Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish.
Tadqiqotning obekti: Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda texnologiyalardan foydalanish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti: Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasining mazmuni, shakllari, metodlari, usullari va vositalari.
Tadqiqotning vazifalari: 1.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini tahlil qilish.
2.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning mezonlarini aniqlash.
3.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning modelini takomillashtirish.
4.Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bo'yicha ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat.
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishining pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘rganildi.
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning mezonlari ishlab chiqildi.
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish modeli takomillashtirildi..
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish ish shakllari takomillashtirildi.
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda texnologiyalardan foydalanish bо‘yicha ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotlarning asosiy masalalari va farazlari. -Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish mumkin bo‘ladi qachonki, Agarda:
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik- psixologik xususiyatlari asosida bolalar bilan tizimli ish olib borilsa;
-Tarbiyachilar bilan maktabgacha katta yoshadagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha seminar trening o‘tkazilsa;
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha kitob ko‘rgazmalari tashkil etilsa;
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda bolalar shoirlari, yozuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etilsa:
-Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan kitob do'konlariga doimiy ravishda sayohatlar uyushtirilsa.