Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə22/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Yangi davrda falsafiy tafakkur. XVI–XVIII asrlar G‘arbiy Yevropa 
taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Tabiat fanlarining yanada 
rivojlangan davrga to‘g‘ri keladi. Matematika va mexanika fanlari 
rivojlanadi. Yangi davr falsafasi namoyandalari: Frensis Bekon (1561-
1626), Tomas Gobbs (1588-1679), Rene Dekart (1569-1650), Benedikt 
Spinoza (1631-1677) Jorj Berkli (1685-1753), David Yum (1711-1776). 
Bu mutafakkirlardan ayrimlarining falsafiy qarashlariga to‘xtalib 
o‘tamiz.
Frensis Bekon (1561-1626), Tomas Gobbs (1588-1679), Rene 
Dekart (1569-1650), Benedikt Spinoza (1631-1677), Jorj Berkli (1685-
1753), Devid Yum (1711-1776).
Bekon yangi davr empirik ingliz materializmining asoschisidir. 
Tabiatni bilish manbai – tajribadir. Chunki sezgi orqali olam, haqidagi 
yig‘ilgan dalillarni tajriba orqali tekshirish, aniqlash, kamchiliklarni 
bartaraf etish zarur.
Bekonning eng katta xizmati – induktiv bilish metodini ishlab 
chiqishidir. Bekonning induktiv metodi tabiatni tajriba asosida bilishga 
qaratilgan metod bo‘lib, uning mohiyati: 1) dalillarni kuzatadigan; 2) 
ularni sistemalashtirish va turlarga bo‘lishdan; 3) ularni keraksiz 
dalillardan tozalashdan; 4) voqealarni tarkibiy qismlarga bo‘lishdan; 5) 
dalillarni tajribada tekshirib chiqishdan; 6) dalillarni umumlashtirishdan 
iborat.
Cheklanganligi: 1) tafakkurning bilish jarayonidagi ahamiyatini 
yetarli darajada tushunmaganligida; 2) bilishda dialektikani inkor 
etishida.
Ratsionalistik oqimning asoschisi fransuz mutafakkiri Rene 
Dekart. Uning ta’limoticha, bilishning birdan bir ilmiy metodi – 
ratsionalizmga asoslangan deduktiv metoddir. «Metod to‘g‘risida 
mulohazalar» asarida bilish usulini quyidagi qoidalarga asoslanishi 
zarurligini ko‘rsatadi:
1) haqiqat deb faqat aql nuqtai nazaridan aniq, ravshan va shubhasiz 
bo‘lgan nazariy xulosalarni qabul qilish mumkin;
2) har bir murakkab muammo yoki vazifani uning tarkibiy qismi 
bo‘lgan ayrim muammo yoki vazifalarga bo‘lish lozim;
3) metodik ravishda ma’lum va isbot qilinmaydigan noma’lumga va 
isbot qilinmaganga o‘tib borish lozim;


 54
4) tadqiqotning mantiqiy halqalaridan birortasi ham tushib 
qolmasligi lozim.
Demak bilishning birdan bir manbai va bilishimizning haqiqatlilik 
o‘lchovi ham tafakkurdir.
Dekart falsafasi dualistik falsafa. Olamning asosida bir-biridan 
mustaqil ikki substansiya yotadi. Birinchisi – «fikrlovchi substansiya» 
(xudo), ikkinchisi – moddiy substansiyadir.
«Men fikrlayman – demak: mavjudman» degan mazkur tezisni ilgari 
surdi.
Uning ta’limotini Tomas Gobbs takomillashtirgan va rivojlantirgan. 
U moddiylikni asosiy substansiya deb hisoblagan, materiyaning 
abadiyligi, harakatning esa mexanik tarzda amalga oshishining tarafdori 
bo‘lgan olimdir. U matematik sifatida borliqning namoyon bo‘lishini 
geometriya fani nuqtai nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida 
Gobbs ko‘proq empirik jihatlarga o‘z e’tiborini qaratgan, sezgilarning 
bilimlar hosil qilish jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilgan.
Ingliz falsafasida Jon Lokk qarashlari alohida o‘rin tutadi. U 
tajribani bilishning asosiy manbai, deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi 
tajriba ajratib ko‘rsatiladi. Uning fikricha, bilish tabiat va inson 
o‘rtasidagi munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu 
jarayonda hosil qilgan tushunchalari, g‘oyalari va xulosalarining olamga 
mos kelishidan iboratdir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin