186
beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p insonlarning birlashuvi
orqaligina odam o‘zi intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday
jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash
va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi.
Shu tariqa insonlar jamoasi vujudga kelgan
1
.
Forobiy jamoalarning mukammallik darajasini inson komilligi bilan
bog‘laydi. Shuning uchun ham uning fikricha, jamoada aqlli, axloqan
yetuk, vijdonan pok va bir-birlariga doimo yordam berishga tayyor
insonlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bunday shahar shunchalik fazilatli va
mukammal bo‘ladi.
Shu o‘rinda aytish lozimki, insonlarning adolatli jamiyatga erishish
yo‘llarini Forobiy adolatli shohning hukmronlik qilishi, ilm-fan ravnaqi
va, eng asosiysi, insonning axloqli bo‘lishi, ruhiy mukammallikka
erishishida ko‘radi. Mutafakkir o‘z asarlarida bu narsa insonning o‘z
qo‘lida ekanligi, ya’ni inson o‘z taqdirini o‘zi belgilashi va yaratishi
mumkinligini bir necha bor uqtiradi. Forobiy insonning baxt-saodati
narigi dunyoda emas, balki o‘zi yashab turgan real dunyodadir, deb
ta’kidlaydi.
O‘rta asr Sharqining yana bir ulkan allomasi mashhur qomuschi va
buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ham o‘z ijtimoiy-falsafiy
qarashlarida insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan. U insonni eng oliy
qadriyat sifatida tushuntirgan, inson va, umuman, insoniyat paydo
bo‘lishi uzoq davom yotgan evolyutsion jarayon bo‘lib, bunda geografik
muhitning roli borligini, shunga ko‘ra odamlarning rangi, tuzilishi bir-bi-
ridan farq qilishini ta’kidlagan. Beruniy insonning oliy mavjudot ekanligi
va u boshqa hayvonlardan o‘zining aqli, nutqi bilan farq qilishini ilmiy
jihatdan izohlasa-da, ikkinchi tomondan, insonni hayvondan farq
qiladigan ayni shu xususiyatlarning qanday paydo bo‘lganligini ilohiy
jihatdan tushuntirib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan, deydi.
Beruniyning qarashlari Forobiyniki singari insonparvarlik g‘oyalari
bilan sug‘orilgan. U insonni eng oliy qadriyat sifatida ulug‘lash bilan
birga, uni umumbashariylik, odillik, ziyolilik, bilimdonlik, xalqparvarlik
xislatlarini o‘zida shakllantirishga undaydi. Beruniy falsafasiga binoan,
inson ichki dunyosi pokligining asosi yaxshi niyatdir. Yaxshi niyat
insonga doimo ezgu ishlarida hamroh bo‘lib, ishining o‘ngidan kelishiga
madadkor bo‘ladi.
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: