56
ichki rivojlanish. Rivojlanishning shu yo‘lida ilmiy tafakkur va falsafiy
kategoriyalar tizimining barcha bosqichlarining dialektikasi ifodalanadi,
ya’ni sifat, miqdor, me’yor, mohiyat va hodisa, ayniyat va tafovut, sabab
va oqibat, tasodif va zaruriyat, imkoniyat, voqelik va hokazo. Gegel
dialektikasining modeli sifatida obyektiv reallik emas, uni in’ikos
etuvchi tafakkur namoyon bo‘ladi. Gegel ta’kidiga ko‘ra – dunyoda sodir
bo‘layotgan barcha hodisalar obyektiv reallikda emas, balki g‘oyalarda
ifodalanadi.
Gegel dialektikasi qanchalik qimmatli bo‘lmasin, u cheklangan edi.
Chunki u olamning va bilishning taraqqiyoti tugallangan deb hisoblardi,
unda taraqqiyot g‘oyasi faqat ruhiy-g‘oyaviy hodisalarga joriy etilgan.
Bir qancha mantiqiy kategoriyalarni rivojlantirishda sxemalashtirilgan,
chunonchi, triada va sun’iylik, yasamaviylik bo‘lgan; dialektik sxemalari
tor, biqiq bo‘lgan; dialektikadan ilmiy, izchil ijtimoiy xulosalar
chiqarilmagan.
Shuni aytish kerakki, Gegel falsafasining xarakterli xususiyati – bu
uning reaksion idealistik falsafiy tizimi bilan ilg‘or dialektik uslub
o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘lgan.
Gegel falsafasi atrofida turli falsafiy maktablar va oqimlar vujudga
keldi. Shulardan biri marksistik ta’limot. Asoschilari: K.Marks (1818-
1883), F.Engels (1820-1895). Materialistik jihat va ateistik tamoyillar
ustuvor bo‘lgan. Qarama-qarshiliklarning kurashi tamoyili
mutlaqlashtirilgan o‘z ta’limotini ishlab chiqadi. Shuningdek, xilma-xil
falsafiy yo‘nalishlar vujudga keldi va bugungi kunda faoliyat
ko‘rsatmoqda. Endi falsafiy ta’limotlar tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan
falsafiy oqimlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: