Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə15/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɴɧɚɜɢɣ ɸɤɫɚɥɢɲ ɣʆɥɢɞɚ. – Ɍ., 1998. – Ȼ.82. 


 35
asosini tashkil etadi, jamiyat va xalqning taraqqiyot yo‘lini belgilab 
beradi, jamiyat va millat rivojlanishidagi yetakchi g‘oyalarni ilgari 
suradi. Shu g‘oyalar asosida insonlar faoliyati, orzu-intilishlari, istiqbol 
rejalarini aniqlashga yordam beradi. 
Mafkura davlat, siyosat yoki muayyan ijtimoiy guruh manfaatlariga 
xizmat qiluvchi qarashlar, g‘oyalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. U 
davlat, jamiyat yoki partiyalarning ijtimoiy barqarorligini, 
yashovchanligini g‘oyaviy jihatdan ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu 
o‘rinda mafkura o‘zi mansub bo‘lgan jamiyat, millat yoki ijtimoiy 
guruhning harakat dasturiga g‘oyaviy yo‘nalish berishga qaratilgan 
targ‘ibotlar majmuiga ham o‘xshab ketadi. 
Binobarin, jamiyat, millat yoki biron-bir guruhga tegishli asosiy 
ijtimoiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar ham mafkura orqali hosil 
qilinadi. Mafkura har bir davrning yetakchi g‘oyalarini o‘zida ifoda 
etgani uchun ham u haqda fikr bildirish, uni dunyoqarashning shu 
sohadagi namoyishi deya qabul qilish mumkin. 
Mafkura – jamiyat va xalqning taraqqiyot yo‘lini uzviy tarzda 
belgilab beruvchi g‘oyalar va muayyan ijtimoiy qatlamlar manfaatlariga 
qaratilgan siyosiy, huquqiy, falsafiy, axloqiy, diniy va estetik qarashlar 
tizimidir. Ayni paytda uni shaxsiy darajadagi hissiy tasavvur, tushuncha 
va g‘oyalar majmui bilan uyg‘un ma’lum bir maslak, ta’limot, 
dunyoqarashdir, deb talqin qilsa ham bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun istibdod va eski 
mustabid siyosat tufayli ongimizga singib ketgan mutelik, loqaydlik, 
boqimandalik, sustkashlik, mas’uliyatdan qochish kabi asoratlardan 
xalos bo‘lish darkor. Bu asoratlar ham osonlikcha bartaraf etilmaydi. 
Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida 
yuz beradigan ijobiy o‘zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy 
ettiruvchi asosiy omil – inson tafakkuri, ruhiyati, his-tuyg‘ulariga 
samarali ta’sir etadi. Shu bilan bog‘liq ravishda, Vatan va xalq tarixi, 
ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-
odatlarni yangi davrning mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda 
tiklash, boyitish va milliy g‘urur-iftixorning yuksalishida juda ulkan 
o‘rin tutadi. 
Falsafiy dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo‘nalishlarda 
namoyon bo‘ladi. 
1. Avvalo, bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog‘liq. 
Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga 


 36
bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosa-
batlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat 
qilishi, milliy uyg‘onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni 
voyaga yetkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi 
to‘g‘risidagi g‘oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur. 
2. Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e’tibori bilan fuqarolik 
jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida iqtisodiy mustaqillikka 
erishish orqali siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning 
xalqaro nufuzi va aloqalarining o‘sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, 
milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g‘oyalarga tayanadi. 
Uning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‘ulari, orzu-
intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. 
3. Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari
istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, 
o‘z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlati-
mizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy 
o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqimizda to‘g‘ri tasavvur va tushunchalarni 
hosil qilib borish lozimligini ko‘rsatadi. 
4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa 
poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olishi 
uchun O‘zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va 
g‘oyalarni amalga oshirish yo‘lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va 
g‘oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma’naviy hayot 
tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega. 
Shu o‘rinda O‘zbekistonda qabul qilinayotgan qonun va boshqa 
hujjatlarning asl mohiyatini, ularda bayon qilingan g‘oya va xulosalar, 
takliflarni keng xalq ommasi ongiga yetkazish benihoya muhim va 
dolzarb ekanini ta’kidlash joiz. Chunki huquqiy jamiyat va ma’rifatli, 
barkamol inson tushunchalari o‘zaro bog‘liqdir. 
Madaniy bozorni ham, ma’naviy sog‘lom jamiyatni ham ana 
shunday kishilar yarata oladi. Ularni voyaga yetkazmay turib, 
jamiyatdagi yangilanishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish 
to‘g‘risida fikr yuritish qiyin. 
5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga yetish, jamiyatimiz 
hayot tarziga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi ogohlikni 
kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlarning ahamiyati 
beqiyos. Shu bois, o‘z xalqi tarixini, o‘z milliy madaniyatini, urf-odat va 


 37
an’analarini yaxshi biladigan, milliy g‘ururi yuksak avlodni tarbiyalash 
falsafaning muhim vazifasidir. Bu esa jamiyat a’zolarida fikr erkinligini 
tarbiyalashni taqozo qiladi. 
6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, 
insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan chetda 
kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miqyosidagi, balki 
har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart-sharoit yaratadigan 
jarayondir. Shu ma’noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o‘zgarishlar kabi, 
avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta’minlaydigan 
islohotdir. 
Mamlakatimizda bu borada juda keng ko‘lamli ishlar boshlab 
yuborildi. Bugun ijtimoiy fanlar rivojini zamon talablari darajasiga 
yetkazish borasida davlat va jamoat tashkilotlari, olim va ziyolilar oldida 
g‘oyatda mas’uliyatli vazifalar turibdi. Birgina «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi»ni amalga oshirishning o‘zi bir necha yillarga 
mo‘ljallangan keng ko‘lamli faoliyat yo‘nalishlarini nazarda tutadi. 
Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy sohalardagi taraqqiyot 
vazifalari o‘zaro uyg‘unlashib bormoqda, ta’sir doirasi ancha 
kengaymoqda. Ayniqsa, mafkura borasidagi nazariy faoliyat, targ‘ibot va 
tashviqotni har tomonlama kuchaytirishga alohida ahamiyat berish 
zaruratga aylanib bormoqda. 
Falsafiy dunyoqarash tizimini shakllantirish va rivojlantirish uchun 
muayyan imkoniyatlarga ega. Ular quyidagilarda ayniqsa yaqqol 
namoyon bo‘ladi: birinchidan, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlik o‘rnatilgan; ikkinchidan, aholining siyosiy, iqtisodiy, 
ma’naviy haq-huquqlari qonuniy asosda kafolatlangan; uchinchidan, 
jamiyatning barcha sohalarini demokratlashtirish va erkinlashtirish 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda; to‘rtinchidan, mamlakat 
aholisining ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini rivojlantirish ustuvor 
ahamiyat kasb etgan. 
Bularning barchasi falsafiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini 
samarali hal qilishga asos bo‘lmoqda. Galdagi vazifalar esa, ana shu 
imkoniyatlarni amaliy ishga aylantirishda har birimiz o‘z mas’ulligimizni 
qay darajada sezishimiz va qanday faoliyat yuritishimizga bog‘liq. 


 38

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin