194
Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida har qanday tirik organizmlar
hujayralardan iboratligi haqidagi xulosaga kelishimiz mumkin. Ochiq
tizimga ega bo‘lgan hujayralar o‘zlarining ichki
tartiblanish xossasini
tashqi muhit hisobiga ta’minlaydi. Hayot ikki holda – nuklein kislotalar
va oqsillarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaganda hamda o‘zaro
bog‘liq reaksiyalar oqimi genetik ma’lumotlar (DNK va RNK) bilan
dasturlashtirilgandagina paydo bo‘ladi.
Demak, keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, fan yer yuzida
hayotning paydo bo‘lish evolutsiyasining bevosita koinotdagi yulduzlar,
gallaktikalar va ularning yerdagi biologik, geofizik jarayonlarga ta’siri
bilan o‘zaro bog‘liq ekanligini tasdiqlamoqda.
Lekin biz bu bilan fan
hayotning paydo bo‘lishi masalasiga oxirgi nuqta qo‘ydi, degan xulosaga
kelmasligimiz kerak. Chunki fanning yangi tarmoqlari bu masalaga
yanada aniqlik kiritib bormoqda.
Insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishi jonli tabiatning jonsiz
tabiatdan paydo bo‘lishidek buyuk sakrash bilan teng hodisadir. Fan
rivojlangani sari inson paydo bo‘lishidek buyuk mo‘jizaning sir-asrorini
ochishda ham yangi-yangi ma’lumotlar topilmoqda.
XIX asrning
ikkinchi yarmida CH.Darvinning umumiy evolyutsion nazariyasi o‘sha
davrda hukm surgan diniy-teologik qarashlarga dastlabki qaqshatqich
zarba bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bu nazariya asosida
inson biologik evolutsiyaning mahsuli ekanligi isbotlab berildi.
CH.Darvinning 1859-yilda nashr qilingan «Tabiiy tanlanish orqali
turlarning kelib chiqishi» va 1871-yilda nashr qilingan «Insonning paydo
bo‘lishi va tabiiy tanlash» nomli mashhur
kitoblari insonning paydo
bo‘lishi masalasiga yangicha qarashga ilmiy asos yaratib berdi.
CH.Darvinga qadar insonning kelib chiqishi sabablari haqida boshqa
olimlar ham tadqiqot olib borganlar. Jumladan, XVIII asr o‘rtalarida
insonning kelib chiqishi haqidagi farazlarga birinchi bor ilmiy tus bergan
mashhur olim tabiatshunos Karl Linney hisoblanadi. Karl Lineyning
ilmiy xulosalari insonni sut emizuvchilar sinfiga kiruvchi maymunlar
bilan bir qatorga qo‘yib, primatlar (lot. «primus» – birinchi) otradiga
mansubligini isbotlaydi. Keyinchalik XVIII asrning ikkinchi yarmi va
XIX asrning birinchi yarmida ingliz tabiatshunos olimi Tomas Geksli va
shveysariyalik Karl Fogt (anatom) ham insonning odamsimon
maymunlar bilan yaqin qarindoshligini asosladilar.
Bu izlanishlar orasida organik olamning evolyutsion ta’limotini
birinchi bor yaratgan fransuz olimi Jan Batist
Lamarkning xizmatini
195
ta’kidlab o‘tish zarur, chunki bu ta’limot Darvinizm paydo bo‘lishining
bevosita ilmiy-nazariy manbai bo‘lib xizmat qilgan. Chunonchi, 1809-
yilda, hali Darvinning olamshumul kitoblari chiqmasidan avval, Lamark
o‘zining «Zoologiya falsafasi» asarida inson maymunlarning nisbatan
takomillashgan turi bo‘lmish shimpanzelar oilasidan kelib
chiqishi
mumkinligini ta’kidlab o‘tadi. Lekin Lamark primatlarning bu turkumi
bilan insonni bog‘lab turuvchi halqani topa olmaydi.
Lamarkdagi bir tomonlama determinizmni Darvin bartaraf etadi.
Uning fikricha, hayvonot dunyosining evolutsiyasida harakatlantiruvchi
kuch vazifasini o‘zgaruvchanlik, nasliylik va tabiiy tanlanish bajaradi.
Primatlar oilasiga kiruvchi odamsimon maymunlar o‘z rivojlanishida
tashqi muhit ta’siriga duch keladi va nasliylik mexanizmi tufayli
organizmda yuz bergan o‘zgarishlarda o‘z izini qoldiradi, tabiiy tanlanish
natijasida biologik o‘zgarishlarning nisbatan istiqbolli bo‘g‘inlari
saqlanib qoladi. Hali genlar kashf etilmaganligi bois Darvinning
o‘zgaruvchanlik haqidagi ta’limoti mavhumroq bo‘lib ko‘rinardi.
Genetika yaratilishi bilan bu stixiyali dialektik uchlik – o‘zgaruvchanlik,
nasliylik, tabiiy tanlanish jarayoni tadrijiy rivojlanishning o‘zagi ekanligi
to‘laligicha isbotlandi. Saqlanib qolgan o‘zgarishlar tabiiy tanlash orqali
keyingi avlodni yangi belgilar bilan to‘ldirib boradi.
Shu tariqa yangi tur
paydo bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Darvinning ushbu ta’limoti fanning o‘sha davrdagi rivojlanish
bosqichi bilan bog‘liq ayrim juz’iy kamchiliklar bo‘lishiga qaramay,
ilmiy tafakkur taraqqiyotida ulkan inqilob bo‘lgan edi. Lekin hozirgi
kunda Darvinning evolyutsion nazariyasi inson paydo bo‘lishini izohlab
beruvchi yagona ilmiy asos bo‘lib xizmat qila olmaydi, chunki fanda
evolyutsion nazariyaning to‘g‘riligiga shubha bildiruvchi
yangi nazariya
va ilmiy farazlar vujudga kelmoqda.
Fanda mavjud ayrim ilmiy farazlarga ko‘ra, koinot va undagi
tuzilmalar yer yuzida insoniyat paydo bo‘lishiga ikki jihatdan –
birinchidan, noorganik tabiatning (iqlim, landshaft, relyef va boshqalar)
o‘zgarishi bilan, ikkinchidan, bevosita organik tabiatning (tabiiy tanlash
– mutatsiya va hokazo) o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda – ta’sir
ko‘rsatganligi taxmin qilinadi
1
.
Iqlim va landshaft,
shuningdek, yerdagi biologik jarayonlarning
o‘zgarishi quyosh energiyasi aktivlik darajasi va xususiyatining
o‘zgarishiga bog‘liqligi aniqlangan. Chunonchi, rus olimi Chijevskiy
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: