Yusupova manzuraxon umarjonovna



Yüklə 432,61 Kb.
səhifə7/8
tarix05.04.2023
ölçüsü432,61 Kb.
#93590
1   2   3   4   5   6   7   8
BMI Yusupova Manzuraxon

Keyin o`zimizning odamimiz bo`lasiz, har holda, qarashardik-da, a? jumlasi kommunikativ maqsadni aniqlashtiradi. Chunki adresantning asosiy maqsadi ”o`qituvchi E’tiborovni o`z odamlari safiga qo`shish va muxoliflarni kamaytirish”dir. Shuning uchun uni qiziqtirishga urinadi, bu uning gapiga qo`shilgan savol ohangidan anglashiladi (har holda, qarashardik-da, a?). So`roq gaplardagi yuklamalar (-mi; -a) adresant ko`zlagan maqsadni ifodalashga xizmat qiladi, ammo bu pragmatik vaziyatda kuchli vosita hisoblanmaydi. Chunki adresant tilning boshqa vositalaridan foydalanishi va gap kesimlarini shakllantiruvchi fe’llarning aniqlik (xabar) maylida qo`llanishiga erishishi mumkin. Bunda so`roq gaplar E’tiborov, sovxozimizga ishga o`ting yoki Keyin o`zimizning odamimiz bo`lasiz, har holda, qarashib turamiz tarzidagi darak gaplar bilan ifodalangan bo`lar edi. Lekin norasmiy muloqot jarayonida adresant − direktorning taklifi rad etilmasligiga qat’iy ishonch yo`q. Taklifni qat’iy bildirgandan ko`ra, adresatni o`ylab ko`rish, qiziqtirishga undash va bordi-yu, taklif qabul qilinmasa, shunchaki istak bo`lib qolishi kommunikativ intensiyaga mos. Bunday vaziyatda adresantga so`roq yuklamalari, so`roq ohangi, so`roq gap shakli qo`l keladi. Shuning uchun muloqotda so`roq gaplar tanlangan va kommunikativ intensiyaga muvofiq qo`llangan.
Xulosa
Til jamiyatda muhim aloqa vositasidir. Tilning amaliy faoliyati inson nutqiy faoliyatida alohidalik sifatida yuzaga chiqadi. So`zlovchining nutqida lisoniy bilim zahirasidan foydalanish qobiliyati, tafakkuri, milliy madaniyati, milliy qadriyatlari va ruhiy olami aks etadi. Tilning amaliy faoliyatini o`rganish zaruriyati XXI asrda tilning jamiyat va shaxs hayotidagi o`rni, ahamiyati masalasiga yangicha yondashgan pragmatik lingvistikani vujudga keltirdi.
Pragmatik lingvistika fanning mustaqil tarmog`i sifatida insonning ijtimoiy faoliyatini o`zida mujassamlashtirgan nutqiy muloqot, muloqot sistemasi va birliklari, nutqiy vaziyat, muloqot ishtirokchilariga xos xatti-harakat, so`zlovchi munosabati va kommunikativ maqsad bilan aloqador masalalarni o`rganadi.
Gap kishilar orasida axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy til birligidir. Gap so`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sifatida kommunikativ vazifa bajaradi. O`zbek substansial sintaksisi xulosalariga ko`ra, nutqda cheksiz va xilma-xil ko`rinishlarda voqelanuvchi muayyan gaplar til sathi va til egalari ongida tayyor turadigan gapning eng kichik qolipi − [WPm]=SGning hosilalaridir.
Nutqda gap ko`rinishlarini shakllantiruvchi va mazmuniy xususiyatlarini ta’minlovchi nosintaktik hodisalar lisoniy sintaktik qurilishga ta’sir o`tkazmaydi. Kommunikatsiya jarayonida xabar, tasdiq, inkor, buyruq, his-hayajon ifodalaydigan nutqiy gaplar, shu jumladan, so`roq gaplarning lisoniy sintaktik qurilishi [WPm]=SG qolipi va uning olti variantida umumlashgan bo`ladi.
Gapning ifoda maqsadi nosintaktik hodisa sifatida nutqda gap turlarini belgilash, xususan, so`roq gaplarni hosil qilishda ahamiyat kasb etadi. Shu hodisa sabab o`zbek tilida darak, so`roq va buyruq gaplar ajratiladi. So`roq gap so`zlovchiga noma’lum narsa, hodisa, predmet, shaxs (va h-zo) haqida ma’lumot olish ehtiyoji tufayli vujudga keladi va aksariyat dialogik nutqda, nutqiy muloqotda uchraydi.
So`roq gaplar so`roq olmoshlari, so`roq yuklamalari va ohang yordamida shakllanadi. Shakllantiruvchilar lisoniy tabiatiga ko`ra, morfologik va fonetik vositalardir. So`roq gaplar kutilayotgan javobga munosabatiga ko`ra, uch turga bo`linadi: 1) sof so`roq gap; 2) ritorik so`roq gap; 3) so`roq-buyruq gap. Nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va mazkur gapni shakllantiruvchi vositalar so`roq gap ohangini belgilaydi. So`roq gap axborot olish, uning noma’lum qirralarini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi sintaktik birlik sanaladi.
So`roq gaplar nutqiy muloqotda faol qo`llanadi. Muloqot va diskursga oid materiallar tahlilidan ayonki, so`roq gaplar taklif, ishora, istak, buyruq, tasdiq, inkor, shart, undash, manzirat, takalluf, mulozamat, xushomad, taxmin, sinash, ishonchsizlik, shubha-gumon, ikkilanish, qo`rquv, hayajon kabi pragmatik mazmunni ifodalaydi. So`roq gap grammatik qonuniyat belgilaydigan noma’lum axborotni aniqlash, yangi ma’lumot olish vazifasidan tashqari nutqiy faoliyatda til egalarining kommunikativ maqsadi va ehtiyojlari aks etgan muloqot birligi sifatida pragmatik vazifa bajaradi.
So`roq gapning turli pragmatik mazmun kasb etishiga pragmatik vaziyat va kommunikativ intensiya bevosita ta’sir qiladi hamda uning mazmun mundarijasini kengaytiradi. So`roq gapning pragmatik imkoniyatlari darak gapga nisbatan keng. Shuning uchun pragmatik vaziyat axborotni ifodalashda tagma’noli so`roq gapga ”ustunlik” beradi. Nutqiy muloqotda so`roq gap aks ettirgan lisoniy axborotdan tashqari kuzatiladigan pragmatik xususiyatlar − milliy-madaniy kompetensiya, so`zlovchining voqelikka umumiy munosabati va shaxsiy emotsional bahosi uning pragmatik maydon birligi sifatida pragmatik vazifaga xoslanganligini tasdiqlaydi.

Yüklə 432,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin