3-§. Mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning
yangilanish zarurati
Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq
jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy
ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o‘zgarishi bilan unga xos
ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana
boshlaydi. Ammo bu o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Ayniqsa, inson
tafakkurining o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega
bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning
kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g‘oyalariga asoslanadigan
yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Zero,
inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o‘zgartirmasdan, yangi
jamiyatni qurish qiyin. Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni
yangilash vazifalarini bajarish g‘oyat murakkab bo‘lib, quyidagi bir qator
muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda:
– mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy
sohalardagi asoratlarini bartaraf etish;
31
– kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos g‘ayriinsoniy
tamoyillarni siqib chiqarish;
– O‘zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan
yanada kengroq foydalanish;
– bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida
nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida
hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga
barham berish;
– ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish
jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va
chuqurroq o‘rganish;
– falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko‘proq
moslash, qo‘llanma va darsliklarimizda milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi
tamoyillarini aks ettirish;
– istiqlol talablariga mos keluvchi sog‘lom g‘oyali ma’naviy
barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib borish, ular
asosida ta’lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish.
– jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur
o‘rganish, bu jarayonda turli g‘oya va mafkuralarning davlatlar va
xalqlar taqdiriga ta’sirini aniq ko‘rsatish va shu asosda istiqlol
mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish.
Ana shu masalalarni uyg‘un holda hal qilish falsafiy dunyoqa-
rashimizni yangilashga yordam beradi.
Istiqlolga erishganimizdan buyon tarixan qisqa davr o‘tgan bo‘lsa-
da, mustaqil taraqqiyot mamlakatdagi ulkan imkoniyatlarni ro‘yobga
chiqarishning yagona va muhim omili ekani o‘zining to‘liq isbotini
topdi. Zero, faqat mustaqillikkina har bir xalqqa o‘z falsafasini erkin
rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Mustaqillik yillarida
falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy kabi barcha asoslar shakllandi.
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi – serqirra jarayon. U juda
keng ijtimoiy mazmunga ega bo‘lib, jamiyat ma’naviy hayoti, mafkurasi,
madaniyati va ta’limi tizimidagi yangilanish, odamlarning ruhiy
poklanishi, sobiq Ittifoqdan qolgan qaramlik kayfiyatidan xolos bo‘lish
jarayonining tarkibiy qismidir.
Falsafiy dunyoqarash o‘zgarishining muhim jihatlari quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi ijtimoiy
jarayondir. Ya’ni u, avvalo, taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga
32
o‘tayotgan mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlardagi uzluksiz
o‘zgarishning tarkibiy qismidir. Falsafadagi yangilanish jamiyatdan, o‘z
davridan, ro‘y berayotgan ijtimoiy jarayonlardan tashqarida sodir
bo‘ladigan hodisalar yig‘indisi emas. Balki u o‘zida ana shu ijtimoiy
jarayonlarning barcha asosiy xususiyatlarini aks ettiradi.
Ikkinchidan, mustaqillikka erishgan va uni mustahkamlashga
harakat qilayotgan mamlakatimiz uchun bu tarixiy zaruratdir. Ya’ni u
tasodifiy namoyon bo‘ladigan o‘tkinchi hodisa emas. Balki o‘tish
davrining zaruriyati, jamiyatni tubdan isloh qilish, odamlarda yangicha
tafakkurni shakllantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biridir.
Uchinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi nafaqat
umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy
qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir.
Shu ma’noda, u buyuk alloma bobomiz Abu Nasr Forobiy orzu qilgan
fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantiradigan va takomillash-
tiradigan jarayondir1. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, u g‘oyat
murakkab ruhiy o‘zgarishlar, odamlarning qullik psixologiyasi va
mustabid tuzumga xos mafkuraviy asoratlardan xalos bo‘lish jarayoni
hamdir.
To‘rtinchidan, falsafiy ongning yangilanishi muayyan bir davrda
amalga oshadi. Bu jarayon bizning mamlakatda o‘tish davriga to‘g‘ri
kelmoqda. Ana shu davrda ijtimoiy muhitda yangi jihatlar vujudga
keladi, odamlarning ruhiyati, qarashlarida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Beshinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi inkor va
vorislik jarayoni hamdir. Unda, bir tomondan, o‘zbek falsafasida azaldan
mavjud bo‘lgan, hatto sobiq mustabid tuzum ham yo‘qota olmagan ko‘p
jihatlarning saqlanib qolishi kuzatiladi. Ikkinchi tomondan, yaqinginada
ustuvor bo‘lgan ko‘pgina sinfiy-partiyaviy tamoyillar o‘tmishga
aylanadi, inkor etiladi. Uchinchi tomondan esa, falsafiy tafakkurda yangi
yo‘nalishlar o‘z o‘rnini topadi.
Mustaqillik odimlari va falsafaning yangilanishi uzviy bog‘liq
jarayondir. Mamlakatning rivojlanish sur’ati yangicha mustaqil fikrlaydi-
gan, ijtimoiy faol, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk mutaxassislarga
bo‘lgan talabni alohida bosqichga olib chiqdi. Mulk shaklining xilma-
xilligi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ehtiyoj, bozor munosabatlari
sharoitida tadbirkorlikning kuchayishi, ishlab chiqarishga yangidan-
yangi texnologiyalarning kirib kelishi jarayoni yuqori darajada
tarbiyalangan va yuksak malakaga ega bo‘lgan mutaxassisni taqozo
33
etayapti. Zero, yuksak malaka ayni paytda aqliy-ruhiy va jismoniy
salohiyatlar uyg‘unlashgan taqdirdagina ko‘ngildagidek samara beradi.
Mustaqil davlatning oliy maqsadlarini amalga oshira oladigan
mutaxassislarni shakllantirish uchun ularning shaxsiyati ijtimoiy
talablarga javob bera oladigan tarzda kamolga yetgan bo‘lishi lozim.
To‘g‘ri, inson jamiyatdagi o‘z o‘rni, Olloh ravo ko‘rgan taqdiri haqida
o‘ylashi, o‘z Vatanini sevishi, o‘z millati sha’nini ulug‘lash uchun yelib-
yugurishi mumkin. Biroq ular aniq natija beradigan faoliyatga
aylansagina ijtimoiy mazmun kasb etadi.
Muayyan kishi jamiyatdagi o‘z o‘rni haqida o‘ylasa-yu, jamiyat
oldidagi burchini anglab yetmasa, amalda burchiga sodiq ekanini
namoyon etmasa yoki Vatanni sevish bilan cheklanib, uning ravnaqi
uchun kurashmasa, millatiga munosib bo‘lish haqida o‘ylasa, yelib-
yugursayu, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularining amaldagi isbotini
namoyon eta olmasa, bundan na jamiyat, na Vatan, na millat naf topadi.
Bunday kishining shaxsiyatida ijtimoiy burch, vatanparvarlik, milliy
g‘urur va iftixor tuyg‘ulari zaif va faoliyatsiz bo‘lib qolaveradi.
Bunday shaxslar mustaqillik talablariga hozirjavoblik bilan
maydonga chiqa olmaydi. Ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy yetuk va
faol shaxsgina jamiyat taraqqiyoti mazmunini, davlatning istiqbol
yo‘lini, shaxs–jamiyat–davlat manfaatlarining uyg‘unligini to‘g‘ri
tushunadi, shu yo‘lda hormay-tolmay mehnat qiladi.
Albatta, ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy sog‘lom va yetuk
kishilarni voyaga yetkazish oson emas. Buning uchun yillar mobaynida
ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Bunda, avvalo, odamlar tafakkurini
yangilash, istiqlol dunyoqarashini shakllantirish zarur. Binobarin, davr
taqozo etayotgan keng qamrovli bilimga ega bo‘lish milliy va
umuminsoniy madaniyatlardan, boy tarixdan, bugungi kundagi ulug‘vor
bunyodkorlik ishlardan bahramandlik ularning qalbida Vatanga sadoqat
va iftixor tuyg‘ulari kamol topishiga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida,
ijtimoiy fan sohasidagi islohotlarning tezkor amalga oshirilishini talab
etishi shubhasiz.
Tafakkuri istiqlol talablari darajasida yangilangan inson kim? U
qanday ezgu va olijanob xususiyatlar bilan ajralib turadi? Istiqlol
talablariga javob bera oladigan barkamol avlod qachon shakllanadi? Bu
savollar – oddiy savollar emas. Ularning to‘g‘ri yechimini topish uchun
bir necha yillar davomida yangi avlodni shakllantirish lozim bo‘ladi.
Lekin hozirgi davrdagi tub o‘zgarishlar jarayonining tahlili asosida ham
bu jarayonning ba’zi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
34
Mamlakatimiz bozor munosabatlari sari qadam qo‘yayotgan
bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzimizda yuz berayotgan
salmoqli o‘zgarishlar, shubhasizki, malakali, yetuk ma’naviyatli, fidoyi
mutaxassis kadrlarni tayyorlashni talab etmoqda. Taraqqiyotimiz
taqdirini ana shunday kadrlar hal etadi.
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi va mafkuraviy jarayonlar
uzviy bog‘liq. Falsafiy dunyoqarash ijtimoiy ong va mafkuradan
ajralmasdir. Mafkura jamiyatdagi ma’naviy muhit qanday ekanini
ko‘rsatib turadigan eng asosiy mezonlardan biri bo‘lsa, falsafa uni
shakllantiradigan omillar sirasiga kiradi. Ammo eski qoliplarga o‘ralgan
falsafiy dunyoqarash asosida yangi zamonning mafkuraviy talablariga
javob berib bo‘ladimi? Yo‘q, albatta.
Mafkura jamiyatsiz paydo bo‘lmaganidek, ijtimoiy-siyosiy tuzum va
uning ma’naviy hayotini ham mafkurasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Mafkura o‘z mohiyati, maqsadi, harakat yo‘nalishlari bilan jamiyatning
bosh g‘oyasiga xizmat qiladi. U – jamiyat hayotining tarkibiy qismi,
binobarin, uning bag‘rida shakllanadi, madaniy meros va qadriyatlar
zaminida faoliyat ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish borasida
ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun sobiq mustabid tuzum mafkurasi
butunlay o‘tmishga aylandi. Diyorimizda milliy davlatchilik
an’analarimiz qayta tiklanmoqda, ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat
yangi yuksaklikka ko‘tarilmoqda. «Ana shu jarayonning asosiy
xususiyatlari nimalardan iborat?», «U hayotimizni qaysi tomonga
eltadi?», «Biz bu jarayonda qanday ishtirok etishimiz lozim?» degan
savollarga javob topish zarurati ijtimoiy tafakkurni o‘zgartirishni dolzarb
vazifaga aylantirmoqda.
Mustaqillik, milliy manfaatlarimizga mos mafkurani shakllantirishni
kun tartibiga qo‘ydi. U xalqimizning azaliy an’analari, udumlari, tili, dili
va ruhiyatiga asoslanib, ongimizga kelajakka ishonch, mehr-oqibat,
insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini singdirishi lozim.
Shu bilan birga, bu «Mafkura xalqimizda, o‘zining qudrati va
himoyasiga suyangan holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon
hamjamiyatidagi mustaqil davlatlar orasida teng huquqli o‘laroq munosib
o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak»
1
.
Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy istiqlol mafkurasining
dasturiy vazifalari o‘z ifodasini topgan. Mafkura dunyoqarashning
1
Yüklə Dostları ilə paylaş: |