27
o‘tkazishning qanday yo‘llari bor, degan talay savollarga javob topish
zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash o‘zining nazariy
asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u
boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham
bajaradi.
Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo‘lsa, usul (metod) shu
bilimga erishish yoki uni amalga oshirish yo‘lini anglatadi. Falsafiy
nazariya esa, bir vaqtning o‘zida usul vazifasini ham bajara oladi.
Tarixning burilish davrlarida o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari va
maqsadlari nechog‘lik to‘g‘ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga
solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul
(metod) sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda
falsafiy nazariyalarga e’tibor
kuchayadi, taraqqiyot yo‘llaridan borish
falsafiy modellarining ahamiyati ortadi.
Masalan, bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qo‘shilish,
demokratik davlat qurish borasida Islom Karimov tomonidan asoslab
berilgan taraqqiyot yo‘li – «O‘zbek modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu
yo‘lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy
ravishda olib borishni nazarda tutadi. Prezidentimiz, aynan shu yo‘lni
taklif etar ekan, asosiy e’tiborni uning
mohiyat-mazmuni, tarixda qanday
natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan. Bunda taraqqiyotning
mazkur yo‘li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya’ni, uning tarixiy va
zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari,
mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har
tomonlama o‘rganilgan. Ana shu asosda kerakli
xulosalar chiqarilgan va
ularni hayotga tatbiq etishning asosiy yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib berilgan.
Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o‘zimizga
xos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni
mamlakatimiz. Hayotini tubdan o‘zgartiradigan va uning kelajagini
belgilab
beradigan, milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim
o‘rin tutadigan umumfalsafiy tayanch – metodologiya deb bilamiz.
Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini
belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan
metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o‘z-
o‘zicha shakllangan (mexanik) yig‘indisi emas, balki ularning umumiy
qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi
tamoyillar namoyon bo‘ladi: ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, uni-
28
versallik, maqsadlilik, g‘oyaviylik hamda nazariya va amaliyotning
birligi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: