborish holati ham shakllanib qolishi mumkin. 
Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonida u mansub bo‘lgan 
madaniyatning o‘rni nihoyatda katta. Zero, aynan madaniyat xalq, millat 
to‘plagan tajriba, bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan holda shaxs 
dunyoqarashi shakllanishiga faol ta’sir o‘tkazadi. Shuning uchun ham 
shaxs madaniyati, xulq-odobi, ongi, o‘z-o‘zini anglashining darajasini 
belgilovchi indikator sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayoniga turli ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy va mafkuraviy omillar ham kuchli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ana 
shunday xilma-xil ta’sirlar mavjudligi shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, 
baholashi va faoliyatini tartibga solishi, nazorat qilishini ta’minlaydi. 
Aks holda ozgina iqtisodiy qiyinchilik, kichkinagina ijtimoiy muammo 
shaxs hayotini izdan chiqarib yuborishi, turli xil ta’sirlar domiga tortishi 
mumkin. «Mana shunday bir vaziyatda odam, – deb yozadi I.Karimov, – 
o‘z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o‘zi tayanib yashaydigan hayotiy-
milliy qadriyatlarga, shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga 
ega bo‘lmasa, har turli mafkuralarning bosimiga, ularning goh oshkora, 
goh pinhona ko‘rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishi amri-mahol»15. 
Buni tushunib olish bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash 
tobora keskinlashib va intensivlashib borayotgan bir sharoitda ayniqsa 
muhimdir. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin