Yusupova nargiza amanbaevna


KIRISH Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/13
tarix09.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#110119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yusupova Nargiza

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda bugungi kunda juda katta islohotlar olib borilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta’lim uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-sonli qarori “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5198-sonli Farmoni qabul qilindi.1Qabul qilingan meyoriy hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim sohasining birinchi pog‘onasi hisoblanmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim tashkilotlari faoliyatini me'yorlashtiruvchi -''Kadrlar tayyorlash milliy dastur'', “Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning shuningdek,O‘zbekiston Respublikasida ''maktabgacha ta’lim to‘g‘risida Nizom'', ―''Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari'', ―''Ilk qadam'' Davlat dasturi kabi muhim hujjatlarining qabul qilinishi tarixiy voqea bo‘ldi. Sohaga e’tibor kuchaydi, dasturlarda ijobiy o‘zgarishlar boshlandi.Ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog xodimlarini faoliyatini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida 2017-yil 19-dekabr kuni o‘tkazilgan majlisda belgilangan vazifa topshiriqlardan kelib chiqib, haftaning juma kuni "Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish kuni"deb belgilangan holda, shu kuni tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hisobotlarini eshitib borish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa soha xodimlarini ishga mas’uliyat bilan yondashishlariga yana bir turtki bo‘ldi. Har bir soha singari maktabgacha ta’lim sohasida ham qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va davr ehtiyojiga qarab, o‘zgarib-yangilanib turiladi. Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab yetish bilan bog‘liq faoliyat turlari muvofiqlashtirildi. Uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari qatorida maktabgacha ta’limining milliy modelini aks ettiruvchi ''Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi'' ishlab chiqildi.
Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi - bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlanishi va uning ta’lim tizimidagi ustuvorligini ta’minlovchi Konseptual Nizomdir. Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi – maktabgacha ta’limning xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va modellarini yorituvchi huquqiy-me'yoriy hujjatdir. Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi – maktabgacha ta’limni 2030- yillarga mo‘ljallangan takomillashuv strategiyasini belgilab beruvchi nazariy asosdir.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi ―''Maktabgacha ta’lim metodikasi’’ jurnalini ta’sis etdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim milliy tillarda olib boriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-tarbiya jarayonlarida ingliz va rus tillarini, ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-tarbiya jarayonida ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlanishini rejalashtirdi.2016-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”qarori e’lon qilindi.2Bugungi kunda mamlakatimizda ''2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi'' asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va halqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda3
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, unda O‘zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Talim to‘grisida”gi Qonunida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan: “Yosh avlodni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda halqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga asoslangan samarali tashkiliy , pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib,amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni xar tamonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi,”-deb alohida ko‘rsatib o‘tilgan.4
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham rivojlanishining mohiyati, uning sur’atlari insonlarning ma’naviy kamoloti darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Qaysi yerda ma’naviy kamolot yuksak bo‘lib ma’rifiy-tarbiyaviy tadbirlar oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shu jamiyat gullab rivojlangan, taraqqiy etgan.
Biz qurayotgan demokratik-xuquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat. Bu tomonlar qancha mustahkam va baquvvat bo‘lsa kelajagimiz ravnaqi ham baquvvat bo‘ladi.
O‘zbekistonning buyuk davlatlar qatoriga kirishi, kelajagi obod va farovon bo‘lishi, huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati maydonga kelishi ko‘p jihatdan yoshlar tarbiyasiga bog‘liq.
Biz yashayotgan zamin qadim zamonlardan beri madaniyat va ziyo maskani bo‘lib, halqimiz esa dunyoni larzaga keltirgan ulug‘ zotlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan halqdir. Bugungi kunda faxrlanib, moddiy meros borasida ham, ma’naviy meros borasida ham dunyoning sanoqli mamlakatlarigina bizning davlatimiz bilan bellasha olishi mumkin deb, baralla ayta olamiz. Asrlar osha qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, albatta, buning zamirida halqimizni kitobga bo‘lgan mehr va mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqi mujassam bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017-yil 13- sentabrdagi PQ -3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish ,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bunga yaqqol misol qilishimiz mumkin.Ushbu qaror doirasida kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo'yicha kompleks chora –tadbirlar dasturi tasdiqlandi5.
Kitob mahsulotlarini nashr etib va tarqatish tizimi rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamdan targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi qabul qilindi: unga ko‘ra dasturda ko‘zda tutilgan quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Axborot – kutubxona faoliyatini kuchaytirish, ta’lim tashkilotlari axborot – resurs markazlarining kutubxona fondlari, kutubxonalar, tashkilot va tashkilotlarning Ma’naviyat xonalarini o‘qitish – uslubiy, texnologik adabiyotlar, adabiy – badiy, ma’rifiy va ilmiy – ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash.
Kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir tashviqot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar va kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida «Eng kitobxon maktab», «Eng kitobxon mahalla», «Eng kitobxon oila», «Eng faol kutubxonachi»,kabi ko‘rik tanlovlarning saralash bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin