Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə51/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ong va miya. Ong inson miyasi bilan bog‘liqdir. Ong miyasiz 
bo‘lmaydi. Lekin ong miyaning qaysi jihati bilan bog‘liq? Miyaning 
og‘irligigami, miya va tana og‘irligining nisbatigami, miyaning 
hajmigami? 
Ong miyaning og‘irligiga bog‘liq emasligini mutafakkirlar 
allaqachon aniqlashgan. Ong miya og‘irligining tana og‘irligi nisbatiga 
hech qanday aloqasi yo‘q. Masalan: Kit miyasining og‘irligi tana 
og‘irligidan 500 marta kam, arslonniki 150 marta kam. Bundan arslon 
kitga nisbatan ongli degan fikr kelib chiqmaydi. Inson miyasining 
og‘irligi tana og‘irligiga nisbatan 60-65 marta kam. Shimpanze 
miyasining hajmi 400 sm3, avstralopitekniki 600 sm3, pitekantropniki 
850 sm3, neandertalniki 1100 sm3, hozirgi odamlarniki 1400 sm3 tashkil 
qiladi. Inson ongi qisman miya hajmiga ham bog‘liq emas.
Inson miyasi nozik, murakkab tuzilishga ega bo‘lgan tizimdir. 
Aynan uning murakkabligi ong paydo bo‘lishi mumkinligining asosiy 
shartidir. Bunday holat ham uzoq davom etgan evolutsiyaning tabiiy 
hosilasidir. 
Ammo yuksak darajada tashkil topgan miyaning o‘zi ham hali ong 
paydo bo‘lishi uchun yetarli emasligini unutmaslik lozim. Bu miya 
normal funksional faoliyat ko‘rsatishi zarur. Va nihoyat, normal 
funksional faoliyat ko‘rsatuvchi miya sohibi ijtimoiy munosabatlarga 
tortilgan bo‘lishi shart. 
Shu o‘rinda vulgar materialistlar qarashlariga yana bir marta 
murojaat qilish lozim. Agar ular haq bo‘lganida edi, hayvonot olamiga 
tushib qolgan inson bolalarida ham ong shakllangan bo‘lishi kerak edi. 
Ular hayvonlar orasida bo‘lganida ham jigar safro ishlab chiqaraveradi. 
Ammo, miya ongni ishlab chiqarmaydi. 
Bundan ongning ijtimoiy-ruhiy hodisa ekanligi va u faqat 
jamiyatdagina shakllanishi mumkinligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. 
Ong va ruhiyat (psixika). Ong psixik in’ikosning o‘ziga xos, 
yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini 
aynanlashtirish uchun asos bo‘la olmaydi. Negaki, psixika hayvonlarga 
ham xosdir. Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u «ong» 
tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. 
Z.Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning 
o‘zidan iborat uch qatlamdan tashkil topgan. Inson hayoti va faoliyatida 
ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim 
ahamiyatga ega. 


 156
Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir 
qatorda ko‘plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avtomatik 
xarakter kasb etishi bilan xarakterlanadi. Aytaylik, birinchi marta 
mashinaga o‘tirganimizda, birinchi marta surat olayotganimizda deyarli 
barcha harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo‘ladi. Vaqt o‘tishi 
bilan esa ko‘pgina harakatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara 
boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma-xil sohalari, 
yo‘nalishlarida, ularga ongning faol tarzda aralashishini, ya’ni qayta 
faoliyatni o‘z nazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi. Xatti-
harakatlarning ongsizlik sohasiga ko‘chishi bir tomondan ong 
«yuki»ning yengillashishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan, ongning 
asosiy kuchi, quvvati, «diqqati»ni, inson hayoti uchun muhim bo‘lgan 
harakat, jarayonlarga qaratilishiga imkoniyat yaratadi. 
Ongsizlik doirasiga ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, 
tasavvur, instinkt va intuitsiya kabi hodisalar ham kiradi. Ana shu 
xususiyatlarni inobatga oladigan bo‘lsak, ongsizlik ong mavjudligi va 
rivojlanishining tabiiy sharti deyish mumkin. Ong osti hodisalari ham 
psixik jarayonlarning muhim bo‘g‘inidir. Z.Freyd fikricha, ular ongsizlik 
bilan ong o‘rtasidagi chegaraviy sohadir. «Gap tagida gap bor, kosa 
tagida nim kosa» naqlida ong ostiga xos bo‘lgan xususiyatlar 
ifodalangan, deyish mumkin. Negaki, har qanday faoliyatimizda ayni 
vaqtda biz uchun ahamiyati bo‘lmagan holatlar bo‘ladi. 
Ammo, bu ular kuzatishdan, nazoratdan chetda qoladi, degani emas. 
Biz uchun ahamiyatli xarakter kasb etganda, ular ong ostidan ong 
sferasiga ko‘chishi mumkin. Masalan, biror joyga borayotganda, asosan, 
maqsadga tomon harakat qilinadi, ammo yo‘lda uchragan boshqa narsa 
va hodisalar ham kuzatiladi, esda qoladi. Ana shulardan kelib chiqqan 
holda, ong osti inson ongli faoliyatining o‘ziga xos kuzatuvchisi, zarur 
bo‘lgan hollarda senzori sifatida chiqishdek sifatlarga ega, deyish 
mumkin. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin